Olmaliq tuman "ibn sino" nomidagi jamoat salomatlik texnikumi


Antibradikinin ta’sirga ega bo‘lgan moddalar



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə9/10
tarix02.01.2022
ölçüsü67,5 Kb.
#38888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yurak qon tomirlarga

Antibradikinin ta’sirga ega bo‘lgan moddalar

Bu guruhga kiruvchi dorilar qon tomirlarni kengaytiruvchi, betaadrenoretseptorlarni blokada qiluvchi ta’sirlarga ega emas. Ular kinin tizimiga, jumladan, bradikininga ta’sir qiladi.

Parmidin (anginin). Farmakodinamikasi. Parmidin bradikinin tomonidan chaqiriladigan qon tomirlarning torayishi, AB ning ko‘tarilishi, taxikardiya va yurak qisqarishlarining kuchayishi kabi o‘zgarishlarni bradikininga qarshi ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan kamaytiradi. Bundan tashqari, kimyoviy shikastlanish va stress omillari ta’sirida bo‘ladigan qon tomirlar devorlari shishining oldini oladi, qon tomirlar devori o‘tkazuvchashshgini kamaytirish yo‘li bilan ularda mikrotsirkulatsiyani yaxshilaydi. Antibradikinin dorilar trombotsitlar va leykotsitlar yopishqoqlik xususiyatini kamaytiradi, qon tomirlar devorlarida xolesterin o‘tirib qolgan joylarda muskul va lastik tolalarining tiklanishini yaxshilaydi, glikolitik fermentlarni faollashtiradi, ateromatoz bilan shikastlangan qon tomirlarda ATFaza va nukleotidaza faolligini oshiradi. Mayda arteriolalarni fibrinoid degeneratsiyadan saqlaydi.

Farmakokinetikasi. Parmidin oshqozonichak yo‘llaridan tez so‘riladi. 500 mg dori qabul qilingandansung unyng qon zardobidagi miqdori 31,3—34 mkg/mL gl_6 soat davomida saqlanib turadi, keyin 16—24 soat davomida 10 mkg/ml gacha kamayadi. Asosan siydik orqali (48 soat ichida qabul qilingai miqdorning 30— 51%) chiqadi.

Ishlatilishi. 1—2 donadan kuniga 3—4 mahal ichiladi. Davolash bir necha haftadan 6 oygacha va undan xam ko‘proq davom etadi. Parmidin stenokardiyada, o‘tkinchi oqsoqlik, diabetik retino va angiopatiyalarda ishlatiladi.


Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin