Reja:
O`lkashunoslikda toponimlardan foydalanish
Toponimikaning O`zbekiston tarixi va o`lkashunoslik bilan aloqadorligi
Geografiya ta`limida toponimika va geografik terminlar
Biz bilamizki, Tarixiy o’klkashunoslik va toponimka fani bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Sababi O’lkashunoslik o’lkamiz tarixini umumiy tarzda o’rgansa, Toponimika fani hududimizdagi joy nomlari, ularning kelib chiqishini o’rganuvchi fan hisoblanadi.Toponimika geografik nomlar kishi ismlarini o`rganadigan fan sifatida 1917 yildan keyin maydonga chiqdi. Toponimikani “ zamin tili ” yani “ yer tili ” deb ham keladi. Toponimika atamasi lotinchadan olingan “ topos” – joy, “ onom ” – nom, umuman joy nomini o`rganadigan fan degan ma`noni beradi. Geografik nomlar va zamin qa`rida o`rganilmayotgan nomlar toponimikani o`rganish manbai hisoblanadi. Toponimika ob`ektdan mikro va makro toponimikalardan iborat, mikro toponimika mayda ob`ektlarni nomlarini, makro toponimika esa atoqli otlar, yani yirik ob`ektlarning nomlarini tadqiq qiladi. Toponimikaning tilshunoslik, tarix, geografiya, arxeologiya va boshqa fanlarga aloqadorligi uning muhim xususiyatlaridandir. Toponimikaga oid ma`lumotlar tadqiq qilinayotgan tarixiy ma`lumotlargа, аyniqsa аrxeologiyaga oid tekshirish natijalariga suyangan holdа ish ko`rish zarur. Shuni unutmaslik kerakki, geografik nomlar ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat taraqqiyoti bilan mustahkam bog`liqdir.Toponimik asoslarga vaqt, manbalar va yo`nalishlar bo`yicha joylarga aholining kuchishi, o`rnashishi kiradi. Geografik nomlar uzoq muddatli bo`lib, ma`lum hududdagi u yoki bu xalqning tili haqida guvohlik beradi.
Geografiya ta`limini rivojlantirishda, uning istiqbolini yanada oshirishda, o`quvchilarning geografik ko`nikma, malaka va bilimlar saviyasini
chuqurlashtirishda, geografiya darslarida o`lkashunoslik materiallaridan
foydalanish alohida o`rin tutadi.
Hozirgi kun talabidan kelib chiqqan holda, hamda davlat ta`lim standartiga mos holda geografiya ta`limini rivojlantirish borasida ma`lum darajada ishlar amalga oshirilmoqda. O`quvchilar o`z o`lkasining tabiatini va kishilarning xo`jalik faoliyatini o`rganish vaqtida aniq voqelikni bilib olishigina emas, balki turmushda muhim bo`lgan bir qancha zarur malakalar ham hosil qiladilar.
Geografiya ta`limida o`lka materiallaridan foydalanish o`quvchilarda tabiatdagi mavjud narsalarni tushunib yetishida, jonli va jonsiz tabiat o`rtasida bog`liqlik, tafovutlar bo`layotgan hodisalarni tahlil qilishga imkon beradi. Geografiya darslarida o`lka materiallarini to`plash-geografik ekskursiya davomida amalga oshirilib, bunda o`quvchilar o`zi yashab turgan hududdan tuproq namunalari, tog` kollektsiyalari, gerbariylar, pulyajlar yig`adilar, hamda bu materiallardan bevosita geografiya darslarida foydalanishadi. Shuningdek, o`quvchi-o`lkani o`rganish jarayonida o`zining yashab turgan joyning geografik o`rni, relef tuzilishi, iqlim xususiyati, suvlari, tuproqlari, o`simliklari, hayvonot dunyosini va kishilarning mehnat faoliyatini chuqur o`rganib yetadilar. Jumladan, o`lkani o`rganish jarayonida o`quvchilarda o`z o`lkasini sevish, tabiatini muhofaza qilish, hamda mehnat qilish ko`nikmalari shakllanadi. Bugungi kunda-geografiya darslarida o`lkashunoslikka oid materiallaridan foydalanishni to`la qonli deb bo`lmaydi, chunki ko`pgina maktablarni kuzatganimizda o`lkamiz bo`yicha materiallar mavjud emasligiga amin bo`ldik.
Geografiya darslarini o`lkashunoslik masteriallar asosida o`tilganda-o`quvchilarning geografiya faniga bo`lgan qiziqishlari yanada ortadi, shunday ekan, geografiya fanida o`lkani o`rganishga, undagi materiallardan foydalanishga kengroq e`tibor bermog`imiz lozim. O`lka bu har bir insonning yashash joyidir. Shu insonning tug`ilib voyaga yetgan joyi, uning vatani yoki o`lkasi hisoblanadi. O`lkashunoslik-shu yashayotgan o`lkani o`rganish degan ma`noni anglatadi. Butun dunyo xalqlari o`zining yashash joyini-ona yurt, muqaddas joy deb biladi. Shunday ekan o`z vatanini har tomonlama o`rganish o`lkashunoslik fanining asosiy vazifasi hisoblanadi.
O`lkani o`rganish jarayonida biz xalqimizning o`tmishi, urf-odatlari, millati, tabiatimizning kelib chiqishi, uning iqlim hususiyatlari, tuproq, o`simlik va hayvonot dunyosi, hozirgi kunda tabiat resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish yo`llari haqida tushuncha va bilimlarga ega bo`lamiz, shuning uchun pedagogika institutlari va universitetlarni bitirayotgan har bir talaba o`z o`lkasi haqida bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari shart, chunki mustaqillikka erishganimizga qadar o`z o`lkamiz haqida bilimlar sust edi. Respublikamiz istiqlolga erishgandan so`ng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda mustaqillik sharofati tufayli juda katta o`zgarishlar ro`y berdi. Bitirayotgan har bir yosh mutaxassis o`z o`lkamiz haqidagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy va siyosiy sohalardagi yutuqlarimizni bilishlari shartdir: jumladan, siyosiy jihatdan oladigan bo`lsak, mustaqillik tufayli ichki va tashqi siyosatda respublikamiz o`z qarashlari asosida jahonning ko`pgina mamlakatlari bilan aloqalar o`rnatdi, nufuzli tashkilotlarga teng huquqli a`zo bo`ldi, diplomatik aloqalar o`rnatildi va hokazo.
Iqtisodiy jihatdan esa mustaqillik tufayli o`z yerimizga, o`zimizning tabiiy boyliklarimizga, ulardan oqilona foydalanib, ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish huquqi qo`lga kiritildi va xalqimiz farovonligi yo`lida ulardan foydalanish shart-sharoitlari yaratildi.
Ma`naviy jihatdan mustaqillik tufayli xalqimizning ota-bobolarimiz orzu bo`lib kelgan ozodlikka, hamda o`z davlatiga ega bo`lishga, adolatli jamiyat qurishga bo`lgan azaliy orzu umidlari ro`yobga chiqadi. Mustaqillik tufayli biz bugungi kunda barqaror bozor iqtisodiyotiga ichki va tashqi siyosatga, demokratiyaga asoslangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat qurishga kirishganimizni har bir bitiruvchi pedagoglarimiz bilishlari lozim, chunki ular ertaga ta`lim muassasalariga borib bizning farzandlarimizga ta`lim-tarbiya beradilar. Buning uchun o`rta ta`lim muassasalarida boshlang`ich sinflarda yoki maktabgacha ta`lim muassasalaridan boshlab bolalarga o`z o`lkamiz maktab atrofi, qishloq, shahar, viloyat va Respublikamiz ya`ni yashayotgan o`lkamiz haqida ta`lim-tarbiyaga asoslangan malaka va ko`nikmalar asosida dars hamda sayohatlar olib borishimiz kerak. Buni ayniqsa o`rta ta`lim muassasalarida har bir fanga bog`lab olib borishimiz kerak, buning uchun avvalo biz pedagoglar yoki har bir bitiruvchi o`lka haqida bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari shartdir.
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so`nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo`lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va usullarini ishlatish nihoyatda zarur. Bugungi kunda o`lka tabiatini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ona tabiatimizni kelajak avlod uchun avaylab asrash, inson salomatligi uchun porloq sharoitlarini ta`minlash bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir.
Oliy o`quv yurtlarida, o`rta maxsus bilim yurtlarida, maktablarda o`lkashunoslikni o`qitish qanchalik yo`lga qo`yilsa, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishiga zamin yaraladi.
Tabiatni muhofaza qilishda ham o`lkashunoslikning roli katta. O`lkani o`rganishda uning boy tabiati bilan talabalar tanishtiriladi. O`lkaning tabiiy boyliklarini muhofaza qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi ularning ongiga singdirib boriladi. Oliy o`quv yurtlarida geografiya kursi tarmoqlarini o`qitishda o`lka materiallariga bog`lash, taqqoslash, kuzatish usullaridan ham keng ko`lamda foydalanish lozim. Aslida geografiya bilan o`lkashunoslikni o`rganish o`ekti bir-biriga o`xshaydi. Ya`ni, talab, yashab turgan joy shu hududdir.
Geografiya o`qituvchisi avvalo, o`z o`lkasini yaxshi bilishi, kuzatish ob`ektlarini to`g`ri tanlay olishi, talabalar faolligini oshira bilishi lozim. Talabalar o`lkaga oid stendlar tashkil etishlari, sxema va jadvallar, diagrammalar tayyorlashda faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir.
Toponimlar uzoq tarixiy davrning mahsuli hisoblanib, ular til tarixi hamda tarix, etnografiya, geografiya, arxeologiya kabi bir qator fanlar uchun ozuqa manbaidir. Chunki toponimlar ma`lum tarixiy davr, ijtimoiy muhit va siyosiy tuzumning mahsulidir. Haqiqatan ham joy nomlarining nomi ma`lum bir ma`noni anglatib, ushbu joy to`g`risida axborot beradi. Hurmatli ustoz, geografiya fanlari doktori, professor Hamidulla Hasanov shu masalalarni inobatga olgan holda o`z tadqiqotlarini jamlab «Yer tili» (Toshkent, O`qituvchi, 1977) o`quv qo`llanmasini nashr qilganlar. Muhtaram ustoz H.Hasanovni O`zbekistonda geografiya fanini rivojlanishida mahalliy kadrlar ichida eng faollaridan biri deb atasak hech mubolag`a bo`lmaydi. Chunki, u kishi o`zbek geograflari ichidan birinchilardan bo`lib geografiya fanlari doktori ilmiy darajasiga yetishgan, yetuk mutaxassis olim sifatida o`zidan o`chmas iz – bir qator kitoblar yozib qoldirdi.
Ushbu qo`llanma – ma`lumotnoma asosan bir necha bo`limdan iborat bo`lib dastlab unda: geografik nomlar, ularning kelib chiqishi, mazmun-mohiyati, turlari, ma`no anglatishi to`g`risida chuqur mulohazali qilib yozilgandir. Qo`llanmaning ikkinchi bo`limini olim «an`ana va yangilik» deb atab unda an`anaviy nomlarning qo`llanilishi va davr o`tishi bilan o`zgarishi to`g`risida ma`lumotlar beradi. Risolaning navbatdagi qismlarida nomlarning paydo bo`lishi, ya`ni nomlar «tug`ruqxonasi» va maktabda joy nomlarini o`rganish uslublari haqida to`xtalib o`tiladi. Shundan so`ng risolaning xotima qismini toponimik lug`at bilan yakunlaydi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan talaba-yoshlar va o`qituvchilar uchun mo`ljallangan uslubiy qo`llanma rejasi mantiqan izchillik bilan tuzilgan bo`lib, undagi bo`limlar bir-birini to`ldirib boradi. Qo`llanmaning «Yer tili» deb atalgan bo`limida muallif dastlab har bir fanning o`z xislati, yo`nalishi borligini ta`kidlaydi. Jumladan, olim geografiya fanining millionlab joy nomlari bilan mashhurligini alohida qayd etib, buning o`zi so`zsiz, «er tili»dir, deb e`tirof etadi.
«…Joy nomlari nihoyatda nozik: bitta harfi buzib yozilsa yoki yanglish aytilsa – ma`nosi ham, o`rni ham o`zgarib ketadi. Avstriya – Avstraliya, Shvetsiya – Shveytsariya, Amu – Amur, Neva – Niva, Nepal – Neapol, Elburs – Elburs – Erebus…» (H.Hasanov. Yer tili, 7-bet) so`zlarini misol keltirib, nomlarni to`g`ri yozish va talaffuz qilishning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Bundan tashqari nomlarning tarixining o`zi bir qiziq, so`zsiz, ularning qanday paydo bo`lganini bilish undan ham qiziqarlidir. Joy nomlarini bilmagan holda gazeta mutolaa qilganimizda, televizor ko`rganda, radio tinglaganimizda barcha voqea va hodisalarni geografik nomlarga bog`liq holda bilishimiz ularni geografik nomlarsiz tasavvur etaolmasligimizni olim mohirlik bilan bayon qiladi. Ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg`ariy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa bir qancha olimu-sayyohlarimiz joy nomlarining izohi, tarixini to`g`ri bayon qilganini ulug`laydi. Jumladan, mashhur tilshunos va sayyoh Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» asarini «joy nomlarining lug`ati» deb izohlaydi. Unga ilova qilingan Dunyo kartasi va undagi nomlarga geografik va etimologik jihatdan izoh berilganini qayd qiladi.
Ustoz ushbu asaridagi nomlar «tug`ruqxonasi» bo`limida nomlarning qanday paydo bo`lishi avvalo, uning tarixidan boshlanishini e`tirof etadi. Masalan, Chaqilkalon tog`larida joylashgan Qirqtog` platosidagi karst jarayonlarini o`rgangan olimlar nomidan g`or nomlari kelib chiqqanligini aytadi. Chunki, Qirqtog` platosini Kiev speleologik laboratoriyasi xodimlari 1972-1979 yillar davomida tekshirgan. Shu laboratoriya nomi (Kievskaya laboratoriya speleologicheskix issledovaniy) bosh harflarining yig`indisi – KILSI deb ushbu bosh harflar bilan g`orga nom berilgan. Undan tashqari, ushbu bo`limda Ispan bosqinchilarining Janubiy Amerikada bosqinchiligi davrida tog` oldi tekisligi aholisidan ishora qilib «yuqorida nima bor?», deb so`raganlarida, ular sovuq (chili) deb javob berganliklari, shundan buyon tog`li mamlakat nomi Chili deb atalishini qayd qiladi. Qo`llanmada joyning holati, xosiyati, yer yuzasi va suviga oid nomlar, o`simlik va hayvonlarga, xalq, qabila va urug`larga bog`liq nomlar, kasb-hunardan olingan nomlar, afsona va dinlar bilan bog`langan hamda yangi zamon nomlari bilan ataluvchi nomlarni alohida-alohida qilib tavsiflaydi.
Joy nomlarini maktabda o`rganish masalalarini qo`llanmada alohida berish bilan birgalikda maktabda ularni turli viktorina savollari sifatida o`rganish mumkinligini alohida qayd qiladi. Chunki savol-javob shaklida o`tkaziladigan geografiya darsi eng samarali darslardan biri bo`lib hisoblanadi. Qo`llanmaning yakuniy bo`limida toponimik lug`at berilgan bo`lib, lug`atda har bir berilgan geografik nomga tarixiy va lug`aviy izoh beriladi.
O`zbek olimlari ichidan birinchilardan bo`lib ToshdU geografiya fakultetining professori, taniqli geograf olim H.Hasanov mamlakatimiz hududidagi toponimlarni ilmiy va amaliy asoslarda o`rganishni boshlagan. Bu sohada hali o`zbek tilshunosligi bo`yicha jiddiy ishlar qilinmagan, faqat prof. T.Nafasov, Z.Do`simov, S.Qoraevlargina tadqiqot olib borishardi. H. Hasanovning barcha kitoblarini va maqolalarini topib, o`qib, konspektlab olish bizning bilimimizga bilim qo`shadi.. Shunda kitoblarida domla toponimlar yuzasidan o`zlari qilgan izohiga qoniqmagan o`rinlarini topib, o`rganishimiz zarur.
H.Hasanovning «Geografik nomlar imlosi», «Geografik nomlar siri», «Beruniy asarlarida toponimika», «Yer tili», «Sayyoh olimlar» nomli asar va monografiyalari ancha oldinroq e`lon qilingan. Yana qanchadan qancha ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari bor. Shu o`rinda quyidagi takliflarimiz bor:
1. H.Hasanovning asarlarini yig`ib, bir butun holda ilmiy meros sifatida qayta nashr qilinsa, bu ilmiy meros talaba, o`qituvchi va tadqiqotchilarga juda zarur bo`lgan o`quv qo`llanmalaridan biri bo`lar edi.
2. H.Hasanov nomida O`zMu qoshida toponimik laboratoriya tashkil etish lozim.
Bu olim sobiq Ittifoq miqyosida ham toponimikaga oid tadqiqotlari bilan mashhur bo`lgan allomalardan biri sanaladi. Uning shogirdlari va o`zlarini H.Hasanov shogirdi deb biladigan tadqiqotchilar juda ko`pligini hamma e`tirof etadi. Hozirgi kunda mamlakatimizning o`zida geografiya, tilshunoslik, tarix sohalarida toponimika bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan tadqiqotchilarning soni qirqqa yaqinlashib qolganligini hamda o`nlab tadqiqotchilar shu sohada tadqiqot ishlarini olib borayotganini e`tirof etish vaqti keldi deb bilamiz.Shuning uchun ham H. Hasanovni toponimist olimlarning sardori deb aytishimiz o`rinli holdir. Nega Hindikush, Ajal vodiysi, Borsakelmas, Dashti Margoh, Dashti Lut, O`lik dengiz deyiladi? Chet ellardagi nomlarning ba`zilarini o`zbek tiliga tarjima qilinsa, g`alati, ba`zan bema`ni nomlarni ko`rasiz. Krivoy Rog - Egri shoh, Tbilisi - Qaynar buloq, Vladivostok - Sharqni egalla, Velikiye Luki - Katta yoylar, Los - Anjeles - “Bizning janobi oliylari farishtalar qiroli” va h.k.
Joy nomlarini yozishda ham nozik tomonlari bor. Ba`zan bir harf o`zgarishi bilan tamomila boshqa joy tushuniladi. Masalan: Amu - Amur, Avstriya - Avstraliya, Riga - Risa, Jurjon - Juzjon, Mari - Mariy, Neva - Niva va boshqalar.
Geografik voqea, hodisa va obektlarning umumiy nomini, turdosh otlarni, ya`ni termin (atama)larni geografik terminshunoslik o`rganadi.
Har bir fanning terminlarini o`rganuvchi terminshunoslik (atamashunoslik) fanlari mavjud. Geografik terminshunoslik geografik terminlarning ma`nosi, kelib chiqishi (etimologiyasi), o`zgarishi, to`g`ri yozilishi va manbalarini o`rganadi. Har bir fanni chuqur o`rganish uning terminlarini qanchalik to`g`ri va to`liq bilishga bog`liq.
Har bir fanning rivojlanishida mukammal o`rganilgan va ilmiy ishlab chiqilgan terminologiyaning ahamiyati kattadir. Terminlarning aniqligi, mukammallagi fanning rivojlanishini ma`lum jihatdan belgilab beradi. Termin yordamida ma`lum hodisa tasnifi ixcham beriladi va o`sha hodisani tez o`zlashtirib olish imkoniyati yaratiladi.
Joy nomlarini o`rganuvchi mutaxassislar toponimistlar deb, terminlarni o`rganuvchi mutaxassislar terminologlar deb ataladi.
Toponimika va terminshunoslikka oid ma`lumotlar kishilar bilimini juda kengaytiradi hamda madaniy saviyasini o`stiradi. Deyarli barcha buyuk kishilar, allomalar toponimika va terminshunoslikka oid ma`lumotlarga juda qiziqqan va o`zlari ham fanning bu sohalari bilan shug`ullanganlar.
Har qanday shahar yoki tuman o`z o`tmishi bilan boy. O`tmish esa yozma yodnomalarda, me`morlik yodgorliklarida, xalqning asl farzandlari hayot daftarlarida, shuningdek jug`rofiy nomlarda muhrlanib qolgan. Har bir shaharning iqtisodiy, milliy, tabiiy xususiyatlari haqida uning toponimik nomlariga qarab ham tasavvur qilish mumkin. Chunki bu nomlar asrlar davomida yaxshi-yomon kunlarni muhrlash uchun xalqning yuragidan chiqqan so`zlardir; so`z bo`lganda ham oddiy so`z emas, birdan ortiq tarkibiy qismdan iborat atoqli otdir. Toponimika kuchi xuddi shu yerda bo`lib o`tgan voqea-hodisani shu yerda yashab o`tgan va halq dilida jo bo`lgan zahmatkash yoki fido kishi xotirasini, tevarak-atrofda ko`p uchraydigan va biron jihati bilan foydali yoki zararli bo`lgan o`simlik yoki hayvonni, shu joy tabiatining yon-veridan tafovut qiladigan xarakterli alomatlarini, urug`-aymoqlar geografiyasini aniq ifoda eta olishdadir. Joy nomlari ichida chiroyli, go`zal nomlar bilan bir qatorda quloqqa u qadar hush yoqmaydigan toponimlar ham bo`ladi. Masalan: Xumorroz, Tentakovul. Xuddi ana shunday nomlar o`ta ifodali bo`lib, ularni shu joyning tabiati, tarixi, iqtisodiyotini aks ettirmaydigan zamonaviy havoyi so`zlar bilan almashtirishga shoshilmaslik kerak. Toponimikaning bir qonuni ommaviy hodisa-voqealar orasidagi kam topiladiganini ajratib ko`rsatishdir.
Olimlardan E.M.Murzaev toponimika bu bir vaqtning o`zidagi lingvistik, tarixiy va geografik ilmiy fandir deb hisoblaydi. Geografik nomlar, ularni u yoki bu mamlakatlarda, viloyatlarda yoki o`lkalarda yuzaga kelganligi, tarkib topganligi va tarqalganligi davrining, tarixiy sharoitini guvohi hisoblanadi. Tarixchilar, arxeologlar va etnograflar toponimikaga tez-tez murojaat qilib turadilar. Toponimika tarixiy geografiya bilan bog`liqdir. Geografik nomlarga qarab aholining o`tmish migratsiyasi to`g`risida, turli xil millatlarning bir-biri bilan aloqalari to`g`risida, qadimiy etnoslar areallari to`g`risida xulosa chiqaradilar. O`z navbatida, toponimikani yuzaga kelish vaqti bilan to`g`ri keladigan konkret tarixiy vaziyatni bilmasdan, uning birlamchi mazmunini tushunish qiyindir.
Geografik nomlar ming yillar davomida to`planib kelgan va ularning miqdori yer kurrasida juda ko`pdir. Hozirgacha mahalliy nomlar to`plamini qanday raqam bilan ifoda etish mumkinligini hech kim bilmaydi. Bu ishni qilishni imkoniyati ham deyarli yo`qdir. Chunki shunday nomlar borki, ulardan faqatgina qandaydir qishloqlarda yoki manzilgohlarda yashaydigan, cheklangan miqdordagi kishilargina foydalandilar. Bularga bedapoyalar, yaylovlar, chakalaklar, daryochalar, ko`lmaklarning nomlari kiradi. Agar ularni o`rniga yangi qishloqlar, zavodlar, shaharlar yuzaga kelsa, ular keng ma`lum bo`ladi. Ammo agar aholi yaqin atrofda joylashgan shahar yoki qishloqlardan ketib qolsa, bu qishloqning nomi unutib yuborilishi ham mumkin.
Geografik nomlar kishilarning ish faoliyati jarayonida yuzaga keladi, ko`pincha uning shakli va tovushi o`zgaradi, o`z davrini yashab bo`lgach, halok bo`ladi. Toponimlarni hayotiyligining davomliligi har xil. Bir xillarining hayoti bir necha yillar davom etadi. Boshqalarniki esa, ko`p asrlar davom etadi. Masalan Ierusalim, Iordaniya, Rim, Afina, Aleksandriya, Samarqand, Yerevanlarning nomlari bir necha ming yilliklarga teng bo`lishiga qaramasdan, hozirgi kunda ham barhayotdir. Assuriya, Vavilon, Karfagen va Finikiya bizga faqatgina tarixiy hujjatlar orqali ma`lumdir.
Ko`pincha faqatgina toponimlar yo`qolmasdan, balki ularni yaratgan tillar ham yo`qolib ketadi. Bu jarayon dunyo xaritasida ko`p miqdorda yangi nomlarning tug`ilishi bilan ham murakkablashadi. Allaqachonlar hech kim oktabr to`ntarishidan oldin Novosibirskni Novonikolaevsk, Kirovogradni Yelizavetograd deb atalganligini, yoki Sho`rolar davrida Yekaterinburgni Sverdlovsk, Oqmachitni Qizil O`rda, Ostonani Tselinograd deb atalganligini eslolmaydi. Sirdaryo viloyatida ham tarixiy voqealar toponimlarning o`zgarib borishiga sabab bo`lgan. Masalan chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Konnogvardeyskiy, Spasskiy, Velikoalekseevskiy kabi joy nomlari sho`ro imperiyasi davrida Krasnaya Zarya, Oktabr, Malik deb o`zgartirilgan, mustaqillik yilarida esa Uch qahramon, Do`stlik deb o`zgartirilgan. Tarixiy voqea-hodisalarning toponimlarga ta`sirining sababi shundaki, bu davrlardagi hukmron mafkuralar davlat va jamiyat hayotiga kuchli ta`sir qilgan.
Istalgan geografik nomning konkret mazmuni mavjud. Har bir toponim turli – tarixiy, geografik, lingvistik ma`lumotga ega. Amalda mazmunsiz nom bo`lmaydi. Nomlanish jarayoni bu o`zining milliy va til xususiyatga ega bo`lgan xalq ijodining jarayonidir. Geografik nomlar, ularni u yoki bu mamlakatlarda, viloyatlarda yoki o`lkalarda yuzaga kelganligi, tarkib topganligi va tarqalganligi davrining tarixiy sharoitini guvohi hisoblanadi.
Toponimika o`z taraqqiyoti davomida tarix, geografiya, tilshunoslik, arxeologiya, etnografiya, o`lkashunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy hamkorlik qiladi. Toponimikaga oid ma`lumotlar tadqiq qilinayotganda tarixiy ma`lumotlarga, ayniqsa arxeologiyaga oid tekshirish natijalariga suyangan holda ish ko`rish zarur. Chunki: toponimika ko`pincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muhtoj. Masalan, biror yodgorlikning nomini o`rganish uchun albatta uning qaysi davrda yaratilganligini, tarixiy davr sharoiti muhiti nuqtai nazaridan tadqiq qilish talab etiladi.
Toponimika o`lkashunoslikning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Toponimikaning eng katta xizmati shundaki, noma`lum joylarni bizga ma`lum qiladi. Toponimika oid ma`lumotlar yig`ishda va joy nomlarining kelib chiqishini o`rganishda etnografiya ham muhim rol o`ynaydi. Toponimikaning ahamiyati tarix fani uchun juda kattadir. Unda arxeologiya va tarixiy hujjatlarda tasvirlangan ko`p ma`lumotlar bor. Ko`pchilik nomlar yozma hujjatlarga nisbatan qadimiyroq.
Xullas, til xalqniki, joy nomlarini ham xalq yaratadi. Asrlar osha yetib kelgan toponimlarni izlab topish, chuqur o`rganish va tahlil qilish toponimika fanining asosiy maqsadidir. Ushbu toponimlarni avaylab, e`zozlab kelajak avlodga yetkazib berish toponimika fanining oldida turgan muhim vazifadir. Hudud va obektning geografik o`rni ularning nomi orqali tasavvur etilganligi sababli o”lkashunoslikda toponimlardan foydalanish va xaritadagi obyektning geografik о`rnini bilish orqali о`quvchilarda geografik dunyoqarash shakllanadi.Yerning tabiati, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini kо`tarish, atrof muhit holatini yaxshilash vositalari va usullari haqida mantiqiy fikrlashga о`quvchilarni о`rgatishi kabi talablar geografik nomlarning xaritalardagi о`rnini о`rganish bilan chambarchas bog`liq ta`limiy uslubiy masalalardir. Geografiya ta`limi o`quvchilarda Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, ijtimoiy – iqtisodiy bilimlarni tarkib topdiradi, dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatning o`zaro bog`liqligi, geografik ob`ekt jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi. Dunyo tabiiy manzarasi bilan bog`liq umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo`lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi.
Qayerda qanday geografik ob`ekt joylashgan, ular bir biriga nisbatan qanday o`rinda ekanligini o`rganish orqali - har bir ob`ektning o`z atoqli oti , ob`ektning hususiyatini ifodalovchi hodisa va jarayonlarning maxsus geografik terminlardan iborat ekanligi va uning mohiyatini o`quvchi bilib oladi. Qayerda qanday joylashuv ob`ektning nomi mazmuni va terminlar ta`rifini bilish geografik bilim va geografik dunnyoqarash hisoblanadi. Shuning uchun ham “Maktab geografiyasini qayta qurishning ilmiy, uslubiy konseptsiyasi” ning ta`lim mazmuning majburiy menimumi bo`linadi.
geografiyaning nazariy asoslari
geografik tadqiqot me`todlari
tabiiy va iqtisodiy ob`ektlar
hodisa va jarayonlar
olamni idrok etishning moddiy va ma`naviy madaniyatga ifodalanishi
hudud geografik tavsifining tuzilishi kabi olti yo`nalish ko`rsatilgan bo`lib bulardan ; tabiiy va iqtisodiy ob`ektlarda toponimikani bilish , hodisa va jarayonlar bo`limida - geografik terminlarni o`rganish talab etiladi.geografik ob`ektlar nomi va joylashivini xaritadan ko`rsata olish, muayyan jarayon va hodisaning mohiyatini ifodalovchi terminning mazmunini ta`riflay olish – bu toonimika va geografik terminshunoslik mazmunidagi talimiy ishdir. Har qanday geografik nomni bilishda birinchi va asosiy vazifa ob`ektning shu xildagi ob`ektlardan alohida ajratilishi va nomlanishida namoyon bo`ladi. Obekt nomidan foydalanib og`zaki va yozma nutqda ushbu toponimning biror bir predmet yoki hodisa bilan bog`lash imkoniyati paydo bo`ladi. Nomlar ayni shu ob`ektning shu singari boshqa ob`ektlarga nibatan hududiy joylashishi boshqalari bilan hududiy bog`liqligi hamda geografik hodisa va jarayonlarni ob`ekt bilan bog`lashga yordam beradi. Ta`lim mazmuning majburiy minimumida o`quvchilar egallashi shart bo`lgan ko`nikma va malakalar – ayta , (ko`rsata) olish , aniqlay (o`lchay) olish, tasvirlay olish tushuntira olish va bashorat qila olish kabi ko`rsatkichlar vositasida ifodalangan bular asosan ob`ektni xaritadan ko`rsata olish va uning hususiyatini tariflay olish toponimika va geografik terminlarni bilish bilan bog`liq ekanligi ko`pchilikka ayon. Nomning hududiy o`rnini belgilash natijasida yangi nomlar yasaladi. Chunonchi , Sibir – G`arbiy Sibir pasttekisligi O`rta Sibir yassi tog`ligi shimoliy orollari, namlik hududiy doirasini aniqlash geologik geografik ifodalar, ilmiy atamalar yasash uchun qulaylik yaratadi. Baykal burmalanishi – perm davri , Toshkent geologik asri, Qo`qon shamoli, Tyanshan sirtlari, Sibir frontlari, Sibir antisekloni, Yenesiy Kryaji, Aldan qalqoni va boshqalar.. Toponimlar ob`ektning o`rni, ob`ektning turi, turli tabiiy hodisa va jarayonlarni aniqlash maydonida voqeiy bo`lishini ifodalashi bilan geografik ta`limda katta ahamiyat kasb etadi.
Toponimlar geografik ob`ektning joylanishi bilan birga uning turini, ob`ektning qanday xildagi tabiiy voqelikka mansubligini ham bildiradi. Chunki qadimgi odamlar tabiat bilan yuzma yuz kelganda tabiatni tashkil etgan tarkibiy qismlarga ajratish ehtiyojini sezganlar, odamlarni o`rab turgan tabiatni qismlarga ajratish, har bir qismning hususiyatini aniqlash lozim bo`lgan, lekin ularda so`z boyligi yetishmagan shuning uchun suv, daryo, dengiz, ko`l va boshqa shu kabi oddiy so`zlar bilan ifodalab qoya qolganlar. Shu boisdan ham hozirgi toponimlar ichida – suv (Oqsuv, Qorasuv) - shu (Xeyshue) va (Obva, Lobva Vodva, Fin, Ugart tillarda - va – suv ) - don (ardon, sardon, nordon, razdon, ositikcha – don daryo) ko`plab uchraydi. Keyinchalik bu oddiy so`zlar bilan ifodalangan ob`ektlarni bir-biridan ajratish kerak bo`lgan, natijada bu so`zlar yoniga – oldiga – old qo`shimcha sifatida bu ob`ekt rangi, tezligini bildiruvchi sifatlar qo`shimchalar qo`shilgan, natijada Qizilsuv, Sarisuv, Sovuqsuv, Jilisuv, nomlari paydo bo`ladi. Shuni aytish kerakki geografik nomlarning paydo bo`lishi juda murakkab va uzoq davom etgan tarixiy jarayon. Shu tufayli ko`pgina gidronimlarni ularning paydo bo`lgan aniq tarixiy voqiyligi bilan gina to`g`ri tushuntirib berish mumkin. Darhaqiqat har bir geografik ob`ektning aniq o`ziga hosligini ifodalash uchun tashqi qiyofasi jihatdan inson tanasining azolari yoki tanish narsalarga shakllarnga o`xshashlikni bildiruvchi so`zlarni ayni shu ob`ektning shakliga muqova qilingan. Shu jihatdan olganda, daryolarimiz irmoqlari nomidagi “ko`l” so`zi harakterlidir. Geografik nomlar tarkibidagi og`iz (og`zi keng qishloq, yaylov, - Chiroqchi tumanida, Oq dahana – Qishloq _Qamashi tumanida) ko`z - (chashma – Hazorchashma Tojikistonda) nomlarni ko`rsatish mumkin. Inson tanasining azolariga o`xshatib ataladigan geografik nomlar rus va boshqa xalq tillarida ko`pchilik Ob` gubasi (Ob daryosining qo`ltig`i,) qo`ltiq, ko`rfazi O`lik qo`ltiq, Oqbosh tog`, Ural tog`i (Osiyo va Yevropani belbog` singari bog`lab turadigan tog`lar zanjiri) Beltog` – (Hisor tog`ining tarmog`i) Qoraqo`l - (Qirg`izistondagi shahar – 1925-1992 yillarda Prijivalskiy deb atalgan) va boshqalar.
Oddiy sifatiy ma`nodagi so`zlarning geografik nomlarga aylanishi barcha xalqlarda uchraydi. Sahroi Kabir - arabchada Kata Sahro Gobi-mo`g`ilcha-suvsiz cho`l, Pereniy basklar tilida piren-tog`, Denepr irmog`i “Desna”ning nomi-o`ng irmoqi Ivanova viloyatidagi Shuya shahri daryochasi. Nomi-chap irmoq so`zlari ekanligini geograf bilishi lozim. shu misollar geografiya fani uchun nomning kelib chiqishi bilan birgalikda uning ma`nosini bilish ham katta ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatadi. Odatda nomlar ma`nosini tahlil etish semantika deb ataladi. Geografik xususan hozirgi siyosiy va kundalik matbuotda yurtimizning geografik o`rniga nisbat berish Amudaryo bilan Sirdaryo oralig`i - ikki daryo orasidagi arabcha Movaraunnahr deb yuritiladi. Bu O`rta Asrda paydo bo`lgan nom arablar yurtiga nisbatan Amudaryoning orqasidagi yurt degan ma`noni anglatadi. Yevropacha kitoblarda transokseana - Oks orqasi- Amu orqasidagi yurt deb ham yuritiladi. aslidA Oks – O`qs – daryo, Amuning yunoncha nomi Movoraunnahrga qadar mahaliy xalqlar Vorajayhun yoki Vorozrut deb yuritganalri haqida ma`lumotlar yetarli.
Nomlarning lug`aviy ma`nosini bilish shu toponimning xususiyati va tarixi bilan bog`liq voqealiklarni bilish demakdir. Argentina davlatining poytaxti “Buenos- Ayres” - yaxshi havo manosida. 158 yilda ispanalr shaharga asos solib, xiristian dini avliyolari sharafiga - 29-may muqaddas uchlik kuni munosabati bilan “Ifattli Mariananing porti , uchlik avliyo shahri, yaxshi havoli shahar” deb atalganki, bu nomdan faqat “Yaxshi havo ” - Buenos – Ayres qolgan Urugvay davlatining poytaxti-Montivedio shahrining nomlanishi quyidagicha: dastlabki paytlarda ispan kortograflari tog`larni raqamlar bilan belgilangan “Tog` – monte ” ning joylanishiga qarab g`arbiy yoki sharqiy tog` deb xaritaga tushirilgan .1720 –yilda partuganlar bu yerda qo`rg`on barpo etib –joylashgan o`rniga ko`ra –garbdan oltinchi tog` –Monte- ve –rim raqami VI olti . Montevedio nomi bilan atalgan. Yokidunyodagi eng aholi ko`p Xitoy Xalq Respublikasininig poutaxti nomi –Pekin Beyetsizin –Shimoliy poytaxt manosidagi bo`lsa ,Osi yodagi eng rivojlangan davlat Yaponi poytaxti -Tokio so`zi `”Sharqiy poytaxt”demakdir .1457-yilda hozirgi imperatorsaroyi o`rni Ota Dokan degan kishi qasir qurib ,uni Edo deb ataganki ,bu so`z”daryo mansabi” demakdir . 1590-yilda imperator lashkarboshisi Edoni egallaydi. 1603- yilda esa Iyeyasu hokmiyatni qo`lga olishi bilan Edi Yaponiyaning amaldagi poytaxtiga aylandi .Shu davrdan boshlab shahar norasmiy oytaxt vazifasini o`taydi .1868-yilda imperator Mutsixito davlatning poytaxtini Kiotodan (G`arbiy poytaxt) Edoga ko`chirib ,uning nomini Sharqi poytaxt -Tokioga aylantirdi . Avstraliya –Janubiy yer , Grenlandiya-Yashil yer ,Islandiya-Muzloq yer, Missisipi-Katta suv ,Himolay-qorlar makoni, Qoraqurum –qorsiz o`rmonsiz tog` va hakozo nomlarning ma`nosini bilish geogra f uchun kasbiy burch . Ammo har bir darsda muallim ,domla hech bo`lmasa 25-50 georafik nomni ishlatadi ,bu tomonimlarni eng muhimlarini ,diqqatga sazovorlarini bilish dars samaradorligi uchun nihoyatda muhi m . Nomning manosi va geografik o`rni-bular geografiya darsiga qoyiladigan odatiy talablar , oddiy talab esa geografiyaning geografiya ekanligini ,uning qiziqarli va ommabopligini ta`minlaydi .Geografik nomlarning imlosi ,ya`ni transkriptsiyasi –to`g`ri yozilishi o`quvchi savodxonligi uchungina emas ,geografiya bilan til predmetlarining o`zaro a`loqasi uchun zarur .Ona tilimizdagi ko`pchilik nomlarni ,albatta , o`q uvchi yozadi ,ammo qo`shaloq so`z bo`lsa – Mingbuloq ,Qatortol bo`lsa ,birga yozilishi yoki ayrim yozilishi o`zlashtirish katta ahamiyatga ega . Bunda o`zbek tilining qoidalari talabidan kelib chiqib , alohida ma`no bersa – (Yangi zelandiyiya ) ayri –ayri qo`shimcha ma`no bersa (Yangi arim )qo`shilib yozilishini bilish muhim masala hisoblandi . Shuni ham aytish kerakki , kalka –tarjima nomlarni bilish –geografikn ta`limningetakchi masalasi . Shimoliy Muz okeani, Olovli yer orollari ,Yashil burun orollari ,Birlashgan Arab Amirliklari kabi minglab nomlar tarjimada beriladi .Yaponiyaning – “Quyosh chiqar mamlakat ”,Vensuella – Kichkina Vensuiya , Ulan – Ude –Ude daryosidagi qizi shahar ,Kolorada – bo`lgan daryo, Rio –negru -Qoradaryo va boshqa shunga o`xshash nomzod tarjima qijinmaydi .
Ayniv vaqtda bir ob`ekt nomi boshqasiga ko`chirilishi haqida ham bilish – ham ma`noni bilish ,ham imloni bilishga yordam beradi . O`zbekistondagi uchta viloytat nomi daryodan o`tgan (Qashqadaryo , Surxondaryo, Sirdaryo ) to`qqistasining nomi shaharlar nomidan o`tganligini ta`kidlash lozim . Jazoyer , Tunis ,Lyuksimburg ,Gvatimala kabi davlatlar nomi shahar ismi bilan atalsa ,Paragvay ,Kongo , Negir ,Sinegal ,daryolari nomi mamlakat nomiga aylangan . Xyddi shunday nomlar dengizning davlat ,oqim , okean qari nomiga o`tganligiga misolar ko`pchilik .
Geografik ta`lim va toponimikada eng nozik masalalardan biri , an`anaviy nomlar bo`lib, bunday nomlarni shu davlat xalqi tushunmaydi .Chunki –Albaniya o`z xalqida Germaniya –Doychland ,Finlandiya -Suomi, Parij –Pari, Vena-Ven , Oltin shox buxtasi –Xalich va hokozo . Toponimlar va geografik atamalar haqidagi ta`limot –geografiya fanlarini bilish bilan qo`shilib ,o`qituvchi na o`quvchini Yer sayyoramizning obektlari va tabiatini koz oldimizda gavdalantirishning zaruri talabi deb qaramoq lozim . Geografiya talimi jarayonida geografiyani qiziqarli tomonini oshirish uchun ta`riflanayotgan atama termin va nomlarning ma`no mazmuni va kelib chiqishini bilishga intilish buni imkoni boricha o`qituvchi o`quvchiga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi . Shu fikrlar nuqtai nazaridan o`z o`lkasining tarixi, tabiati,boyliklarini o`rganadigan ekskursiyalar tashkil etish, tugarak ishini joylashtirish kabi sinfdan va maktabdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga ega. Qasqadaryo , Qarshi , Shahrisabz va boshqa toponimlarni chuqurroq o`rganish talab etiladi. Bu ishda biz “Qashqadqryo“ va Chiroqchi tumaninig ba`zi nomlarining etimologiyasi, Qashqadaryoning viloyat sifatidagi tabiiy va iqtisqdiy izohini keltirish bilan chegaralanamiz. Biz buni keyingi boblarda yoritamiz. Toponimlar paydo bo`lishida qiziq bir qonuniyat bor. Evropada shu jumladan Rossiya, Ukraina, Belorussiya va boshqa davlatlarda daryo o`z sohilda joylashgan shaharlarga nom bersa, O`rta va Markaziy Osiyoda buning teskarisi shahar yonidan oqib o`tuvchi gidronimlar shu aholi yashash maskani nomi bilan yuritiladi; Amudaryo, Yakkabog`daryo, G`uzordaryo, Kosonsoy, Kasbiysoy, Langardaryo singari bir darajada ma`lum va mashhur gidronimlar bularga yaqqol misol bo`la oladi . Shu qonuniyatni nazarda tutgan chamasi, mashhur sharqshunos akademik V.V Bartold Qashqadaryo gidronimining paydo bo`lishini Shahrisabzning qadimgi nomi Kesh bog`lab izohlagan . Keshkrud , Qashqrud –Keshsuvi , Keshdaryo yoki Kesh +i +Rud nomining fonetik o`zgargan varyanti deb hisoblaydi . Rud – forsiyda daryo ,anhor , kanal ,suv , ariq ma`nosini bildiradi .
Dostları ilə paylaş: |