Ommaviy oferta


Ijro hujjatlari bo‘yicha obyektlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish va sotishning o‘ziga xos



Yüklə 147,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix17.04.2023
ölçüsü147,7 Kb.
#99234
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
oferta

8. Ijro hujjatlari bo‘yicha obyektlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish va sotishning o‘ziga xos 
xususiyatlari.


8.1. Quyidagi toifadagi shaxslar elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etishga haqli emas:
sud organlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq va bojxona xizmati, shuningdek, Davlat 
xavfsizlik xizmati organlarining xodimlari;
sotiladigan mol-mulkni ko‘zdan kechirish yoki baholashni amalga oshirgan baholovchi 
tashkilotlarning mutaxassislari va xodimlari, shuningdek, operatorning xodimlari;
yer uchastkalari va yer uchastkalariga bo‘lgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilinganda — 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan shaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno.
8.2. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish borasidagi elektron arizalar e’lon berilgan kundan 
boshlab “Operator” veb-portali orqali avtomatik tarzda qabul qilinadi va onlayn-auksion kuni (soat 09:00 
da) yakunlanadi. Bundan keyin berilgan arizalar qabul qilinmaydi.
8.3. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli mol-mulk baholangan qiymatining 
5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
8.4. Auksion obyekti dastlabki auksionga quyidagi boshlang‘ich narxda qo‘yiladi:
a) ijro hujjatini majburiy ijro etish davomida qarzdorning xatlangan mol-mulki baholangan narxdan 
70 foizga teng narxda;
b) davlat budjetiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulk – sud 
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy 
kengashlarning qaroriga muvofiq baholangan qiymatning 50 foizigacha teng narxda, hududiy kengash 
qarori mavjud bo‘lmaganda esa baholangan narxda;
d) garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari 
bo‘yicha sotilayotgan mol-mulklarning baholangan qiymatiga teng narxda.
8.5. Auksion qadami:
birinchi to‘rtta qadamda – auksion obyekti baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida;
beshinchi va undan keyingi qadamlarda – auksion obyekti baholangan qiymatining 3 foizi miqdorida 
belgilanadi.
baholangan qiymati xabarnoma joylashtirish paytida BHMning ikki ming baravaridan yuqori 
bo‘lgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, auksion qadami, istisno tariqasida, auksion obyekti 
baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi.
8.6. Dastlabki auksion, ishtirokchilardan lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda 
sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.

Yüklə 147,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin