Boshlang\'ich sinf o\'quvchilari uchun test savollari
Ona tili 3-chorak 2-variant
1. Ot deb nimaga aytiladi?
A) Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlarga
B) Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlarga
C) Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar
D) Shaxs va narsaning son-sanog’ini bildirgan so’zlar.
2. Bahor oylari ko’rsatilgan qatorni toping.
A) avgust, sentabr, oktabr B) mart, aprel, may
C) fevral, mart, aprel D) iyul, iyun, avgust
3. Transport vositalarini bildiruvchi otlar qatorini toping.
A) yomg’ir, qor B) to’quvchi, shifokor
C) avtobus, tramvay D) chizg’ich, daftar
4. Uy hayvonlar qatorini toping.
A) Bo’ri, tulki B) arslon, sher C) it, mushuk D) ilon, kaltakesak
5. Shaxs-narsalarning sanog’ini bildirgan so’zlar qatorini toping.
A) ikkita, bola B) sho’x, bola
C) bola o’ynadi D) zehnli bola
6. Ko’plikdagi otlar qatorini toping.
A) birga B) bordi C) insonlar D) quloch
7. O’zak va so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan qatorni aniqlang.
A) odobli B) guldon C) gulni D) quyoshga
8. Otlar necha turga bo’linadi?
A) 3 B) 2 C) 1 D) 4
9. ……. Yoritadi, isitadi. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying.
A) quyosh B) qor C) oy D) yomg’ir
10. Shifokor so’ziga so’roq bering.
A) nima? B) qanday? C) kim? D) qanaqa?
11. Sonlar qaysi so’roqlarga javob bo’ladi?
J ______________________________________________________
12. Sonlar yozuvda qanday yoziladi?
J ______________________________________________________
13. Sifat qaysi so’z turkumi bilan bog’lanib keladi?
J ______________________________________________________
14. Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
J ______________________________________________________
15. Ko’plikdagi otlar bilan birlikdagi otlar nimasi bilan farqlanadi?
J ______________________________________________________
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
a
b
c
c
a
c
a
b
a
c
11. nechta? Qancha?
12. Raqamlar va harflar yordamida yoziladi
13. Ot so’z turkumi
14. Kim? Kimlar? Nima? Nimalar?
15. – lar qo’shimchasi bilan farq qiladi