II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
2-topshiriq. Ilmiy matnni o’qing va tushunganlaringizni so’zlab bering.
Til kishilik jamiyatida fikr almashish, aloqa-aralashuvning eng asosiy vositasidir. U yozma va og’zaki nutq jarayonida o’z ijtimoiy vazifasini bajaradi. Nutqning adabiy va shevalarga xos ko’rinishlari bor.
Adabiy nutq so’z san’atkorlari — yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo’lgan nutq ko’rinishidir. Adabiy nutqda har bir so’z va qo’shimchaning talaffuzi, imlosi, qo’llanilishi, ma’nolari aniq me’yorlar bilan chegaralangan. Bu me’yorlarni buzish qo’pol xato sanaladi. Odatda, barcha rasmiy yozishmalar, hujjatlar, o’qitish ishlari, matbuot xabarlari adabiy nutqda amalga oshiriladi. Adabiy nutq me’yorlarini buzish nafaqat savodsizlik va madaniyatsizlik, balki o’z ona tiliga nisbatan hurmatsizlik belgisidir. Mana shu sababdan, umumta’lim maktablarida «Ona tili» asosiy o’quv fanlaridan biri sanaladi. Zero(ki), bu fan adabiy nutq me’yorlarini o’rgatadi, sizda undan foydalanish ko’nikmalarini shakllantiradi.
Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o’ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko’rinishlari — uslublari mavjud.
Bular quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: |