Matnni diqqat bilan o‘qing. Baxt Baxt shunday narsaki,
borlig ida uni kishi
sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam
“Men baxtliman” deb
olam ga jar solmaydi. In-
son hech qachon baxtga to‘ymagan, “baxtli-
man” degan emas.
Asli da, hayotda birorta maqsad bilan ya-
shashning o‘zi – baxt. Maqsadsiz yashash
shunday ko‘rgilikki, u hech kimning
bosh i-
ga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida
kurashish, mashaqqat chekish,
ta’na -dashnomlar eshitib, ku-
yib-yonib yurish ham baxt.
Men kinochi bo‘lsam, “Baxtiyorlik lahzasi” degan fi lm yarat-
gan bo‘lar edim. Bu fi lm baxt lahzalari majmuasidan iborat bo‘lar
edi. Unda marraga yetgan sportchining g‘alaba dan charaqla-
gan ko‘zlarini, yerga qo‘ngan kosmonavtning kulgisini, she’r
yozib tugatgan shoir quvonchini, chet eldan qaytayotgan sayo -
hatchining mamlakatimiz chegarasini ke
sib
o‘tgan dagi his-
hayajonini, uzoq
judo likdan so‘ng bolasiga yetishib quchoq-
lagan onaning sevinch yoshlarini, o‘z mehnat samarasini ko‘rib
mamnun bo‘lgan kishi sevinchini…
surat ga tushirgan bo‘lar-
dim. (
Erkin Vohidov )
Lug‘at: ta’na-dashnom – pand-nasihat, malomat;
jar sol moq – baland ovoz bilan e’lon qilmoq;
majmua – to‘p-
lam;
ko‘rgilik – kishi hayotida yuz bergan erk-ixtiyoridan
tashqari ko‘ngilsiz voqea
Munosabat bildiring.
1. Inson nega baxtga to‘ymaydi? 2. Muallif kinochi bo‘lib qolsa, qanday fi lm yarat moqchi edi? 3 – Ona tili – 5 sinf
http://eduportal.uz