yuritiluvchi ikkinchi tomondan va uchinchi tomondan O‘zbekiston Respublikasining
rezidentlari (bundan buyon matnda “QARZ OLUVCHI” deb yuritiladi) ushbu
shartnomani (bundan buyon matnda “SHARTNOMA” deb yuritiladi)
quyidagilar
to‘g‘
risida tuzdilar:
9.1. SHARTNOMA PREDMETI
9.1.1. Qarz oluvchi bankdan olgan ____________________________
(__________________ _______________________________) so‘m miqdoridagi
onlayn mikroqarz (shartnomada “kredit” deb ataladi)ni o‘z vaqtida qaytarish
to‘g‘risidagi majburiyatini bajarmaganda yoki
lozim darajada bajarmaganda, “KAFIL”
“BANK”ning birinchi talabiga binoan kredit bo‘yicha to‘lovlar, unga hisoblab yozilgan
penya va foizlar hamda kredit majburiyatini o‘z muddatida bajarish bilan bog‘liq
xarajatlarni
pul mablag‘lari
yoki likvidli mol
-
mulki bilan so‘zsiz to‘lash majburiyati va
javobgarligini o‘z zimmasiga oladi.
9.2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
9.2.1. “KAFIL” quyidagi majburiyatlarni oladi:
-
qarz oluvchi kafillik bilan taʼminlangan majburiyat
ni bajarmaganda yoki lozim
darajada bajarmaganda bankning birinchi talabiga binoan kredit asosiy qarzi va
hisoblangan foizlarni qarz oluvchining kredit shartnomasidagi majburiyatida
belgilangan muddatlar va miqdorlarda bankka to‘lash;
-
“BANK” oldida qarz oluvchi sifatida to‘liq hajmda javob berish, shu jumladan,
foizlarni to‘lash, qarzni qaytarish bo‘yicha sud chiqimlarini hamda qarz oluvchining
majburiyatini bajarmasligi yoki tegishlicha bajarmasligi tufayli “BANK” ko‘rgan
boshqa zararlarni to‘lash, kredit hamda unga hisoblangan penya va foizlarni to‘lash
haqidagi talabini so‘zsiz
ijro qilish;
-
pul mablag‘lari bo‘lmasa yoki yetarli bo‘lmasa “KAFIL” kredit bo‘yicha to‘lovlar va
unga hisoblab yozilgan foizlarni likvidli mol-
mulki bilan to‘lash;
- plastik ka
rtasi almashtirilgan taqdirda, 3 (uch) kunlik muddat ichida “BANK”ni
xabardor qilish.
9.2.2. “KAFIL” quyidagilarga haqlidir:
-
qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatlarini bajargandan so‘ng qarz oluvchidan
barcha qilingan xarajatlarni “KAFIL” bank talabini qondirgan hajmda to‘lashni talab
qilish;
-
qarz oluvchidan foizlarni bankka to‘langan summada to‘lashni va qarz oluvchi
uchun javobgarlik munosabati bilan ko‘rilgan boshqa zararlar o‘rnini qoplashni talab
qilish;
- qarz oluvchi tomonidan kredit majburi
yatlarining bajarilishi to‘g‘risida bankdan
maʼlumot talab qilish;
9.4.1. “KAFILLIK” quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:
-
kafillik shartnomasi bilan taʼminlangan asosiy majburiyat to‘liq bajarilganda;
-
kafillik bilan taʼminlangan majburiyatlar bekor bo‘lganda, kafilning roziligisiz
javobgarlikni kuchaytirishga yoki uning uchun noxush oqibatlarga olib keladigan
tarzda ushbu shartnomaga o‘zgartirish kiritilganda;
- kredit majburiyatlarini bajarish muddatlari tugagan kundan boshlab bir yil
mobaynida “KAFIL”ga nisbatan “BANK” daʼvo qo‘zg‘atmagan taqdirda.
9.5. TARAFLAR JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
9.5.1. Taraflarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda
amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi.
9.5.2. “KAFIL” bankning talabini ijro qilishdan bosh tortganda, “KAFIL” “BANK”ka o‘zi
to‘lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 25 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
9.5.3.
Taraflarning biri boshqa tarafning oldida ushbu shar
tnoma bo‘yicha olgan
majburiyatlarini fors-
major
holatlarda, yaʼni, taraflarning erki va istagidan tashqari
vujudga kelgan hamda ularni oldindan ko‘ra bilish yoki bartaraf etish mumkin
bo‘lmagan holatlar (yer qimirlash, suv toshqini, yong‘in va boshqa tabi
iy ofatlar)da
bajarmaganliklari uchun javobgar bo‘lmaydilar.
9.5.4. Taraflarning majburiyatni bajarishdan ozod qilinishi uchun bu fors-major
holatlar majburiyatning bajarilmasligiga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri to‘sqinlik qilgan bo‘lishi
lozim va buni asoslantiruvchi hujjatlarni bankka taqdim qilishlari lozim.
9.5.5. Ushbu shartnomada ko‘zda tutilmagan o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga
solinadi.
9.5.6. Mazkur shartnomani bajarish yuzasidan kelib chiqadigan barcha nizolar
muzokara yo‘li bilan hal etiladi. Muzokara yo‘li
bilan hal etilmagan taqdirda, barcha
nizolar sud orqali hal etiladi.
9.
5.7. Mazkur shartnomani ijro etish bo‘yicha har qanday sud instansiyasida bank
taqdim etgan hu
jjat, ushbu qarzdorlik summasi bankka tegishliligi va to‘lanishi
lozimligini tasdiqlovchi prima facie (birlamchi) dalil hisoblanadi.
9.5.8. Hisob raqamida mablag‘lar bo‘lmasa yoki yetarli bo‘lmasa “KAFIL” kredit
bo‘yicha to‘lovlar va unga hisoblab yozilgan
foizlarni O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 4 dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“Banklarning kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda
undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tarti
bi”ga asosan likvidli mol
-
mulkining olinishiga qarshilik qilmaydi.
9.5.9. Ommaviy oferta shartnomasi akseptlangandan so‘ng kuchga kirib, bank va
mijoz o‘rtasida tuzilgan boshqa qog‘ozdagi shartnomalar
bilan teng yuridik kuchga
ega hisoblanadi.
9.6. SHARTNOMANING KUCHGA KIRISHI
9.6.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan kundan boshlab kuchga
kiradi va olingan kreditlar, vositachilik haqlari, foizlar hamda unga doir penyalar
to‘liq uzilgunga qadar amal qiladi.
9.6.2.
Shartnoma taraflar uchun
bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan uch nusxada
tuzilib, “BANK”, “KAFIL” va qarz oluvchiga topshirildi.
Dostları ilə paylaş: