ONA TILI 5-sinf 1. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan ediki, otasi
kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. 2. “Shu
yoshdin kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, kitobni ilkidan ayirmay
o‘zi bilan asrab yurg‘ay”, – deb o‘yladi G‘iyosiddin. 3. “Dada, ushbu
suratni ko‘ring: mana bu cherik shotidan chiqayotib qulab tush-
moqda”, – deb aytdi. 4. Otasi devonxonadan kelib, dam olganidan
so‘ng ba’zan kitob mutolaa qilar edi.
303-mashq. Uyga vazifa: “ Men ham kashfi yotchiman ” mavzusida matn tu- zing va unda o‘z tasavvurlaringizni bayon qiling. Imkon bo‘lsa, rasmini chizing. 84-dars. JOY NOMLARI TARIXI Farg‘ona so‘zi hozirda vodiy va shahar nomini anglatadi. Uning
kelib chiqishi to‘g‘risida turli xil taxminlar bor. Xalq ichida “parilar yurti”,
“parixona” so‘zidan hosil qilingan degan rivoyatlar yuradi. Aslida,
qadimda chor atrofi baland tog‘lar bilan o‘ralgan joy Рarkana deb
yuritilgan. Tovush almashishi tufayli Parkana so‘zidan Farg‘ona so‘zi
hosil bo‘lgan.
304-mashq. Samarqand, Toshkent, Xorazm, Shahrisabz, Buxoronom- lari izohini topib ko‘chiring. Izohlar:
yashil shahar; “
tangri jamoli ”;
toshli shahar; semiz, boy shahar; quyoshli yurt. 305-mashq. Ikki guruhga bo‘lining va musobaqalashing. Qaysi guruh eng ko‘p joy nomini yoza oladi? 306-mashq. Obod, yangi, tepa so‘zlari ishtirok etgan joy nomlariga mi- sollar yozing va ular ishtirokida gaplar tuzing. Topshiriq. Matnni o‘qing. Unda berilgan joy nomiga diqqat qiling. Aziz tengdoshlar!
Tug‘ilgan qishlog‘ingiz, shahringiz nomi qanday
ma’no anglatishini bilasizmi? Shu yerda tavallud
topganingizdan faxrlanasizmi?
http://eduportal.uz