2
KIRISH
Ushbu dastur o’simliklar
fiziologiyasi fani predmeti, tarixi, maqsadi va
vazifalari; Fanning tadqiqot uslublari,
obyekti-fototroforganizmlar; O’simliklar
fiziologiyasining biologiya fanlari bilan o’zaro bog’liqligi; Hozirgi zamon
fitofiziologiyasining asosiy metodologik aspektlari; Fanning qishloq xo’jaligi va
ekologik muammolarni yechishdagi o’rni; Fanning nazorat turlari va baholash
mezonlari kabi masalalarni qamraydi.
I.
O’SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI VA BIOKIMYOSI
O’simlik hujayrasining fiziologiyasi
Hujayra o’simlik organizmining elementar
struktura va funksional
birligidir. Hujayraning struktura tashkil topishi —uning biokimyoviy faolligini
va butun tirik tizimni ishlashining asosidir. O’simlik va hayvon hujayralarining
o’ziga xos xususiyatlari. Prokariot va eukariot elementlari. Yadro. Uning
tuzilishi va faoliyat prinsiplari.
Hujayra devori, sitoplazma, vakuol, plastidalar,
mitoxondriyalar,
ribosomalar, peroksisomalar, lizosomalar, endoplazmatik tur.
Goldji apparati. Hujayra organoidlari va protoplazma
yuzasining tashkil
topilishini membranali prinsiplari. Biologik membranalarning tuzilishi,
xossalari, o’tkazuvchanlik va faol transport tizimlari hamda asosiy funksiyalari.
Biologik membranalarning kimyoviy tarkibi. Moddalarning membrana orqali
tashiluvining qiyinligi. Diffuziya moddalar tashiluvining bir mexanizmidir.
Membrananing tashuvchi oqsillari. Membranalar
orqali makromolekulalarning
tashiluvi. Ionoforlar. Protoplazmaning fizik— kimyoviy xossalari. Hujayra turli
organoidlarining o’zaro funksional ta’siri. Hujayra o’rtasidagi bog’lanishlar.
Tirik hujayraning xossalari. O’simlik hujayrasiga xos qo’zg’alishlar va ularning
uzatilish mexanizmi.