Omon Matjon oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab matbuotda oʻz sheʼrlari bilan koʻrina boshladi. Keyinchalik shoirning eng yaxshi sheʼrlari “Ochiq derazalar” (1970), “Karvon qoʻngʻirogʻi” (1973), “Quyosh soati” (1974), “Dramatik dostonlar” (1975), “Yonayotgan daraxt” (1977), “Yarador chaqmoq” (1979), “Haqqush qichqirigʻi” (1979), “Seni yaxshi koʻraman” (1983), “Daraxtlar va giyohlar” (1984), “Ming bir yogʻdu” (1989), “Oʻrtamizda birgina olma” (1990), “Odamning soyasi quyoshga tushdi” (1991), “Qush yoʻli” (1993), “Iymon yogʻdusi” (1995), “Diydor aziz” (2011), “Xaloskor ruh” (2012) kabi yigirmaga yaqin sheʼriy toʻplami, “Toʻrabekaxonim” nasriy qissasi va “Najmiddin Kubro”, “Ardaxiva” badialari chop qilindi.