Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Shkaflar, laminar bokslar va ekish kabinalari



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

Shkaflar, laminar bokslar va ekish kabinalari
. Mikrobiologiya 
amaliyotida ekish uchun ishlatiladigan shkaflar zanglamaydigan metalldan 
yasalgan bo‗ladi. Bu shkaflarning oldingi yuzasining yuqori qismi oynadan 
yasalgan bo‗lib, 45° burchak asosida gorizontal holatda joylashgan. Quyi qismida 
ikkita maxsus qo‗l uchun joy qilingan bo‗lib, unda rezina qo‗lqop mahkamlangan. 
Shkafning orqa qismida elektr provada va gazni olib kelish uchun trubalar 
mahkamlangan bo‗ladi. Ularni dezinfektsiyalovchi moddalar yoki ultrabinafsha 
lampalari yordamida sterillanadi. So‗ngi yillarda sterillash kabinasining o‗rnida 
laminar boks ishlatiladi. Laminar boksning oldingi qismi to‗liq ochiq holatda 
bo‗ladi va unda doimiy va sekin sterillangan havo oqimi doimiy esib turadi. 
Havoning laminar oqimi porasi 0,3 mkm bo‗lgan ―Hepa‖ filtri orqali o‗tib keladi. 
Havo oqimining yo‗nalishiga qarab laminar bokslar vertikal va gorizontal (7-
rasm) ko‗rinishda tuzilgan xillarga bo‗linadi.
Ekish uchun maxsus kabina
bu – sterill holatda ishlash imkonini beruvchi 
laboratoriyaning bir qismi hisoblanadi. Vodoprovod va gaz trubalari namlikka 
chidamli materiallar bilan qoplanib, devorga o‗rnatilgan bo‗ladi. Kabinani 
sterillash unga o‗rnatilgan kvarts lampa yordamida amalga oshiriladi.

a) 
 b) 
7-rasm. Laminar boks (a) va unda havo oqimi (b). 
Sterillash uchun turli qurilmalar ishlatiladi va bugungi kunda avtorklavlar 
ishlatiladi. Avtoklavlarning bugungi kungacha vertical va gorizontal turlari 
mavjud bo‗lib, ular to‗liq stеrillash ishlarida qo‗llaniladi (8-rasm). 


14 
a). 
b). 
c). 
8
-
rasm. Аvtoklav tuzilishi: a) vertikal avtoklav; b-avtoklav ko‟ndalang 
kesimi va qismalari; zamonaviy 
avtoklav:
1-avtoklavga suv quyish uchun 
voronka; 2-klapan predoxraniteli; 3-manometr; 4-avtoklav qopqogʼi; 5-suv bugʼi 
kamerasi; 6-havo chiqishi uchun jumrak; 7-bugʼ kirish teshigi; 8-sterilizatsiya 
kamerasi; 9-sterilizatsiya qilinadigan buyumlar uchun taglik. 
Laboratoriyada mikroorganizmlar probirkalar, matraslar, kolbalar yoki Petri 
chashkasiga quyilgan qattiq va suyuq ozuqa muhitlarida o‗stiriladi (13-rasm). 
Ozuqa muhitlari va idishlarni sterillashni talab etiladi. Ozuqa muhitlarni 
tayyorlash va sterillash yo‗llarini keyingi bo‗limlarda ko‗rib chiqamiz.
 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin