88
O‘xshatishlarning ikki turi farqlanadi: 1) erkin o‘xshatishlar;
2) tur g‘un (doimiy) o‘xshatishlar.
Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtayi nazaridan
er
kin o‘xshatishlar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vosi-
talardan biri sifatida badiiy nutqda alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi
o‘zining badiiy tasvir maqsadiga muvofiq ravishda xilma-xil origi-
nal o‘xshatishlar yaratadi, bu o‘xshatishlar kutilmaganligi, ohorliligi
bilan o‘quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy holat,
xususiyat, predmetlarni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalanti-
radi. Masalan,
Miryoqub ikki kishining pichirlashib gaplashganini
eshitdi, yuragi objuvoz likopiday ura boshladi (Cho‘lpon) gapidagi
o‘xshatish – yozuvchining o‘z ijodi mahsuli. Mana bu o‘xshatish-
lar ham erkin badiiy o‘xshatishlardir:
Maydalab o‘rilgan sochlardek
egatlarga taralgan suvlar – nay ko‘ksidan oqayotgan ohanglar kabi
sirli-sirli jildiraydilar (Ismoil To‘lak).
Turg‘un o‘xshatishlarda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz
barqarorlashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan shaxs
yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqtlar o‘tishi bilan
til jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg‘unlashgan,
umumxalq tilidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar
xuddi tildagi tayyor frazeologik birliklar kabi nutqqa olib kirila-
di. Masalan,
Uning bu xislati ham hammaga otning qashqasiday
ma’lum
(Cho‘lpon);
Bolalari qo‘rqqanlaridan baqadek qotib qolishdi
(M. Nizanov) gaplaridagi o‘xshatishlar turg‘un o‘xshatishlardir.
Turg‘un o‘xshatishlar ham nutqning ifodaliligini ta’minlashda
alohida o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: