8.5.6. Mazkur shar
tnomani ijro etish bo‘yicha, har qanday sud instansiyasida bank
taqdim etgan hujjat, ushbu qarzdorlik summasi Bankka tegishliligi va to‘lanishi
lozimligini tasdiqlovchi prima facie (birlamchi) dalil hisoblanadi.
8.6. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
8.6.1. Shartnoma qarz oluvchi tomonidan akseptlangan kundan boshlab kuchga
kiradi.
8.6.2. Ushbu Shartnoma kredit muddati davrida amal qilib, kredit yuzasidan barcha
qarzdorliklar so‘ndirilganidan keyin bekor qilinadi.
8.7. FORS-MAJOR HOLATLAR
8.7.1. Agar s
hartnomaning bajarilmaganligi, shartnoma tuzilgandan so‘ng yuzaga
kelgan suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, oqibati hisoblansa, taraflar
ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining to‘liq yoki qisman bajarmaganligi
uchun javobgar
bo‘lmaydi. Taraflarni majburiyatini bajarishdan ozod qilishi uchun bu
fors-
major holatlar majburiyatining bajarilmasligiga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri to‘sqinlik qilgan
bo‘lishi lozim.
8.8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
8.8.1. Taraflarning ja
vobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda
amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi.
8.8.2. Mijoz topshirig‘iga asosan kredit summasi o‘z muddatida o‘tkazib
berilmaganda, “Bank” “Qarz oluvchi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat
bajarilmagan qismining 0,2 foizi miqdorida penya to‘laydi. Biroq, bunda penyaning
umumiy summasi o‘tkazib berilmagan summaning 10 foizidan oshib ketmasligi lozim.
8.8.3. Kredit va uning foizlari o‘z vaqtida qaytarilmaganda, mijoz kredit
qarzdorligining har bir kechiktirilgan kuni uchun 0,2 foiz miqdorida, ammo kredit
qoldig‘i summasining 10 foizidan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.
8.8.4. Shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan barcha nizolar milliy valyutada bank
karta hisob raqamini ochilgan bank filiali jo
ylashgan hududdagi sud tomonidan ko‘rib
chiqiladi.
8.8.5. Mazkur shartnoma akseptlangach qarz oluvchi tomonidan imzosi o‘z qo‘li bilan
bajarilib imzolangan hamda elektron imzo bilan tasdiqlanib tuziladigan shartnoma
bilan teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: