Boshlang\'ich sinf o\'quvchilari uchun test savollari
Ona tili 3-chorak 1-variant
1. Tabiat hodisalarini beldiruvchi otlar qatorini toping.
A) poyezd, soat B) bo’ron, yomg’ir C) chumchuq, sa’va D) randa, tesha
2. So’z turkumlarini sanab bering.
A) ot, sifat, son, fe’l B) bosh bo’lak
C) ikkinchi darajali bo’lak D) o’zak
3. Belgisini beldirgan so’zlar qatorini toping.
A) beshta B) nur C) yashil D) so’zladi
4. Shaxslarni bildirgan otlar qatorini toping.
A) Lola B) telefon C) kitob D) chizg’ich
5. Birlikdagi otlar qatorini toping.
A) kitoblar B) daftarlar C) o’quvchi D) o’qituvchilar
6. Ot yasovchi qo’shimchalarni aniqlang.
A) –chi, -kor, -dosh B) –dor, -li, -chi
C) –dan, -da D) –ning, -ni
7. Fe’l deb nimaga aytiladi?
A) shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlarga
B) shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlarga
C) shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlarga
D) Shaxs va narsaning son-sanog’ini bildirgan so’zlarga.
8. Sonlar necha turga bo’linadi?
A) 3 B) 2 C) 4 D) 1
9. Sifat deb nimaga aytiladi?
A) shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlarga
B) shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlarga
C) Shaxs va narsaning son-sanog’ini bildirgan so’zlarga
D) shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlarga
10. Qanday otlar bosh harf bilan yoziladi?
A) Birlikdagi otlar B) Ko’plikdagi otlar
C) Atoqli otlar D) nima so’rog’iga javob bo’lgan otlar
11. Tartib songa misol keltiring.
J ______________________________________________________
12. Ot so’z turkumiga misol keltiring.
J ______________________________________________________
13. Qanaqa? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarga misol keltiring.
J ______________________________________________________
14. O’zak va so’z yasovchi qo’shimcha ishtirokida misol keltiring.
J ______________________________________________________
15. Ko’plikdagi ot bilan birlikdagi ot nimasi bilan farq qiladi?
J ______________________________________________________