Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari S. Buzrukxonovga Hurmatli Sarvarxon Munavvarxonovich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 14-apreldagi 03/42-367-sonli xati ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.
Mazkur xatda hozirgi kunda talabalar turar joyiga extiyoji bor talabalarni aniqlash, oliy ta’lim muassasalariga yaqin bo‘lgan bo‘sh bino va inshoatlarni topish, viloyat va shahar hokimliklari, xususiy tashkilotlar bilan kelishish hamda shartnomalar tuzilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jadval asosida Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga taqdim etilishi so‘ralgan.
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga yaqin bo‘lgan xududda bo‘sh bino va inshootlar mavjud emasligini, hamda talabalar turar joyiga ehtiyoji bo‘lgan 1026 nafar talaba institut yaqinida joylashgan ijara uylarida istiqomad qilayotganligini ma’lum qilamiz.