O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan mustaqil ish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Qo'qon DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN MUSTAQIL ISH
MAVZU: YUKSAK MANAVIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O’RTA OSIYO ALLOMALARI ILMIY MEROSINING O’RNI. BAJARDI: Ergashaliyev Zufarxon
Reja:
O’rta Osiyolik olimlar haqida umumiy ma’lumotlar.O’rta Osiyolik olimlarning ilmiy merosi.O’rta Osiyolik olimlarning yoshlar hayotidagi o’rni.Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy. (783-850yy)Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo’ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Evropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o’ynadi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniyAl-Farg’oniyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Bag’dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u erda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg’oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o’zining yangi natijalari bilan boyitdi. O’sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni etti iqlimga bo’lib urgandi. Kuyosh soatlarini. bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg’oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Evropada astronomiya fanidan asosiy qo’llanma sifatida foydalanildi.
Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy).O’trorda tug’ilgan, boshlangich ma’lumotni Shosh, Buxoro, Samarqandda olgan so’ng Bag’dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo’lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Musiqa nazariyasiga bag’ishlangan «Musiqa xaqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga bag’ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir.
Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy)Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug’rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, she’rlar bitganligi xam ma’lum. Beruniy o’rta asrda birinchi bo’lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Ma’sud qonuni», «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o’zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G’aznaviy saroyda ham xizmatda bo’lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil)
U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo’lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag’ishlangan asarlar yaratgani ma’lum.
IX-XII asrlarda adabiyot, me’morchilik va din ravnaqi. O’rta Osiyolik buyuk islomshunos mutafakkirlar.Buxoroda qurilgan Ismoil Somoniy qabri ustiga pishiq g’isht bilan qurilgan go’zal maqbara. Bu bino to’rtburchak shaklida bo’lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. To’rtburchakdan nayzali ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga o’tilgan. Shu bilan birga bu bino to’rt fasadlidir. Uning to’rtala tomoni ham bir xil, old tomonidek bezatilgan. Oddiy qilib aytganda, binoning oldi, yoni va orqa tomoni yo’q. Hamma tomoni bir xilda bezatilgan. Ismoil Somoniy maqbarasini qurishda va bezatishda arablardagi o’sha davr uchun xos bo’lgan me’moriy xususiyatlardan ham ko’p foydalanilgan. Masalan, binoning tashqi burchaklariga ustunlar o’rnatish. Bino ichidagi bunday shakddagi, shuningdek, dumaloq manzarali maydonlar ham islomgacha bo’lgan yodgorliklarda uchraydi.
Yusuf Xos Hojib (XI asr) Bolasogumda tug’ilgan yirik adib Yusuf Xos Hojibning mashhur «Qudadg’u bilig» (Saodatga yo’llovchi bilim) asari turkiy xalqlarning bizgacha etib kelgan birinchi badiiy asari ekanligi bilan ham qimmatlidir. Muallif 6407 bayt orqali markazlashgan feodal davlatni idora qilish yo’llari, siyosati hamda xalqlarning rasm-rusumlari va ahloq qonun-qoidalarini ushbu asarda mujassamlashtirgan. «Qutadg’u biligda» sog’likni saqlash, dorishunoslik va umuman tabobatga oid baytlar ham ko’p uchraydi.
Ahmad Yugnakiy (XIIasr II yarmi-XIII asr boshlari) Samarqand yaqinidagi Yugnak qishlog’ida tug’ilgan Yugnakiyning ayniqsa «Xibbat ul- haqoyik» (haqiqatlar hadisi) asari juda mashhur bo’lib, muallifga shon-shuhrat keltirgan. Asarda asosan insonga xos bo’lgan fazilatlar bayon etilgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy (810-869 yy.)
Buyuk hadisshunos olim Imom Buxoriy hayoti davomida 600 ming hadis to’plab, ulardan 7275 hadisni o’zining 4 jildlik «Ishonarli to’plam»iga kiritdi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog’onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu erga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar
Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy)
Islom dunyosida mashhur bo’lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog’ida tug’ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo’lib, etishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o’rin tutadi. Umrini hadislar to’plashga bag’ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy meros, jumladan: «Kitobi al-Jom’e as-saxix», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar qolgan.
IX-X asr me’morchiligining rivojlanish yo’llarining saklanib qolganligini ko’plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko’pgina masjidlar o’z vaqtida arablargacha bo’lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. Ular bir xonali bo’lib, masjidning tomlari ustunga tayanib turgan. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo’lgan. Masjidlarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli qilib qirqilgan g’ishtlar, o’yma ganchlar va hatto tilla suvlar bilan bezatilgan Bu davrga oid masjidlar to’g’risida so’z yuritilganda, Buxorodagi Mag’oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O’rta Osiyoda diniy me’morchilikning rivojlanish yo’llarini kuzatish imkoniyatini berdi. Narshaxiyning yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o’zi uchun katga saroy qurdirgan va uning qurilishiga kagga mablag’ sarflagan. Bu saroy g’oyat go’zal bo’lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo’lgan. Bu saroylar o’zlarining kattaligi va go’zalligi bilan ajralib turgan. Ko’p hollarda bunday saroylar kushmanzara joylarda, bog’lar ichida bunyod etilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLARO’zbekiston Tarixi ( A.Muhammadjonov)A.A Normatov Matematika tarixi( toshkent 2007)INTERNET SAYTLARIarxiv.uzxorazmiy.uzshosh.uz
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |