53-mashq. Matnni o‘qing. «Ishlamaydigan» yoki parazit so‘zlarning
nutq sofligiga zarari haqida fikrlashing.
Tabiiyki, nutqqa olib kiriladigan har bir so‘z va ibora, albatta,
«ishlashi», muayyan ma’noni ifodalash uchun xizmat qilishi lozim.
Nutq tarkibiga olib kirilgan so‘z yoki ibora nutqning mazmuniy qu-
rilishi uchun bir «g‘ishtcha» bo‘lmasa, u nutq uchun ortiqcha yuk,
demakki, nutqning sofligiga xalaqit beradigan keraksiz unsurga aylanadi.
Tilshunoslikda parazit so‘zlar deb ataladigan bunday birliklar ko‘proq
og‘zaki nutqda kuzatiladi. Aytilmoqchi bo‘lgan fikrni yetarli darajada
aniq tasavvur qilmaslik, fikrlar o‘rtasidagi tizimli munosabat idrokining
yetishmasligi, fikrning quyilib kelmasligi natijasida nutq oqimida yuzaga
keladigan uzilishni, qanday bo‘lmasin, «yopish», tegishli uyg‘un ifodani
o‘ylab topish uchun ketadigan vaqtda nutqning yaxlitligini ta’minlash
ehtiyoji bilan bog‘liq holatda e-e-e, hm-m-m, he-ye-ye kabi tovush
«oqim»lari, xo‘-o‘-o‘sh, haligi, anaqa, masalan, demak, shu, innayke- yin, ya’ni, aytaylik, bildingizmi, tushundingizmi, men sizga aytsam, gap shundaki, qarang kabi lug‘atlarda aniq ma’nosi mavjud so‘z va iboralar
ayni ma’nosidan begona qilingan tarzda qo‘llanadi. Bunday qo‘llash-
lar bora-bora nutq tuzuvchida o‘ziga xos odatga aylanib qolishi ham
mumkin, masalan, kimdir haligi, kimdir demak, yana boshqa birov
bildingizmi so‘zini og‘zaki nutqida parazit so‘z sifatida doimiy ishlata
-
di. Aytish mumkinki, bunday so‘zlar u yoki bu notiqning so‘zlashuv
uslubining o‘ziga xos ko‘rsatkichi bo‘lib qoladi (hatto bu «ko‘rsatkich»
shaxsning laqabiga aylanib ketishi ham mumkin, masalan, «shu-shu» domla, «xo‘sh-xo‘sh» usta kabi). Bu, albatta, nutqning sofligini izdan
chiqaradi, nutqda ifodalangan informatsiyani qabul qiladigan tinglovchi-
50 ning diqqatini chalg‘itadi, nutqning o‘z maqsadiga erishishini qiyin-
lashtiradi. Shuning uchun ham, ayniqsa, o‘qituvchi va asosiy quroli
so‘z bo‘lgan boshqa mutaxassislar parazit so‘zlarning o‘z nutqlariga
kirib qolishidan saqlanishlari lozim. (N. Mahmudov)