Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo uluG’bek nomidagi



Yüklə 24,21 Kb.
tarix04.04.2022
ölçüsü24,21 Kb.
#54726
1917-1991-yillarda nashr


O’zbekiston respublikasi

oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo uluG’bek nomidagi

O’zbekiston Milliy Universiteti
TARIX FAKULTETI
ARXIVSHUNOSLIK YO’NALISHI

4-KURS SIRTQI BO’LIM

“1917 – 1991 – yillarda nashr ishlari



MUSTAQIL ISH

Bajardi : Xikmatova Laziza

Tekshirdi : ________________

Toshkent-2022

Mavzu: 1917 – 1991 – yillarda nashr ishlari.

Reja:

1. O’zbekiston tarixi kitobining chop etilishi.

2. 1917 – 1991 – yillarda xalq maorifi , o’quv dastur , qo’llanma va adabiyotlar.

3. Ikkinchi jahon urushi yillarida ta’lim – tarbiya ishlari va nashr ishlari.

4. Xulosa.

5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish”, “O‘tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lishi zarur”ligi ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston tarixini o‘rganish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan bergan topshiriqlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha faoliyat tashkil etilmoqda. “Yo‘l xaritasi”ning ustuvor yo‘nalishlaridan biri “O‘zbekiston tarixi” bo‘yicha ilmiy-ommabop asarlarni yaratishga oid tadbirlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolari, Fanlar akademiyasining Tarix instituti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz hamda oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlar tomonidan ikki kitobdan iborat “O‘zbekiston tarixi (1917–1991 yillar)” fundamental tadqiqoti chop etildi. Mazkur fundamental kitob mualliflar jamoasining uzoq muddatli izlanishlari natijasi bo‘lib, unda katta hajmdagi tarixiy materiallar ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi.

O‘zbekistonning sovet davri tarixini anglashning yangi paradigmalarini o‘zlashtirish juda murakkab kechdi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi o‘tgan chorak asr davomida yaratilgan tarixiy asarlarning katta qismida davrning murakkab jarayonlarini to‘g‘ri anglashda, ziddiyatli, ba’zan qarama-qarshi yo‘nalishlarni baholashda xolis bo‘lishga qaratildi. Bu tadqiqotning sovet davrida nashr etilgan shunday asarlardan asosiy farqli jihati shundaki, mualliflar jamoasi O‘zbekistonning kommunistik tuzum davri voqealariga baho berishda har qanday mafkuraviy g‘oyalardan holi ravishda sof ilmiy asosda yondashishga harakat qilishgan. Qolaversa, davrning murakkab voqealarini chetlab o‘tmaslikka, ularni faqat tarixiy faktlarga asoslangan holda bayon qilishga alohida ahamiyat berildi. Voqealarni baholashda fikrlar xilma-xilligi va sof ilmiy­ prinsiplarga tayanish, tarix fanining zamonaviy yutuqlaridan foydalanishga ham harakat qilindi.

Birinchi kitob 1917–1939 yillar voqealariga bag‘ishlangan. Bu davrning asosiy xususiyati shundaki, hokimiyatga kelgan bolsheviklar insoniyat tarixida miqyosi bo‘yi­cha eng keng, natijalari bo‘yicha eng bahsli eksperimentni amalga oshirdi. O‘zbekistonda ham ular tomonidan o‘tkazilgan islohotlar natijasida yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslangan jamiyat shakllandi. Inson resurslarini shafqatsiz ekspluatatsiya qilgan bu totalitar rejim respubli­kamizda yangi iqtisodni, madaniy taraqqiyotning nisbatan ilg‘or shaklini barpo qildi. Ayni paytda, bu davr o‘zbek xalqi uchun katta yo‘qotishlar davri ham bo‘ldi. Millatimizni ilg‘or ziyoli qatlamining ko‘plab vakillari, tadbir­kor va dehqonlarning bir qismi qatag‘on qilindi. Kitobda bu murakkab jarayonlarning barchasi o‘z aksini topgan.

Ikkinchi kitob 1939–1991 yillar voqealarini o‘z ichiga oladi. Bu davrning eng yirik va fojiali voqealari avvalo, Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq bo‘lib, ularni yoritishda respublikamiz va Rossiya arxivlarida saq­lanayotgan noyob materiallardan foydalanildi hamda ularning ko‘pchiligi ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi. Kitobdan qatag‘onning yangi to‘lqini, sovet siyosiy rejimining nisbatan liberallashuvi davri, O‘zbekiston tarixining murakkab davri bo‘lgan 1964–1983 yillardagi (Bir tomondan, shu yillari respublikamizda juda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, aholining turmush farovonligi yuksaldi. Boshqa tomondan, paxta yakkahokimligi kuchayib, 1980-yillari boshlangan «paxta ishi» sovet rejali iqtisodiyoti va umuman sovet tuzumining inqirozini yaqqol aks ettirdi) jarayonlar yoritilgan. 1985 yili boshlangan qayta qurish siyosati kutilgan natijalarni bermadi. Shu davrda O‘zbekiston mustaqillik sari dadil qadamlar tashladi va o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston tarkibidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va madaniy hayoti alohida bobda yoritilgan.

Ikkinchi kitobning yakunida keltirilgan bibliografik ro‘yxat keng qamrovli bo‘lib, unga: e’lon qilingan hujjat va materiallar to‘plami hamda s’ezd, konferensiya va plenumlarning rezolyusiya va qarorlari, stenografik hisobotlari; statistik va demografik nashrlar; arxiv hujjatlari; davriy matbuot materiallari; siyosat va davlat arboblarining asarlari; xotira va esdaliklar; sovet hokimiyati yillarida chop etilgan ilmiy adabiyotlar; xorijiy adabiyotlar (ingliz, turk, nemis, fransuz, italyan va boshqa tillarda); mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida nashr etilgan ilmiy adabiyotlar; MDH davlatlarida nashr qilingan tarixiy adabiyotlar; turli ma’lumotnoma, solnoma, lug‘at va qomuslar; dissertatsiya va avtore­feratlar; internet saytlaridan iborat juda katta hajmdagi adabiyotlar va materiallar haqida ma’lumotlar kiritilgan.

O‘zbekistonning sovet davri tarixi turli mafkuraviy qarashlardan xoli, tarixiylik va xolislik tamoyillari asosida tadqiq etilgan mazkur kitobdan olimlar o‘zining ilmiy faoliyatida, shuningdek, o‘quv adabiyotlarini yaratishda, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib etishda fo 1917 - 1990 yillar davri haqida gapirganda Prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirib o`tish avvalo o`rinlidir:

" ...bundan 130 yil muqaddam xalqimiz milliy mustaqilligini va tarixiy davlatchiligini yo`qotib, mustamlaka asoratiga tushib qolgan edi. Shu davr mobaynida ajdodlarimiz, millatimiz mashaqqatli sinov va kurash yo`llarini bosib o`tdi. Bobolarimiz chor Rossiyasining zulmini beadad tortgan bo`lsa, otalarimiz Oktabr tuntarishini, Grajdanlar urushini, quloqlashtirish kompaniyasi, Stalin qatog`onlarini, Ikkinchi jahon muxorabasining azobu - uqubatlarini, tahlikali elliginchi va nihoyat "desantchilar zulmi" nomini olgan saksoninchi yillar voqealarini bevosita boshidan kechirdi. Biz - nisbatan yosh avlod esa "rivojlangan sotsializm" deb atalgan davrni ham ko`rdik, kommunistik mafkuraning hukmron tazyiki ostida ham yashadik. Bu mafkura zulm va zo`ravonlikka, g`irromlik va soxtakorlikka asoslanganini yaxshi bilamiz. Shu sababli ham u halokatga uchradi". Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek mana shu mustamlakachilik siyosati zulm va asoratlari ta’lim - tarbiya, milliy o`zlikni anglash sohalarimizga ham o`z ta’sirini ko`rsatdi. Sobiq Sho`ro tuzumi davrida pedagogika fani butunlay boshqacha negizda shakllantirildi. Bu sobiq sovet pedagogikasining ajralmas qismi edi. Rus pedagogikasidan rus olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o`zbek pedagogikasi markscha - lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi. Oktabr tuntarishidan so`ng 3 ta xonlik o`rniga yangi yo`nalishdagi mafkuraga asoslangan Turkiston Muxtor Jumhuriyati, Buxoro va Xiva Xalq Respublikalari tashkil topdi. Maktablardagi o`quv - tarbiya ishlari mazmuni tuzum maqsadi asosida o`zgardi. Din va Qur’oni Karimga e’tibor umuman taqiqlandi. 1918 - 20 yillarda yangi siyosat asosida o`quv reja va dasturlari tuzildi, dars va tadbirlar shu asosida o`tkazildi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslarida esa rus yozuvchilarini o`rgatishga e’tibor qaratildi. Aniq fanlarni o`qitish miqyosi kengaydi. Ijtimoiy fanlarni o`qitishda ham o`zgarishlar bo`ldi. Avvalo milliy maktablarda o`qituvchilar yetishmasligi ko`zga tashlandi. 1918 yil 20 yanvardagi sobiq RSFSR XKS ning "Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to`grisida"gi dekreti asosida turli mullalar, ziyoli din ahllarining maktablarda dars berishlariga yo`l quyilmadi. Hukumatning xalq maorifi sohasidagi yangi siyosatiga javoban ulkada juda ko`plab maktablar ochilib, o`quvchilar soni ancha oshgan. 1918 yili Toshkentda o`lka maorif xodimlarining se’zdi ochilib, xalq maorifini qayta qurish bo`yicha tadbirlar belgilangan. "Mehnat maktablari" deb atalgan maktablar ochildi. Yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi. 1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablarning soni 330 taga yetdi.

1919 - 20 o`quv yili boshida Farg`ona viloyatida 350 ta, Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 216 ta maktab ishladi. Qizlar maktablari ochila boshladi. 1917 yili Beshyog`ochning Zevak mahallasida Bashorat Jalilova maktab ochib, 22 ta o`zbek qizini o`qitadi. Keyin bunday maktablar soni ko`payib boradi. O`lkada o`rta, maxsus o`rta va oliy o`quv yurtlari ham ochila boshladi. 1918 - 20 yillar ichida Turkiston sharqshunoslik instituti, Timiryazev nomidagi bilim yurt, Xotin - qizlar bilim yurti, va boshqalar, 1921 yil ximiya - formakologiya instituti, konservatoriya, 6 ta qishloq xo`jalik texnikumi ishga tushdi. Bular orasida 1918 yili 21 aprelda Toshketda ochilgan Turkiston xalq universiteti alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Uning viloyatlarda bo`limlari tashkil etiladi. Sobiq RSFSR XKS ning 1920 yil 7 sentabr dekreti bilan shu universitet negizida Turkiston davlat universiteti tashkil etildi. Pedagogika o`quv yurtlari - ped texnikumlar ochildi. Lekin o`qituvchi kadrlar yetishmasligi katta muammo edi. 1920 yilga kelib 1200 o`qituvchi tayyorlandi. 1920 yili birdan 7 ta maorif instituti (inpros) tashkil etilib, ularga 1145 talaba qabul kilindi. 1921 - 22 o`quv yilida o`lkada 2403 ta maktab va boshqa bolalar muassasalari ishlab, ularda 170105 bola o`qiganligi aytiladi.1924 - 1941 yillarda xalq maorifi, o`quv dastur, qo`llanma va darsliklarning yaratilishi, ta’lim - tarbiya ishlari.

1924 yili davlat chegaralanishi o`tkazilib, sobiq sovet respublikalari tashkil topgandan so`ng respublikalarda iqtisodiy - ijtimoiy va madaniy yuksaklikka erishish maqsadida bolalarni umumiy ta’limga tortish, kattalar orasida yangi yo`sindagi savodsizlikni tugatish kerak edi. Shuning uchun 1930 yili 14 avgustda sobiq SSSR MIK va XKS tomonidan "Umumiy majburiy boshlang`ich ta’lim haqida" qaror qabul qilindi. Unda 8 - 10 yoshli bolalarni boshlang`ich maktablarning kamida 4 yillik kursi hajmida umumiy majburiy o`qishga jalb etish, 11 - 15 yoshli mehnat maktabining 4 yillik kursida o`qimaganlar uchun tezlashtirilgan 1 - 2 yillik kurslar tashkil etish, sanoat shaharlarida 1930 - 31 o`quv yilidan 7 yillik majburiy maktabga bolalarni tortish masalalari ko`zda tutildi. 1929 yili O`zbekistonda arab alifbosi o`rniga lotin alifbosi qabul qilindi. 1931 yil 5 sentabr "Boshlang`ich va o`rta maktablar to`g`risida" qarorida yo`l qo`yilgan kamchiliklar ko`rsatildi, darsni uyushtirish va o`tkazish metodikasini yaxshilashga e’tibor berildi. Fanlar bo`yicha sikl birlashmalari tashkil etish, pedagogik birlashma tashkil etish masalalari ko`rildi.

Yangi o`quv dasturlari tuzildi. 1932 yil 25 avgustda "Boshlang`ich va o`rta maktablarning o`quv programmalari va rejimi haqida" sobiq VKP(b) MK ning qarori chiqdi.1933 yil "Boshlang`ich va o`rta maktab darsliklari" haqidagi qaror chiqdi, tez o`zgaradigan darsliklar yaratish qoralandi.1933 yildan sinfdan - sinfga ko`chirish sinovlari joriy etildi.1934 yildan maktablarda sinf rahbari vazifasi ta’sis etildi.Pedagogika darsliklari yaratila boshlandi. 1932 - 40 yillarda A.Afrikanov, P.Gruzdev,, I.Kairov, B.Yesipovlarning pedagogika oliy va o`rta o`quv yurtlari uchun darslik, qo`llanmalari nashr etiladi.1940 yil Toshkentda respublika o`qituvchilarining 1 - se’zdi o`tkazildi. Ta’lim - tarbiyani yaxshilash, majburiy o`rta ta’limni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.1940 yil may oyida sobiq O`zSSR Oliy sovetining 3 - sessiyasida "O`zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi o`zbek alfavitiga ko`chirish to`g`risida"gi qonun qabul qilindi.Oliy va o`rta maxsus ped. o`quv yurtlari soni ortdi. 1933 - 37 yillarda respublikada 26 ta pedtexnikum, 5 ta rabfak, O`rta Osiyo davlat universiteti, Navoiy nomidagi Samarqand DU, Toshkent, Farg`ona, Buxoro pedinstitutlari faoliyat ko`rsatdi.

Bu davrlarda hukumatning maorif sohasida olib borgan siyosati natijasida o`zbek xalqi o`z tarixi, milliy urf - odati, an’ana, umuminsoniy qadriyatlarni bilish va o`rganish imkoniyatlaridan mahrum bo`ldi., millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun kurashgan ma’rifatparvarlar surgunlarda azob chekdilar.

Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi yillarda O`zbekistonda xalq maorifi va ta’lim - tarbiya ishlari va nashr ishlari. Urush davrida barcha moddiy resurslar va xalqning ma’naviy kuchlari frontga jalb etildi. O`zbekiston ham himoyaga o`z hissasini qo`shdi. Dushman bosib olgan yerlardagi ko`plab ishlab chiqarish korxonalari O`zbekistonga ko`chirildi. O`zbekiston ularni joy va ishchi kuchi bilan ta’minladi. Armiyani oziq - ovqat, kiyim bilan ta’minlashga hissa qo`shdi. Urush davrida barcha sohadagi kabi maorif sohasida ham qiyinchilik bo`ldi. Ko`plab o`qituvchilar armiyaga chaqirildi, maktab binolari gospitallarga aylantirildi, o`quv qurollari yetishmasdi. O`quv dasturlari sharoitga moslashtirildi. 1943 yil 8 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarni hisobga olish va ularni majburiy ta’limga tortish haqida qaror chiqdi. Shu yili o`g`il va qizlarni alohida o`qitish ham joriy etildi. Maktabga qatnovchi qizlar soni ortdi. O`zbekistonga evakuatsiya qilinganlar soni ortib bordi. Ular 1942 yili 716 minga yetdi. 1943 yil 154 ta, 1945 yili 242 ta bolalar uyi bor edi. Urush davri qiyinchiliklaridan yana o`qish 3 smenada olib borildi, darslar 40 minut bo`ldi, ashula, rasm darslari o`tilmadi. O`qituvchilar kamayib, xotin - qizlardan o`qituvchilar tayyorlashga katta e’tibor qaratildi. Yana bir qiyinchilik esa urushdan oldin rus grafikasiga o`tilgan edi, lekin hali o`tib ulgurilmagan, kitoblar chop etilmagan edi.

1944 yildan bolalar bilimi va xulqini 5 ballik tizim asosida baholashga o`tildi. Urushdan keyin xalq maorifini yuksaltirish choralari ko`rildi. 1949 yili umumiy majburiy 7 yillik ta’limga o`tildi. Kasbga o`rgatish maqsadida texnikumlar soni ko`paytirildi. 1956 yildan internat maktablar vujudga keltirildi. O`qituvchilarga talab kuchaydi. 1953 yildan pedbilimyurtlari o`rta maktab negizida ishlaydigan bo`ldi, o`qish muddati 2 yil edi. 1952 yildan o`qituvchilar institutlari pedagogika institutlariga aylantirildi. 1962 - 63 o`quv yilidan 7 yillik maktablar qayta tashkil etilib, 8 yillik maktablarga aylantirildi. 1962 yilda ToshDU qoshida birinchi marta pedagogika fanlari bo`yicha ilmiy darajalar beruvchi Birlashgan Sovet tashkil etildi. Turg`unlik yillarida hukumat siyosatidagi har qanday moneliklarga qaramay, mavjud imkoniyatlar doirasida Markaziy Osiyo, jumladan o`zbek ziyolilari ulug` mutafakkir shoir va olimlarimizning pedagogik fikrlarini tadqiq etish davom etdi. 60 - 70 yillarda Furqat, Sadriddin Ayniy, Alisher Navoiy, Jomiy va Davoniy, Abdulla Avloniy kabi allomalarimizning ta’lim - tarbiya haqidagi fikrlari tadqiq etildi. "Kalila va dimna", "Qobusnoma" nashr qilindi. Taniqli pedagog olim Z.Mirtursunov "O`zbek xalq pedagogikasi va uning xalq og`zaki ijodida aks ettirilishi" (1967) asarida xalq pedagogikamizni birinchi bor tadqiq qildi. XX asrning 70 - 90 yillarida xalq ta’limi va pedagogik fikrlar. 70 - 80 yillarda ham ta’lim tizimida muhim o`rinni egallagan umumiy ta’lim maktablari davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qilardi. 1972 yili hukumat tomonidan "Yoshlarni umumiy o`rta ta’limga o`tkazishni tugallash va umumiy ta’lim maktablarini yanada rivojlantirish to`g`risida".

Yoshlarni umumiy o`rta ta’limga o`tkazish 1975 yilga kelib tugallandi.1975 - 76 o`quv yilida O`zbekiston qishloq va shaharlariga 9642 ta umumta’lim maktabi bo`lib, ularda 38028 ming o`quvchiga 237,5 ming o`qituvchi saboq berdi. Shu o`quv yilida 42 ta oliy o`quv yurtida 246,4 ming talaba ta’lim oldi, ularda 400 fan doktori va 5 mingdan ortiq fan nomzodlari mehnat qildilar. Maktabgacha tarbiya muassalariga 900 mingdan ortiq bola jalb etilgan. Maktabdan tashqari tarbiyaviy muassalarga 440 mingdan ortiq bola tortildi. 80 yillarga kelib jamiyatning ko`p sohalardagi kamchiliklar ko`zga tashlanib, keng ko`lamda qayta qurish ishlari boshlab yuborildi. Hukumatning "Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo`nalishlari" 1984 yil ma’qullandi. O`zbek pedagogikasi butunlay o`sishdan to`xtab qolmadi. Ko`plab olimlarimiz uni yuksalishi yo`lida tinmay mehnat qildilar. 70 yillarda o`zbek pedagogikasi ravnaqi uchun ayniqsa, Siddiq Rajabov (1910-1993) fidoyilik ko`rsatadi.

Ilmiy tadqiqot va Nizomiy nomli TDPI da ishlaydi. "O`zbekiston maktablari tarixi" mavzusida doktorlik disertatsiyasini himoya qiladi. "Pedogogika fani taraqqiyotining ba’zi masalari", "Tarbiya va o`qitishda klassik ta’limot", "Oliy ta’lim didaktikasi" kabi o`nlab asarlari nashr etiladi. Pedogigika fani rivojiga Malla Ochilov (1931) katta hissa qo`shdi. Uning "O`qituvchi odobi", "Studentlarning axloqiy tarbiya jarayoni", "Bo`lajak o`qituvchini axloqiy shakllantirish", Studentlarning ilmiy tadqiqot ishlari" kabi risolalari mashhurdir, u chex pedagogi Ya.A.Komenskiyning "Buyuk didaktika" asarini 1- bo`lib o`zbek tiliga tarjima qilgan. Iqtidorli olim hozirda Qarshi DU pedogogika kafedirasini boshqarmoqda, ko`plab shogirdlariga ustozlik qilib kelmoqda. 80 yillarda Muzaffar Abdullayevning (1931) Forobiy qarashlari haqidagi tashqiqotlari pedagogikani yangi bosqichga ko`tarilishiga sabab bo`ldi. "Abu Nasr Forobiy", "Forobiy va uning risolalari", "Forobiy ta’lim tarbiya to`g`risida" kitoblarini yozdi. FA ning haqikiy a’zosi, hozirda Sharqshunoslik institutida direktorlik qilib kelmoqda.

Xulosa


Ayni shu yillar oralig’ida ko’plab nashr ishlari olib borilgan. Bu ishlarning ko’p qismi ta’lim tizimi va huquqimizga oid bo’gan qo’llanma va darsliklardan iborat bo’lgandir. Bu yillardagi barcha nashlarning biz uchun o’zgacha bir yangiliklarga boy bo’lgan nashrlar deb aytishimiz mumkin. Shular jumlasiga misol tariqasida “O’zbekiston tarixi “ ga oid bo’lgan ko’plab kitoblar va darsliklarni keltirish mumkin. Biz bular orqali bizdan oldingi yillar oralig’ida qanday hodisalar va voqealar bo’lganligini bilishimiz mumkin. Bulardan tashqari bizga yanada muhim b’lgan “ Konsitutsiya”mizning tashkil topishi yurtimizda qonun ustivorligini taminlashga hizmat qiluvchi bir nashriy kitoblardan biri hisoblanadi. Aslini olganda bunday kitoblar ko’plab nashr qilingan lekn biz bularni barchasini aytmoqchi bo’lsak judayam uzun manzillar va turli xildagi yangicha kitoblarni bilishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar .

1.G’oibnazarov Sh. Ijtimoiy rivojlanish saboqlari. 20-yillar tahlili. T., "O’zbekiston" 1994

2. G’ulomov YA.G’. Xorazmninng sug’orilish tarixi. T., 1959.

3.G’ulomov YA.G’. Arxeologiya-tarix fani xizmatida. T., "Fan", 1976.

4.G’oibnazarov Sh. Ijtimoiy rivojlanish saboqlari. 20-yillar tahlili. T., "O’zbekiston" 1994

5. G’ulomov YA.G’. Xorazmninng sug’orilish tarixi. T., 1959.

6. G’ulomov YA.G’. Arxeologiya-tarix fani xizmatida. T., "Fan", 1976.
Yüklə 24,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin