II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
206-topshiriq. Quyida berilgan ish qog`ozlari matnini diqqat bilan o`rganing.
36- umumta’lim maktabi direktori Sh. Abdullayevaga
8-„b“ sinf o‘quvchisi V. Rustamovadan
Tushuntirish xati
Men 2018- yil 13-sentabrdan 20-sentabrgacha bo‘lgan davrda onamning qattiq betobligi tufayli darslarga qatnasha olmadim. O‘tilgan mavzularni mustaqil ravishda o‘zlashtirib olaman.
Ilova: Onamning kasalligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma.
(imzo) V. Rustamova
2018- yilning 21- sentabri
Taklifnoma
Hurmatli Abdufattoh Nazarov!
Maktabimiz o‘quvchilari Sizni qishlog‘imiz (mahallamiz)da istiqomat qilayotgan mehnat faxriylari bilan uchrashuvga taklif qiladi.
Uchrashuv 15-may kuni soat 1800 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
Ma’lumotnoma
Shohruhbek Umidjonovich Abduraimov umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinfini bitirdi va hujjatlari Toshkent iqtisodiyot universiteti qoshidagi akademik litseyga qabul qilindi.
Ma’limotnoma so‘ralgan manzil uchun berilgan.
Kotiba: (imzo) (muhr) Sh.Nosirova
207-topshiriq. Tushuntirish xati qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligiga diqqat qiling. Berilgan tushuntirish xati matnini qismlarga ajrating.
208topshiriq. O`zingiz tahsil olayotgan ta’lim maskani nomiga tushuntirish xati yozing.
Dostları ilə paylaş: |