Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xalqaro Nordik universiteti



Yüklə 336,82 Kb.
səhifə1/2
tarix08.05.2023
ölçüsü336,82 Kb.
#109278
  1   2
1-topshiriq




OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Xalqaro Nordik universiteti


423-guruh talabasi Muxammedova Gulbaxorning
“Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” fanidan

“Axborot havfsizligi haqida tushuncha”
mavzusida tayyorlagan





Mavzu: Axborot havfsizligi haqida tushuncha


Reja:


  1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini ta’minlash usullari

  2. Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari

  3. Axborotni himoyalash konsepsiyasi


Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini ta’minlash


usullari

Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o’zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo’lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko’p hollarda uning o’zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o’zgartirishdan, uni o’g’irlashdan, yo’qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug’iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog’liq qilib qo’yadi.


Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o’qish imkoniga ega bo’lmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, ya’ni axborot o’z qiymatiga ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o’g’irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug’iladi.
Axborotni himoya qilish deganda:
Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o’zgartirishga) yo’l qo’ymaslik;
Axborotni tegishli huquqlarga ega bo’lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo’l qo’ymaslik;
Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o’rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo’llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.

Yüklə 336,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin