6. Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr). Omonat saqlashning yana bir turi sekvestr to‘g‘risidagi shartnomadir. Bu turdagi shartnoma ko‘pgina davlatlar qonunchiligida ma’lum. Lekin O‘zbekiston Resmpublikasi Fuqarolik qonunchiligida yangi bo‘lib, asosan, sekvestr to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ashyoga egalik qilish xususida oralarida nizo chiqqan ikki yoki bir necha shaxs nizoli uchinchi shaxsga beradilar. Uchinchi shaxs nizo hal bo‘lgach, ashyoni sud qarori bilan yoki nizolashayotgan hamma shaxslarning kelishuviga muvofiq kimga tegishli bo‘lsa, o‘sha shaxsga qaytarib berish majburiyatini oladi.
Nizoli ashyo sudning qaroriga ko‘ra, sekvestr tartibida saqlash uchun topshirilishi mumkin (sud sekvestri).
Bu sud tomonidan tayinlangan shaxs ham, shuningdek, bahslashayotgan taraflarning o‘zaro kelishuviga muvofiq belgilanadigan shaxs ham sud sekvestri bo‘yicha omonat saqlovchi bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda ham, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat saqlovchining roziligi talab qilinadi (FKning 900-moddasi).
Sekvestr tartibida saqlashga ko‘char mulklar ham, shuningdek, ko‘chmas mulklar ham topshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |