Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs talabasi



Yüklə 20,54 Kb.
səhifə1/4
tarix01.12.2023
ölçüsü20,54 Kb.
#170520
  1   2   3   4
bismillah ord


Islom huquqida kafillik, omonat, garov munosabatlarining miliy qonunchiligimizdaga oida huquq institutlari bilan huquqiy tahlili

Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs talabasi
Olimov Ro'zimuhammad Dimuhammad o'g'li
rozimuhammadolimov@gmail.com

Anatatsiya: Muallif ushbu maqaloda musulmon huquq tizimidagi fuqarolik huquqi sohasining kafillik, garov hamda omonat institutlarini milliy qonunchiligimizdan o'zaro farqli va o'xshash jihatlarni qiyosiy taxlilini olib boradi. Chunki hozirda musulmon huquq oilasi ham islomiy davlatlarda tobora rivojlanib bormoqda va uning huquqiy manablari fiqh olimlari tomonidan o'rganilib tegishli fatvolar qabul qilinmoqda. Ularning bir biridan asosiy farqli jihati shundan iboatki, shartnomalarning og'zaki yoki yozma tarzda tuzulishi hamda ular o'rtasidagi munosabat qaysi vaqtda vujudga kelishi va majburiyatlarni yuklatilishiga oid munosabatlardir.
Kalit so'zlar: kafillik, omonat, garov, musulmon huquqi, makfulun lahu, zar kafillik, murtahin, zakalat va ipooteka.
Musulmoni huquq tizimining bir sohasi hisoblanuvchi fuqarolik huquqi sohasining mustaqil institutlari hisoblanuvchi kafillik, garov va omonatning fiqhda alohida o’rni mavjud. Shuningdek bu huquqiy institutlar milliy qonunchiligimizda Fuqarolik huquqiga doir masalar hioblanib uning normalari bilan tartibga solinadi. Ushbu mavzular doirasida fuqarolik kodeksiga yuzlanishimizdan maqsad bu huquq sohasi bilan o'zaaro teng subyektlar o'rtasida vujudga keluvchi mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Musulmon huquqiy adabiyotlarida kafolat (kafillik)ga: «U bir narsaning da’vosi (mas’uliyati) borasida birovning majburiyatini o‘z zimmasiga olish, ya’ni bir odam o‘z shaxsiyatini o‘zganing shaxsiyatiga biriktirib va unga keladigan majburiyatni (da’voni) o‘ziga olishidir»1 – degan tarif uning huquqiy adabiyotlarida keltirib o’tilgan. Unga atroflicha to’xtalishdan oldin dastlab kafillikning qanday tarzda vujudga kelganligini aniqlab olishimiz kerak. Uning asosi islom huquqshunosligining asosiy manbasi hisoblanuvchi Qur’oni Karimning “Yusuf” surasi 67- oyatida yana payg’ambarimizning bir necha hadislarida ko’rishimiz mumkin. Hadislardan misol tariqasida “ Uchta narsadan tiyilishga kafil bo’linglar , men sizlarni jannatga kirishingizga kafilman: shirkdan, g’iybatdan va zinodan” degan hadisni hamda ularning kafillikka hitob qilingan: Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:”Men va yetimning kafili jannatda man bundaymiz” dedilar hamda ko’rsatkich va o’rta barmog’ini ishora qilib, orasini ozroq ochib ko’rsatdilar” kabi hadislarni ko’rishimiz mumkin.
Dastlab, kafilikning shartlarini o‘rganib va ularni milliy qonunchiligimiz bilan taqqoslashni olib boradigan bo’lsak, kafillkni amalga oshirish uchun kafil bo’layotgan shxsning taklifi bilan o’rtada kafolat shartnoamsi tuziladi. Buning mazmuni va maqsadi haqida milliy qonunchilk hujjati hisoblanuvchi Fuqarolik kodeksining 292- moddasida berilgan bo’lib “Kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi”. 2Demak, shuni anglashimiz mumkinki, milliy qonunchilik tizimidagi sohalarga tegishli bo’lgan huquq normalari milliy mentalitetimizga moslashtirligan holda talqin qilinishiga amainb bo’lishimiz mumkin. Unda yana bir masala oydinlashtirib keltrilgan bo’lib kafillik shartnmasi yozma tuzulgan bo;lishi majburiyligi berilib bu qoidaga mal qilinmasa uning haqiqiy emasligiga sabab bo’lishi naiq berilgan. Islom huquqida kafildan foydalanuvchi shaxs “ makfulun lahu’’ deb talqin qilinadi va uning talabi orali shartnoamni tuzilishini rad etishi mumkin. Yana bir e’tiborga sazovar bo’lgan tarfi shuki kafillik islom huquqida og’zaki tarzda ham vujudga keladi aya’ni kafil bo;ayotgan shaxs “ kafil bo’ldim” , “kafilma” kabi so’zlarni ishlatsa unga nisbatan kafillik majburiyatlari vujudaga keladi. Bu kabi og’zaki kafillikni biz marhumning janozasida guvohi bo;lishimiz mumkin, bunda janoza nomozini o’qiydigan imom janozadagilarga hitob qilib “-marhumning bu dunyodagi haqlini kim ado qiladi” degan so’zlariga nisbatan to’planganlarning birini yuqridsagi jumlarini aytishi kafillikning vujudag kelishiga sabab bo’ladi. Ushbu fuqarolik huquqi istituida og’zaki kafillik muqarrar tarzda ham bo’lishi mumkin ya’ni kafil doimiy emas ayni bir udatga va majburiyatga nisbatan kafil bo’lishi tushuniladi. Milliy qonunchiligimizda kafilni kreditor oldida bajargan majburiyati orqali sarflangan harajatlarni kafildan foydalangan shaxsdan talab qilib olish huquqi vujudga keladi.
Islom huquqiqda kafil boladigan shxsga qo’yiladigan talab shundan iboratki, shaxs muomala layoqatiga ega bo’lishi lozim, ya’ni oʻz bajarayotgan harakatlari yuzasidan vujudga keuvchi natija uchun javob bera olishidir. Bizda uning aniq yosh chegarasi belkgilangan bo;lib fuqarolik huquqi siohasida toliq muamala layoqati 18 yosh hisoblanadi. Yana aqli noraso va yosh bolaning kafilligi dinimizda bekor qilingan abo’lib yosh bo’la baloga’tgan yetgan taqdirda ham uning yoshligidagi kafilligiga iqror bo’lsa ham u noqoqnuniydir. Ammo dinimizda mukful anhuning aqli raso yoki balog’at yoshiga yetgan bo’lishi majburiy talab hisobaknmaydi. Shu o’rinda biz bu kabi jarayonning fuqarolik sohasida vasiylik va homiylikkni taminlash mavzusiga aloqadorligini tushunishimiz mumkin. Ammo bu bizning qonunchiligimizda kafillikka aloqador bo’lmagan huquq instituti hisoblanadi chunki ular ta'minlansihi jarayonidan kafillik shartnmasidan fqarliroq holda vakolatli davlat organining ma’muriy hujjatio orqali amalga oshiriladi. Amoo bir tomondan islom hquqida kafillik barcha shaxslar uchun bir turda tartibga solinishini bilsakda biz uni ikki xil usulda malga oshirishimiz mumkinligini anglaymiz, uning bosh sababi esa davlat konstitutsiyamizda ham berilgan; “Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir.”3 Bundan tushunilishi kerak islom hquuqida aqli noraso shaxslr va voyaga yetmaganlar uchun ham jismoniy shaxs kafil bo’lsa uni biz davlat organlari orqali majburiy tarzda taminlaymiz va uningmaqsadiga dinimizdan olingan ya’ni ularga bundan himoyani taminlash durust amaldir.
Agarda biz kafillikni turlarini ko’rib ciqadigan bo’lsak, ular ikki xil shaklda bo’ladi.
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin