O`lkashunoslik turlari Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi


O`lkashunoslikning asosiy manbalari



Yüklə 132,28 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü132,28 Kb.
#201578
1   2   3   4
1452183395 63271

6. O`lkashunoslikning asosiy manbalari
O`lkashunoslik besh asosiy manbaga: arxeologiya, etnografiya, toponimika va arxiv hujjatlari xamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi.
Qishloq, rayon, shahar yoki viloyat hududining tarixini o`rganishda shu manbalardan birontasi ham diqqat-e`tibordan chetda qolmasligi lozim, busiz o`lka tarixini mukammal o`rganib bo`lmaydi.
O`sha besh manbadan biri bo`lgan arxeologiya to`g`risida gap borganda, avvalo maktab tarixi kursining qaysi qismida, qaysi sinfda va qanday qilib, qachon arxeologiyaga oid materiallardan foydalanish mumkin degan savolga javob berish kerak bo`ladi. CHunonchi, V sinf tarixi kursida O`zbekiston xalqlarining eng qadimgi ibtidoiy jamoa davri: odamlar to`da holda yashagan davr, ona urug`i (patriarxat) davri, ona urug`ining rivojlanishi, kaltaminorliklar chaylasi, ota urug`i (patriarxat) davri, temirning tarqalishi, sug`orishning kelib chiqishi davridan boshlab, quldorlik jamiyati, feodalizm davri, nihoyat XVIII asrning ikkinchi yarmida feodalizmning emirilishi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishigacha bo`lgan juda katta tarixiy davr o`z ifodasini topgan. Demak, bu kursda ayrim mavhum tarixiy tushunchalar haqida o`quvchilar ma`lum tasavvur hosil qilishida, tarixiy faktlarni ishonarli qilib tushuntirishda arxeologiyaga oid materiallardan o`rinli foydalanish juda muhimdir.
O`quv qo`llanmada «Ibtidoiy jamoa davri» qisqa berilganligi tufayli so`nggi yillarda yaratilgan ba`zi asarlar hamda turli ilmiy adabiyotlardagi xulosalar asosida O`zbekistonda ibtidoiy jamoa davrini quyidagi mayda davrlarga bo`lib o`rganish mumkin:
1. Ibtidoiy to`da davri.
2. Ona urug`i (matriarxat) davri.
3. Ona urug`ining rivojlanishi.
4. Kaltaminorliklar chaylasi.
5. Ota urug`i (patriarxat) davri, temirning topilishi va xo`jalikda iiglatila boshlanishi davri.
6. Sun`iy sug`orishning kelib chiqishi hamda quldorlik jamiyati va nihoyat, feodalizm davri O`zbekiston misolida besh manba — avval arxeologiya, etnografiya, toponimika, arxiv hujjatlari, so`ng muzey eksponatlari orqali tartibli ravishda bayon qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. Toshkent «O`zbekiston 1996 yil.»

  2. Artsixovskiy A B.«Arxeololgiya asoslari» Toshkent «O`qituvchi» 1970yil.

  3. Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik» Toshkent «O`qituvchi» !996 yil.

  4. Sa`diev A. «XIX asrda Turkistonda tarix fani» Toshkent 1960 yil

  5. G`ulomov YA.G. «O`zbekistonda arxeologiya» Toshkent 1956 yil.

Yüklə 132,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin