т эназаров ўқув қўлланмам 10032018 диалектологиям d
“O‘zbek dialеktologiyasi” fanidan tayyorlanib, nashir etilgan darsliklar haqida Bu fan yuzasidan XX asrning 20-yillaridan to bugungacha bir qancha
o‘quv qo‘llanma, metodik qo‘llanma, juda ko‘p monografiya va maqolalar nashr
qilingani kabi bir necha darsliklar ham tayyorlanib, e’lon qilingan. Ular (ya’ni
darsliklar) to‘grisida quyida qisqagina ma’lumotlarni qayd etishni o‘rinli deb
bilamiz:
1. V. V.Rеshеtov, Sh.Shoabdurahmonov. O‘zbеk dialеktologiyasi.T.,
1959.
Mualliflari: prof.V.V.Reshetov, filologiya fanlari kandidati Sh.Shoabdu-
rahmonov. Nashr etilgan yili 1959-yil.Tiraji 3500 ta.Hajmi 80 sahifadan
iborat.Uning munda-rijasida quyidagilar bor:
I.Uqdirish xati - 3-31-betlar.
I.1.Dialektologiya fani – 3-4-betlar.
I.2. Transkripsiya – 4-11-betlar.
I.3.O‘zbek xalq shevalarini o‘rganish – 12-16-betlar.
I.4. O‘zbek xalq shevalarining klassifikatsiyasi – 17-31-betlar.
II.Programma (4ta bo‘limdan iborat) – 32-34-betlar..
III.Adabiyotlar (3ta bo‘lim, 247ta) – 35-44-betlar.
IY.Tekst namunalari (22ta) – 45-80-betlar.
2. V. V.Rеshеtov, Sh.Shoabdurahmonov. O‘zbеk dialеktologiyasi.T.,
1962 (Mazkur ishda shevalarimizning fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi
bo‘yicha shevalarga oid katta hajmli material bor).
3. V. V.Rеshеtov, Sh.Shoabdurahmonov. O‘zbеk dialеktologiyasi.T.,
O‘qi-tuvchi, 1978 (Bu vaqtda esa mualliflar akademik unvonini olishgan. Unda
shevalarimizning fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi bo‘yicha zarur
materiallar shu fanga ajratilgan o‘quv soatiga mos holatda berilgan).
4. N. Rajabov O‘zbеk shеvashunosligi.T.,O‘qituvchi,1996 (Bunda lahja
hamda shevalarimizga ham tarixiy, ham sinxron nuqtai nazaridan qaralgan).
5. B. To‘ychiboyеv, B. Hasanov O‘zbеk dialеktologiyasi. Abdulla Qodiriy
nomidagi xalq mеrosi nashriyoti, T., 2004 (Ushbu darslikda asosan
dialektologiya fani, uning maqsadi va vazifalari, lingvistik geografiya metodi,
shevalar tasnifi hamda uchta lahjaga xos xarakterli xususiyatlarga e’tibor
qaratilgan).
1
Qarang: Rеshеtov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialеktologiyasi. T., O‘qituvchi , 1978.18-20-betlar.