Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   190
5-sinf ona tili uzb

NUTQ TOVUSHLARI VA HARF
 
 Topshiriq.
 Feruza va Abrorning kuz fasli haqidagi hikoya-nutq larini 
tinglang. Ularning faslga bo‘lgan munosabatlarini taqqoslang.
Feruza:
– Ona tabiatning to‘rt faslga mos harir ko‘ylagi bor.
Ular bir-biriga aslo o‘xshamaydi. Har biri o‘zgacha, bejirim va 
o‘ziga xos. Go‘zalligi, zeb-u ziynati ham bir-biridan farq qiladi. 
Liboslarning nomi: 
bahor, yoz, kuz, qish
. Ona tabiat barcha 
liboslarini o‘z vaqtida almashtiradi. 
Ko‘ylaklari orasida oltin tusda tovla-
nuv 
chisi bahri dilingizni ochadi. U turli 
noz-ne’matlardan iborat mo‘l-ko‘lchilik ma-
tosidan tikilgan.
Abror:
– Kechalar salqinlashadi. Kun un-
chalik issiq emas. Ertalab yomg‘ir yog‘adi, 
atrofda uning hidi. To‘g‘ri, kattalar va bola-
lar issiqdan charchashgan. Biroq hech kim 
sovuq yoki yomg‘irni xohlamaydi. Quyosh 
kuchsiz nur socha boshlaydi. Ba’zilar kuz 
kunlarida uyida ayiq kabi uxlashni istaydi. 
Tabiat xuddi oqsoqol, qariyadek egilib qolganga o‘xshaydi. 
Kuzning “kulrang kundalig”i hammaga har xil ta’sir qiladi. 
http://eduportal.uz


19
ONA TILI 5-sinf
 
Ammo shunisi borki, aynan shu faslda kamalakning barcha 
ranglaridagi, turli shakllardagi turfa yaproqlarni ko‘rish mum-
kin. Faqat shugina odamga yoqadi. (
“Gulxan” jurnalidan
)
 36-mashq.
 Tengdoshlaringizning fi krlaridan foydalanib, siz ham kuz 
haqida o‘zingizga xos o‘xshatishlar toping, daftaringizga yozing.
Namuna:
1. Kuz – bahorda ekilgan ekinlarni yig‘ishtirish fas-
li. 2. Kuzda ba’zi qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
 37-mashq.
 Berilgan topishmoqli matnni o‘qing. Keltirilgan ta’rif aso -

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin