Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o’sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o’z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo’la boshlagan.
Iqtisodiy xavfsizlik o’zining ob’ekt va sub’ektlariga ega bo’lib, uning ob’ekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi.
Iqtisodiy xavfsizlik obektlariga quyidagilar kiradi: