6
(aerosomalar) ega. Aksariyat bakteriyalar hujayralarida zahira moddalar bo`ladi.
Ba'zi spora hosil qiluvchi turlar oqsil tarkibidagi parasporal tanachalarga ega.
1.1.2.
Prokariotlarning o`sishi va ko`payishi
Ko`pchilik bakteriyalar ikkiga bo`linib ko`payadi. Kurtaklanish yo`li bilan
ko`payadiganlari ham bor. Aktinomitsetlar esa sporalar yoki mitseliy bo`laklari
bilan ko`paydi. Bir qator sianobakteriyalar ko`p qismlarga bo`linib ko`payadi.
Ko`p hujayrali prokariotlar trixomdan bir qancha hujayra ajrashi yo`li bilan
ko`payadi.
1.2. Eukariotlar
Prokariotlardan farqli o`laroq eukariotlarga mikro va makroorganizmlar
kiritiladi. Eukariot mikroorganizmlar tarkibiga zamburug`lar, bir qator suvo‘tlari
va sodda hayvonlar kiradi.
1.2.1. Zamburug`lar
Zamburug`lar tabiatda keng tarqalgan geterotrof mikroorganizmlar bo`lib,
ularning aksariyati saprofitlar. Lekin parazitik turlari ham uchraydi. Ko`pchilik
zamburug`larning asosiy xususiyati - mitseliyning hosil bo`lishi. Mikroskopik
zamburug`larning
3
guruhi
mavjud:
zigomitsetlar,
askomitsetlar
va
deyteromitsetlar. Mikrobiologlarning asosiy obyektlaridan biri bo`lmish achitqilar
askomitsetlarga kiritiladi. Achitqilar harakatsiz yakka-yakka hujayralar bo`lib,
asosan, kurtaklanib ko`payadi. Mikrobiologik tadqiqotlarda keng qo`llaniladigan
achitqilar - Saccharomyces avlodiga kiruvchi achitqilardir, masalan,
S. cerevisiae
.
1.3. Mikroorganizimlarga tashqi muhit omillarining ta'siri
Mikroorganizmlarga ta'sir etuvchi omillardan biri harorat. Mezofillar uchun
optimal harorat 25-40°C tashkil etadi.
Okeanlar tubida, tundrada psixrofil
mikroorganizmlar yashaydi, ular uchun optimal harorat 5-15°C tashkil etadi.
Ekstremal termofillar 70-110°C da yashay oladi.
Osmotik
bosim
mikroorganizmlarning
o`sishiga
ta'sir
etuvchi
omillardandir. Ko`pchilik organizmlar 0,5 M NaCl konsentratsiyasiga ham chiday
olmaydi, ekstremal galofillar esa NaCl ning 2,5 M va undan baland
konsentratsiyalarida yashay oladi.
Mikroorganizmlar muhitning nordonligiga ham sezgir. Ekstremal
atsidofillar pH 0,5-1,0, alkalofillar esa pH 10,0-11,0 gacha bo`lganda yashaydi,
lekin mikroorganizmlarning asosiy guruhlari neytral pH muhitlarida yashaydi.
Ular neytrofillar deb nomlanadi. Molekular kislorodga nisbatan chin aerob va
anaeroblarga ajratiladi. Kam kislorodli (1,0-5%) muhitda yashay oladigan
mikroorganizmlar mikroaerofillar deb ataladi.
Anaerob mikroorganizmlar
fakultativ, aerotolerant va chin anaeroblarga ajratiladi.
7
1.4. Mikroorganizmlarda modda almashinuvi
Mikroorganizmlarda amalga oshadigan konstruktiv va energetik jarayonlar
ko`p qirraliligi bilan ajralib turadi. Konstruktiv modda almashinuvida
foydalaniladigan uglerod birikmalariga ko`ra mikroorganizmlar avtotrof va
getgerotroflarga ajratiladi. Geterotroflarning asosiy qismini saprofitlar tashkil
qiladi.
Azot
birikmalarining
o`zlashtirilishida
mikroorganizmlarning
imkoniyatlari keng namoyon bo`ladi. Mikroorganizmlar orasida molekular azotni
o`zlashtiruvchilar, tayyor aminokislotalarga muhtoj bo`lganlar va azotni
anorganik birikmalardan o`zlashtiruvchilari bor. Fosfor, oltingugurt kabi
elementlarni
mikroorganizmlar fosfat, sulfat va qaytarilgan oltingugurt
birikmalaridan oladi. Mikroorganizmlar amalga oshiradigan energetik jarayonlar
orasida fotosintez, bijg`ish, aerob va anaerob nafas olishlar ajratiladi.
1.5. Mikroorganizmlarning tarqalishi va ahamiyati
Tabiatdagi ekologik sistemalarning butunligini ta'minlovchi muhim
omillardan
biri
mikroorganizmlar
yig`indisidir.
Ma'lum
sharoitlarda
mikroorganizmlar yagona hayot shakli bo`lishi mumkin. Evolutsiya davomida
ular orasida turli tipdagi munosabatlar takomillashib borgan (simbioz, mutualizm,
parazitizm va hokazo).
Yerdagi bo`lib o`tadigan moddalar aylanishida mikroorganizmlar faol
ishtirok etadi. Turli organik birikmalarni o`zlashtirib, CO va CO
2
ni yutib, metan
hosil qilib va o`zlashtirib, ular uglerod aylanishida faol ishtirok etadi. Molekular
azotni o`zlashtirib,
ammiak va nitritlarni oksidlab, denitrifikatsiyani amalga
oshiradi. Ular tabiatdagi azot aylanishini ta'minlaydi, qaytarilgan oltingugurt
birikmalarini oksidlab va oksidlangan birikmalarni qaytarib oltingugurt
aylanishini amalga oshiradi. Ba'zi mikroorganizmlar inson va o`zga
organizmlarda kasalliklar chaqiradi, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, binolar,
truboprovodlar, metallkonstruksiyalarining chirishiga olib keladi. Bakteriya va
zamburug`lar yordamida non, vino, pivo, kvas,
turli sut mahsulotlari, atseton,
butanol, sirka, limon kislotasi, vitaminlar, fermentlar, antibiotiklar va hokazolar
olinadi. Mikroorganizmlarning amaliy ahamiyati beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: