Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 413,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/63
tarix02.01.2022
ölçüsü413,12 Kb.
#47858
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
biokimyo-laboratoriya

 

Galloidlar.  Bu  reaksiya  ayniqsa  to’yinmagan  moy  kislotalari  ko’p  bo’lgan 

moylarga  xarakterlidir.  Probirkaga  1-2  tomchi  moy  va  1-2  ml  efir  solinadi.  Uning 

ustiga 1-2 tomchi bromli suv qo’shiladi va yaxshilab  

aralashtiriladi. 

Bromli 

suvning  sariq  rangining  tez  yo’qolishi  to’yinmagan  yo’  kislotalari  borligini 

ko’rsatadi. 

Reaktivlar:  Tozalangan  paxta  moyi,  osmiy  kilotasining  1%  li  eritmasi,  efir,  bromli 

suv. 


10. FERMENTLAR 

      


Fermentlar  tirik  organizmlarning  hamma  hujayralari  va  to’qimalarning 

tarkibiga kirib, biologic katalizatorlik vazifasini bajaradigan spesifik oqsillardir. Tirik 




organizmlarning  faoliyati  fermentlarga  bog’liqdir.  Organizm  bilan  tashqi  muhit 

o’rtasidagi  moddalar  almashinuvi  jarayonida  fermentlarning  g’oyat  katta  ahamiyati 

bor. 

      


Oddiy oqsillardan ya’ni faqat aminokislotalardan tashkil topgan fermentlar bir 

komponentli fermentlar deyiladi. Masalan, ribonukleaza, tripsin, papain va boshqalar. 

Agar fermentlar murakkab oqsillardan tashkil topgan bo’lsa, ya’ni ularning tarkibida 

aminokislotalardan  tashqari  boshqa  birikmalar  ham  uchrasa,  ular  ikki  komponentli 

fermentlar  deb  ataladi.  Oqsidlanish-qaytarilish  reaksiyalarida  ishtirok  etuvchi 

fermentlar ikki komponentli fermentlardir. 

Fermentlar  bir  qator  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega.Bularga  fermentlarning 

termolabilligi,  spesifikligi,  muhit  pHining  o’zgarishiga  nisbatan  sezuvchanligi, 

aktivator  va  ingibitorlarning  ta’siriga  sezuvchanligi,  aktivator  va  ingibitorlarning 

ta’siriga  moyilligi  kiradi.Fermentlarning  ta’siri  va  ularning  aktivligi  reaksiyada 

ishtirok  etayotgan  moddaning  kamayishiga  (modda  substrat  deb  ataladi)  yoki  hosil 

bo’layotgan  moddaning  ortib  borishiga  qarab  belgilanadi.  Hozirga  qadar  ma’lum 

bo’lgan fermentlar 6 sinfga bo’linadi. 

 

1.  Oksidoreduktazalar-oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydi. 



2.  Transferazalar-  ma’lum  kimyoviy  guruhlarni  bir  birikmadan  ikkinchi 

birikmaga ko’chirilishini ta’minlaydi. 

3.  Gidrolazalar- murakkab organik birikmalarning suv yordamida parchalanish 

reaksiyalarini katalizlaydi. 

4.  Liazalar-  substartdan  suv  ishtirokisiz  ma’lum  guruhlarning  ajralishini 

katalizlaydi. Bu fermentlar faoliyati tufayli yo qo’shbog’ hosil bo’ladi yoki 

ma’lum guruhlarning qo’sh bog’larga birikishi ta’minlanadi. 

5.  Izomerazalar-  har  xil  organik  birikmalarning  izomerlanish  reaksiyalarini 

katalizlaydi. 

6.  Ligazalar-  ATF  yoki  shunga  o’xshash  nukleozid  trifosfatlar  energiyasini 

hisobiga  oddiy  molekulalardan  murakkab  birikmalar  hosil  bo’lishi 

reaksiyalarni katalizlaydi.  

     Fermentlarning  aktivligini  aniqlashda  kimyoviy  usullar  bilan  bir  qatorda 

spektrofotometrik,  monometrik,  xromatografik  va  boshqa  usullardan  keng 

foydalanilmoqda.  


Yüklə 413,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin