Oliy va o`rta maxsus ta'lim


Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik



Yüklə 208,81 Kb.
səhifə10/13
tarix24.04.2023
ölçüsü208,81 Kb.
#102060
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
atrof-tabiiy muhitni xalqaro muhofaza qilishning huquqiy asoslari

Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik


Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik xalqaro huquq subyektlari (davlatlar, xlqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar)ning atrof muhitga yetkazadigan zararini oldini olish yoki yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan kelib chiqadigan xalqaro-huquqiy me'yorlar va ularga monand ravishdagi huquqiy munosabatlarning iqtisodiy huquqiy kompleksi.


1 Sh.Mirziyoеv. 2018 yil 28 dеkabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.28.12.2018. https: // www.president.uz
Xalqaro huquq subyektlarining ekologik zararli yoki xilof harakatlari, ularning o`z iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy, texnologik, rekratsion va shu kabi xo`jalik faoliyatlari natijasida kelib chiqadigan atrof muhit muhofazasiga zid bo`lgan harakat yoki harakatsizliklari.
Agarda davlatlar, xalqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar faoliyatlari BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari yoki regional ekologik tashkilotlar tomonidan belgilangan atrof tabiiy muhit holatining huquqiy me'yorlar doirasida bo`lsa, bu holat ushbu subyektlarning Yer tabiati oldidagi iqtisodiy- ekologik javobgarligini paydo qiladi. Buni ularning tabiat va qolaversa kelajak avlodlar oldidagi moddiy va ma'naviy javobgarligi deyish mumkin. Bunday javobgarlikni V.V. Petrov (1995, 1997), A.N. Nigmatov (1999) iqtisodiy-ekologik javobgarlik deb nomlashgan.1
Iqtisodiy-ekologik javobgarlik ona tabiatga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan amalga oshiriladigan iqtisodiy tadbir bo`lib, uning ishtirokchi subyektlari umumjahon, regional yoki subregional turdagi ekologik jamg`armalarga muntazam ravishda to`lanadigan badal to`lovlari orqali undirib olinadi. Lekin hech qanday hollarda va hech qanday sabab oqibatlarda bunday ekologik badal to`lovlari umumiy iqtisodiy yoki ijtimoiy ko`rinishdagi jamg`armalar orqali amalga oshirilmasligi kerak. Chunki umumiy "qozonga" tushgan osh "ekologik cho`michga" ilinmay qolishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi, biz yuqorida aytib o`tganimizdek iqtisodiy- ekologik javobgarlik bo`yicha badal to`lovlarini BMT qoshidagi xalqaro ekologik jamg`armasiga, MDHning xalqaro ekologik jamg`armasiga hamda Markaziy Osiyo davlatlarining Orolni qutqarish jamg`armasiga ma'lum bir belgilangan foiz asosida o`tkazib turadi va bu bilan atrof tabiiy muhitga yetkazilgan me'yoriy zararni qoplab boradi.
Ayrim kosmik fazoni o`zlashtirishga oid dasturlarni bajaruvchi davlatlar, birlashmalar va xalqaro tashkilotlar 1972-yilda qabul qilingan "Kosmik kemalar
1 Ekalogiya huquqi. Darslik//` J.T.Xolmuminov, N.B.Shoimov,O.A.Kamolov, O.J.Xolmuminov.-T.: O`zbеkiston Rеspublikasi IIV Akadеmiyasi, 2014.-248б.
orqali zarar yetkazish Konvensiyasi"ning 2-moddasiga binoan tabiatga yetkazilgan zararni qoplashlari kerak.
Ekologik-huquqiy javobgarlik - xalqaro ekologik obyektlardan universal, regional va ikki davlat o`rtasida belgilangan xalqaro huquqiy me'yorlardan oshirib foydalanish yoki ularni buzish orqali atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash orqali kelib chiqadigan va xalqaro-huquq subyektlariga qo`llaniladigan noqulay moddiy va siyosiy sharoitlarni majburiy kechinmasi yoki ularni yuridik javobgarlikka tortilishi.
Yuridik javobgarlikning noqulay moddiy kechinmasi yoki moddiy javobgarligi ekologik ziyon ko`rgan davlatlarga yoki davlatlar yuridiksiyasida bo`lmagan ekologik obyektlarga (xalqaro ekologik tashkilotlar orqali) yetkazilgan zararni moliyaviy (reparatsiya), natural holda (restutitsiya) yoki almashtirish (substitutsiya) orqali qoplashga tushunamiz.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikning moddiy qoplanishi "resto- ratsiya" 1usulini, ya'ni ma'lum bir tabiiy obyektni yoki moddiy obyektni huquqbuzar subyekt tomonidan to`liq tiklab berilishini, qo`llash ham mumkin. Masalan, tuproq unumdorligini, suv tozaligini yoki eroziya oqibatida buzilgan uyni xalqaro subyekt tomonidan tiklab berish.
Milliy ekologik javobgarlikdan xalqaro ekologik javobgarlikning asosiy farqi ularda qo`llaniladigan sanksiyalardadir. Xalqaro huquq subyektlarini ozodlikdan mahrum qilish, kam ish haqi to`lanadigan darajaga tushirib qo`yish, mol-mulkini musodara qilish, ma'muriy jazo turlariga tortish imkoniyati yo`qligi jazo sanksiyalarini boshqacha turlarini qo`llashni taqazo qiladi.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikda aybdorlarga nisbatan noqulay siyosiy kechinmalarni qo`llash sanksiyasi mavjud. Bunday jazo turi xalqaro tashkilotlar yoki ularning sudlov organlarining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Natijada aybdor deb topilgan xalqaro subyekt xalqaro tashkilotlar safidan chiqariladi va ularga nisbatan turli ko`rinishdagi yoki shakldagi iqtisodiy,
1 Shoimov N.B. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishning ba]zi jihatlari// O`zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasining Axborotnomasi.2012/№ 2 , 17b
siyosiy, ijtimoiy, madaniy, harbiy, ekologik "boykot" e'lon qilinadi. Bunga yaqqol misol qilib BMTning Iroq respublikasiga nisbatan bir necha yildan beri qo`llayotgan iqtisodiy "boykot"ini olsak bo`ladi. Rossiya Federatsiyasiga qarashli 2000-yil fevral oyida "Volga-Don" mazut tashuvchi daryo kemasi Bosfor bo`g`ozida Iroq xom-ashyosini olib ketayotganda ushlandi va yoqilg`i konfiskatsiya qilindi hamda kema qarashli kompaniyaga katta jarima solindi. Iroq Respublikasi urushni targ`ib qilish va yadro qurolini yaratish orqali tabiatga va inson hayotiga tajovuz solayotgan harakatlari uchun xalqaro Gaaga sudi qarori bilan siyosiy sanksiyaga tortildi. Ammo yurisprudensiyada qo`llaniladigan asosiy prinsiplardan biri "Huquqbuzarliklar uchun jazoning muqarrorligi" xalqaro- ekologik javobgarlikda hanuzgacha to`lig`icha qo`llanilmayapti desak bo`ladi.
Eng nufuzli xalqaro sudlov organi - BMT ning xalqaro Gaaga sudi 1945-yil BMT bilan bir vaqtda faoliyat yuruaza boshladi. Uning a'zolari Bosh Assambleya tomonidan 5-yil muddatga saylanadilar. BMT Nizomining 99-moddasiga binoan Gaaga sudi Xavfsizlik Kengashiga xalqaro ekologik masalalarga doir va ekologik xavfsizlikni saqlash bo`yicha har qanday masalalarni xal qilish doir takliflar bilan chiqishga huquqlidir.1
Lekin, xalqaro ekspertlarning ma'lumotlariga ko`ra, Yer kurrasida davlatlar yoki transkontinental kompaniyalar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni bor yo`g`i 7-8% xalqaro sudlov organlari tomonidan ko`rib chiqilmoqda. Vaholanki, ularning hammasi ham yetarlicha javob-garlikka tortilmayaptilar, tabiatga yetkazilgan zararni qoplash esa uzoq muddatga cho`zilib ketmoqda.
Gaaga sudidan tashqari bir qancha regional va subregional toifadagi xalqaro sudlar mavjud bo`lib, ular 200 dan ziyod ikki va ko`p tomonlama imzolangan shartnoma va kelishuvlarga binoan xalqaro ekologik javobgarlik sanksiyalarini ishlatsalar bo`ladi. Bunda davlatlar o`zlarining milliy qonun me'yorlarini yoki xalqaro tashkilotlarning Nizomlarini "ro`kach" qilib ko`rsatishlari aslo inobatga
1 Ekalogiya huquqi. Darslik//` J.T.Xolmuminov, N.B.Shoimov,O.A.Kamolov, O.J.Xolmuminov.-T.: O`zbеkiston Rеspublikasi IIV Akadеmiyasi, 2014.-250b.
olinmasligi kerak. Chunki, xalqaro ekologik huquq prinsipiga binoan, atrof tabiatni muhofaza qilishda xalqaro huquqiy-me'yoriy normalar milliy yoki ixtisoslashgan ichki normalarga nisbatan ustuvorlikka egadir. Undan tashqari xalqaro shartnoma va kelishuvlarda ekologik-huquqiy javobgarlik umuman inobatga olinmagan, agar olingan bo`lsa ham davlatlarning u yoki bu tabiiy obyektlarni muhofazasiga qaratilgan xolos. Shuning uchun ham bunday javobgarlik me'yorlari birlamchi me'yorlar toifasiga kirib, huquqbuzarlarni yuridik javobgarlikka tortish uchun yetarli asos bo`la olmaydi.
MDH va Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida tuzilgan bir qator xalqaro- huquqiy hujjatlarda yuridik javobgarlikni qo`llash turi aniq bir tabiiy maydon yoki makon bo`yicha me'yori ko`rsatib o`tilmagan. Hanuzgacha ekologik-huquqiy manba sifatida ular orasida javobgarlik Konvensiyalari imzolangan. Moddiy va siyosiy sanksiyalar turi, miqdori va ularni undirish yoki ishlatish mexanzmi yo`q. Ularni amalga oshiruvchi nazorat, inspeksiya va sudlov organlarini tuzish shu kunning kechiktirib bo`lmaydi-gan dolzarb vazifalardan biridir.
Xulosa qilib aytganda insonlarning yagona yashash makoni bo`lgan Yer sharining ekologik xavfsizligini ta'minlash biron bir davlat, tashkilot yoki uyushmalarning sayl-harakatlaridan boshlanadigan, lekin butun dunyo hamjamiyatining birgalikdagi izchil ekologik siyosatni olib borishiga iqtisodiy va huquqiy mexanizmni ishlab chiqishiga, ijtimoiy va madaniy muhitni yarata olishiga bog`liq bo`lgan masalalar toifasiga kiradigan dolzarb muammodir.

Yüklə 208,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin