Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


-bob. Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə12/21
tarix14.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#178155
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
393- sonli qaror (4)

2-bob. Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish
8. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish tartibi
9. Magistraturaga kirish imtihonlari boshlanishidan bir oy avval, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan o‘rinlar haqidagi axborotni belgilangan tartibda e’lon qiladi.
10. Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo‘lgan holda);
3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
11. Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.
12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko‘rsatadilar.
13. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
4-bob. Kirish sinovlari
14. Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:
magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik bo‘yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);
magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbatdan o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fani bo‘yicha sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi).
Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (o‘zlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha bo‘lgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.
Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 58 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 400 ni tashkil etadi.
15. Abituriyentlar quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) topshiradilar:
magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvchi ta’lim yo‘nalishining maxsus fanlari (2 tagacha);
Informatika va axborot texnologiyalari;
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili).
16. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) o‘tkazish shakli va fanlar bo‘yicha sinov dasturlari hamda abituriyentlarning bilimlarini baholash mezonlari oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va kirish sinovlari boshlanishidan bir oy avval abituriyentlar e’tiboriga yetkaziladi.
Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha maxsus fanlardan sinov uchun belgilangan ballning 30 — 50 foizi abituriyentning mutaxassislik bo‘yicha ijodiy qobiliyatini, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan mustaqil ishlash, tizimli mustaqil tahlil qilish, xulosalar chiqarish bo‘yicha bilimini aniqlashga ajratiladi.
Suhbatdan o‘tkazish uchun tanlangan mutaxassislikka mos abituriyentning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlashga qaratilgan savollar yetakchi mutaxassislar tomonidan tuziladi va bir oy oldin abituriyentlar e’tibori uchun qabul komissiyasi axborot doskasida e’lon qilinadi. Mazkur savollar asosida imtihon biletlari tuziladi va suhbat vaqtida abituriyent imtihon biletiga javoblarini komissiyaga yozma ravishda taqdim etib, savollarga og‘zaki javob beradi. Suhbat davomida abituriyentning ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) ko‘rib chiqilib, suhbat natijalarini baholashda inobatga olinadi.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha yagona dastur va baholash mezonlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.
17. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15-avgust kunlari o‘tkaziladi.
18. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) o‘tkazilishiga qadar, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov fanlari bo‘yicha maslahatlar tashkil etiladi. Maslahatlar jadvali oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.
19. Kirish sinovlarini o‘tkazish uchun rektorning buyrug‘i bilan har bir sinov fanlari bo‘yicha komissiyalar tashkil etiladi. Fanlar bo‘yicha komissiya raislari, oliy ta’lim muassasasining idoraviy bo‘ysunishiga qarab, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
20. Sinov fanlari bo‘yicha komissiya tarkibi oliy ta’lim muassasasining yetuk va tajribali professor-o‘qituvchilari tarkibidan tashkil etiladi. Zarur hollarda uning tarkibiga boshqa oliy ta’lim muassasasining o‘qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
21. Sinov fanlari bo‘yicha komissiya raislari zimmasiga quyidagi mas’uliyat yuklanadi:
kirish sinovlari sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida komissiya tarkibiga malakali, talabchan va adolatli professor-o‘qituvchilarni jalb etish;
komissiya a’zolarining vazifalarini belgilash (maslahatlar berishni tashkil etish, imtihon savollarini tuzish, javoblarni baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar);
sinov jarayoniga rahbarlik qilish va nazorat etish.
22. Fanlar bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish tartibi (o‘qituvchilarni auditoriyalarga taqsimlash, javoblarni shifrlash hamda tekshirish va hokazolar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
23. Kirish sinovlarining natijalari, baholash mezonlariga muvofiq ball bilan belgilanadi va qaydnomalarga kiritiladi. Qaydnomalar fan bo‘yicha imtihon komissiyasining a’zolari, qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasining raisiga taqdim etiladi.
24. Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning sinov ishlari ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlariga tikib qo‘yiladi.
O‘qishga qabul qilinmaganlarning sinov ishlari 6 oy davomida saqlanadi, so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
25. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi.
Magistraturaga mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi.
26. Oliy ta’lim muassasasida belgilangan tartibda apellyatsiya (norozilik) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
Abituriyent sinov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyatsiya qilish haqidagi ariza bilan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi yoki apellyatsiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
27. Magistraturaga ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin