8.
MADAD MIKROQARZI AJRATISH BUYICHA OMMAVIY OFERTA
SHARTNOMASI
Bir tomondan “Agrobank” Aksiyadorlik Tijorat Banki (bundan buyon matnda Bank
deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2017 yil 21
oktyabrda berilgan 78-sonli litsenziyaga asosan faoliyat yurituvchi va ikkinchi
tomondan O‘zbekiston
Respublikasining rezidentlariga (bundan buyon matnda Qarz
oluvchi deb yuritiladi) ushbu ommaviy oferta shartnomani (bundan buyon matnda
shartnoma deb yuritiladi) quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
8.1. SHARTNOMA PREDMETI
8.1.1. Bank Qarz oluvchiga Agrobankning rasmiy veb sahifasi (www.agrobank.uz va
www.my.agrobank.uz) va bankning mobil ilovasi orqali amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan va amaldagi qonunchilik bilan cheklanmagan to‘lovlar uchun “Madad
mikroqarzi” (keyingi o‘rinlarda kredit deb yuritiladi) bera
di. Qarz oluvchi esa, Bankka
olingan kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan
muddat va shartlarda to‘liq qaytaradi.
8.1.2. Kredit limiti bankning rasmiy veb sahifasi va mobil ilovasidagi o‘rnatilgan
maxsus dastur orqali avtomat tarzda (mijoz bank kartasi va omonat hisob raqamiga
xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelgan mablag‘lar hisobidan qarz yuki doirasida
maxsus skoring dasturi orqali) belgilanib, uchinchi shaxslar kafilligi yoki kredit
qaytmasligi xatari sug‘urta qilish asosida 20 000 000 (yigirma million) so‘mgacha
miqdorni tashkil qiladi.
8.1.3. Kredit muddati: Kredit 1 (bir) yil muddatga xar 6 (olti) oyning so‘ngi 4 (to‘rt)
oyida (3,4,5,6 va 9,10,11,12 oylarda) teng ulushlarda to‘liq so‘ndirish va dastlabki 6
(olti) oyda qayta ajratish sharti bilan (revolver shaklida) ajratiladi.
Bunda, ikkinchi 6 oylikda qaytarilishi lozim bo‘lgan grafik summasiga mutanosib
ravishda mablag‘ ajratiladi va so‘ndirilgan mablag‘lar qayta tiklanmaydi.
8.1.4. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz miqdori: yillik _________
(_________________) foiz.
8.1.5. Berilgan «Madad mikroqarzi»ga hisoblangan foizlar va shartnomadagi grafik
bo‘yicha asosiy qismi kredit ajratilgan sanadan qatʼiy nazar to‘lanishi lozim bo‘lgan
oyning 5 sanasidan kechikmagan holda h
ar oyda to‘lanadi.
8.2. SHARTNOMANI AKSEPTLASH
8.2.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367
-
moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.
8.2.2. Mijoz tizimga kirib tizimning yoki uning ayrim xizmatlaridan (agrobank.uz,
www.my.agrobank.uz va bankning mobil ilovasi orqali) foydalanishni maʼqullaganda
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370
-moddasiga asosan
aktseptlangan hisoblanadi hamda mijoz qarz oluvchi va to‘lovlarni amalga o
shiruvchi
sifatida qatnashadi.
8.3. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
8.3.1. Qarz oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
-
bankning “Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali jo‘natilgan mablag‘larni qabul qiluvchi
jismoniy shaxslarga “Madad mikroqarzi” ajratish Tartibi” talablari bilan tanishib
chiqish;
-
o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu jumladan kredit berish bilan bog‘liq
barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda to‘liq axborot olish;
- kredit shartnoma shartlarining shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda
bajarilishini talab qilish;
-
olingan kredit summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan
foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirish, bunday holda faqat kreditidan
haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlarni to‘lash;
-
kredit shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida kreditidan
foydalanmagan taqdirda, shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish.
Bankdan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi natijasida yetkazil
gan zararlarning o‘rnini qoplashni talab qilish.
8.3.2. Qarz oluvchi va kafil quyidagi majburiyatlarga ega:
- krediti olish va foydalanish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi;
-kreditidan amaldagi qonunchilikka muvofiq foydalanishi;
- olingan
kreditni qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni
to‘lashni shartnomada belgilangan tartibda hamda muddatlarda amalga oshirishi;
-
kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risida yozma yoki elektron SMS
tarzda xabar olingan kundan boshlab 3 (uch) bank ish kunida qarzdorlikni Bankka
to‘liq to‘lab berishi;
-
kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamagan yoki to‘liq to‘lamagan taqdirda bank
tomonidan ushbu to‘lovlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri qarz oluvchi va unga kafillik bergan
shaxsning oylik ish haqisidan, bank kartasidan, omonatdagi yoki depozitdagi har
qanday mablag‘lar hisobidan hamda boshqa banklardagi hisob raqamlaridan
akseptsiz undirib olinishiga qarshilik ko‘rsatmaydi.
Qarz oluvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega b
o‘lishi va
uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
8.3.3. Bank quyidagi huquqlarga ega:
- kredit berishni rad etish;
-
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va monitoring o‘tkazish uchun zarur
bo‘lgan hujjatlarni qarz oluvchidan so‘rab olish;
-
kredit bo‘yicha to‘lov 30 (o‘ttiz) ish kunidan ortiq amalga oshirilmaganda kredit va
unga hisoblangan foizlarni sud tartibida, shu jumladan muddatidan oldin undirish.
8.3.4. Bank quyidagi majburiyatlarga ega:
- qarz oluvchining hu
quq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu jumladan kredit berish
bilan bog‘liq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda to‘liq axborotni maʼlum
qilishi;
-kreditni mazkur shartnomada belgilangan tartibda va muddatda berishi;
-kredit berish qoidalarini hamma ta
nishib chiqishi uchun qulay bo‘lgan joyga
joylashtirishi;
-
shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada
bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qarz oluvchiga qoplashi
shart.
Bank qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning
zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
8.4. KREDITLASH TARTIBI
8.4.1. Bank kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchiga tegishli hisobvaraqlarni
ochadi.
8.4.2. Shartnoma akseptlangandan keyin Bank kredit summasini qarz oluvchining
buyurtmasida ko‘rsatilgan to‘lov shaklida ajratib beradi.
8.4.3. Ajratilgan kreditni muddati kelgandan so‘ng qarz oluvchining bank karta va
masofadan boshqariladigan maxsus hisob raqamlariga kelib tushayotgan barcha
mablag‘lar (bunda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali chet el valyutasida kelgan
mablag‘larni shu kundagi bank kursi bo‘yicha milliy valyutaga aylantirgan holda)
dasturiy tizim orqali avtomat tarzda quyidagi ketma ketlikda: kredit bo‘yicha
hisoblangan hisoblangan penyani, foizlarni va kreditning asosiy qarzini undirish
uchun yo‘naltiriladi.
8.4.4. Bank kreditni qaytarish muddati kelgandan so‘ng, qarzdorlik mavjud bo‘lsa
qarz oluvchining bank kartasi va masofadan boshqariladigan maxsus hisob raqamlari
(shu jumladan xalqa
ro pul o‘tkazmalari orqali kelgan mablag‘lar) harakatini
qarzdorlik so‘ndirilgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatish orqali kelib tushayotgan
barcha mablag‘larni mijoz qarzdorligini so‘ndirish uchun yo‘naltiradi.
8.4.5. Qarz oluvchiga mikroqarz anketasi ochilg
andan so‘ng uning nomiga xalqaro
pul o‘tkazmalari orqali 30 (o‘ttiz) kun davomida mablag‘ kelmaganda mikroqarzni
foydalanilmagan qismidan imkoniyati cheklanadi.
8.4.6. Qarz oluvchi kredit mablag‘laridan amaldagi qonunchilikka zid ravishda
foydalangan taqdirda kredit va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib
olishga haqli.
Банк
кредитни
ажратиш
жараёнида
пул
маблағлари
ёки
бошқа
мол
-
мулк
билан
боғлиқ
операциялар
тўғрисидаги
жиноий
фаолиятдан
олинган
даромадларни
легаллаштиришга
,
терроризмни
молиялаштиришга
ва
оммавий
қирғин
қуролини
тарқатишни
молиялаштиришга
қарши
курашиш
билан
боғлиқ
бўлган
ахборот
қонун
ҳужжатларида
назарда
тутилган
ҳолларда
ҳамда
ўрнатилган
тартибда
махсус
ваколатли
давлат
органига
тақдим
этилади
.
8.4.7. Bank yuzaga kelgan barcha qarzdorliklarni qarz oluvchining mavjud bo‘lgan
barcha hisob raqamlaridagi mablag‘lar (bunda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali chet el
valyutasida kelgan mablag‘larni shu kundagi bank kursi bo‘yicha milliy valyutaga
aylantirgan holda) hisobidan memorial order bilan uning roziligisiz undiruvni amalga
oshiradi.
8.5. MAXSUS SHARTLAR
8.5.1. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, undiruvchilar va davlat ijrochilarining
undiruvni qarzdorning pul mablag‘lari va boshqa mol
-mulkiga qarati
sh to‘g‘risidagi
qarorlarini ijro etishda qarzdorliklar kredit mablag‘lari hisobidan undirilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Bank bunday qarorlar (talablar)ni ijrosiz qaytaradi.
8.5.2. Bank qarz oluvchi haqida va u tomondan kredit bo‘yicha amalga oshirilgan
operat
siyalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlanishini kafolatlaydi va hech kimga
oshkor etmaydi. Maʼlumotlar faqat amaldagi qonunchilikka muvofiq oshkor qilinishi
va taqdim etilishi mumkin.
8.5.3. Bank kredit mablag‘i berilishida bank xizmatlarini ko‘rsatga
nligi hamda kredit
mablag‘i ajratganligi uchun ushbu shartnomaning 8.1.4. bandiga muvofiq haq oladi,
qarz oluvchi esa ushbu haqni o‘z vaqtida to‘laydi.
8.5.4. Qarz oluvchi vafot etganda kredit bo‘yicha qarzdorlik amaldagi qonunchilikka
muvofiq sud
tartibida kredit taʼminoti, uning mol
-
mulkiga va/yoki merosxo‘rlariga
qaratilishi mumkin.
8.5.5. Qarz oluvchi mazkur qarzga oid maʼlumotlarni kredit tarixini o‘rganish bo‘yicha
mutassaddi tashkilotlarga taqdim qilinishiga rozilik beradi.
8.5.6. Mazkur shar
tnomani ijro etish bo‘yicha, har qanday sud instansiyasida bank
taqdim etgan hujjat, ushbu qarzdorlik summasi Bankka tegishliligi va to‘lanishi
lozimligini tasdiqlovchi prima facie (birlamchi) dalil hisoblanadi.
8.6. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
8.6.1. Shartnoma qarz oluvchi tomonidan akseptlangan kundan boshlab kuchga
kiradi.
8.6.2. Ushbu Shartnoma kredit muddati davrida amal qilib, kredit yuzasidan barcha
qarzdorliklar so‘ndirilganidan keyin bekor qilinadi.
8.7. FORS-MAJOR HOLATLAR
8.7.1. Agar s
hartnomaning bajarilmaganligi, shartnoma tuzilgandan so‘ng yuzaga
kelgan suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, oqibati hisoblansa, taraflar
ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining to‘liq yoki qisman bajarmaganligi
uchun javobgar
bo‘lmaydi. Taraflarni majburiyatini bajarishdan ozod qilishi uchun bu
fors-
major holatlar majburiyatining bajarilmasligiga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri to‘sqinlik qilgan
bo‘lishi lozim.
8.8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
8.8.1. Taraflarning ja
vobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda
amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi.
8.8.2. Mijoz topshirig‘iga asosan kredit summasi o‘z muddatida o‘tkazib
berilmaganda, “Bank” “Qarz oluvchi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat
bajarilmagan qismining 0,2 foizi miqdorida penya to‘laydi. Biroq, bunda penyaning
umumiy summasi o‘tkazib berilmagan summaning 10 foizidan oshib ketmasligi lozim.
8.8.3. Kredit va uning foizlari o‘z vaqtida qaytarilmaganda, mijoz kredit
qarzdorligining har bir kechiktirilgan kuni uchun 0,2 foiz miqdorida, ammo kredit
qoldig‘i summasining 10 foizidan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.
8.8.4. Shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan barcha nizolar milliy valyutada bank
karta hisob raqamini ochilgan bank filiali jo
ylashgan hududdagi sud tomonidan ko‘rib
chiqiladi.
8.8.5. Mazkur shartnoma akseptlangach qarz oluvchi tomonidan imzosi o‘z qo‘li bilan
bajarilib imzolangan hamda elektron imzo bilan tasdiqlanib tuziladigan shartnoma
bilan teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |