Она тили 5 синф indd


day tovush o‘zgarishi hodisasi ro‘y berayotganini ayting



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   190
5-sinf ona tili uzb

day tovush o‘zgarishi hodisasi ro‘y berayotganini ayting.
 112-mashq.
 Matndan 5 ta ochiq bo‘g‘in bilan, 5 ta yopiq bo‘g‘in bilan 
tugagan so‘zlarni ajratib yozing.
 113-mashq.
 Uyga vazifa.
 Qo‘l telefonining foydali va zararli tomonla-
rini sanab ko‘ring va jadvalga yozing.
Foydasi
Zarari
Bir zumda ma’lumot olamiz 
va yetkazamiz
Telefon bilan cheklanib, 
ba’zan yaqin qarindoshlarni ham 
borib ko‘rmaymiz

32
-dars. YOZUVLAR TARIXI
Topshiriq.
 “Yozuv ham aloqa vositasi
” matnini o‘qing.
Insoniyat qo‘lga kiritgan tajribalar va bilimlarni saq lash va 
avlodlarga yetkazish zarur. Tilning bu vazifasi bevosita yozuv 
orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan kashfi yotlar, so‘z 
san’ati durdonalari ajdodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib 
boradi. Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, yozuv 
ham shunchalik bog‘liqdir. 
Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo 
bo‘lib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq 
va murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan.
Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qil-
guncha uzoq izlangan. (
N. Mahmudov
)
http://eduportal.uz


55
ONA TILI 5-sinf
 
 114-mashq.
Yozuvlar tarixi haqidagi matnni ko‘chiring. O‘tmishda 
ota-bobolarimiz foydalangan yozuvlarni yodda saqlang.
O‘zbek xalqi o‘z tarixi davomida oromiy, kushon, sug‘d, o‘r-
xun-enasoy kabi yozuvlardan foydalanib kelgan. 
VIII asrdan 1929-yilgacha arab yozuviga asoslangan eski 
o‘zbek yozuvidan foydalanilgan. 
1930–1940-yillar oralig‘ida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek 
yozuvi amalda bo‘lgan. Undan so‘ng kirill yozuviga o‘tilgan.
1993-yil xalqimiz lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini qa-
bul qildi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin