elektron tanlov
(keyingi o‘rinlarda – tanlov) – savdo platformasi orqali tanlov obyekti bo‘yicha
tanlov hujjatlarining mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik
shaxsni tanlab olish jarayoni;
eng past narx
– auksion obyekti undan past qiymatda sotilishi mumkin bo‘lmagan lot narxi;
savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion (tanlov) obyektlari
– qonunchilik hujjatlariga muvofiq obyekt qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmi orqali va/yoki auksion
(tanlov) g‘olibi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan to‘lanishi
belgilangan auksion
(tanlov) obyektlari;
savdo platformasidagi texnik uzilish
– auksion yoki tanlov jarayonida bir yoki bir nechta
ishtirokchining qatnashishini yoki mazkur Nizom talablari asosida operatorning xizmat ko‘rsatish
imkoniyatini cheklaydigan savdo platformasidagi texnik nosozliklar.
2. Shartnoma predmeti va hisob-kitob qilish tartibi.
2.1.
“Operator” elektron onlayn-auksionlarni “E-auksion” elektron savdo platformasida g‘olibni
aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda
o‘tkazadi, auksion yoki tanlov g‘olibi (
auksion yoki tanlovning salohiyatli g‘olibi
)
esa auksion yoki
tanlov obyekti qiymatini (operator xizmat haqini) belgilangan muddatlarda to‘liq to‘lash majburiyatini o‘z
zimmasiga oladi.
Dostları ilə paylaş: