Eslatma. Agar ega bilan ot kesim orasida ham yordamchisi bo‘lsa, tire qo‘llanmaydi: Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to‘quvchi. 105-mashq. Tushirib qoldirilgan tirelarni qo‘ying. Tire qo‘llanmaydigan qaysi gap “ortiqcha”?
I. 1.Kiyinishda oliftalikdan qochib, yoqimtoy bo‘lishga harakat qiling: odob ko‘rkamlik, isrofgarchilik esa oliftalik belgisi. (Suqrot) 2.Madaniyat bilan tashqi jilo butunlay boshqa-boshqa narsa. (R.Emerson) 3.Saxovat go‘zallikdan ko‘ra afzalroq. (G.Geyne)
II. 1.Maftunkorlik yashnab turgan go‘zallik. (G.Lessing) 2.Go‘zallik bu erkin qalb va mustahkam sog‘liq samarasi. (L.Shefer) 3.Ma’no yo’q joyda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas. (E.Bule)
III. 1.Samimiylik ham xuddi husn va aql kabi ehson. (V.I.Kachalov) 2.Ko`p so`zlash donolik belgisi emas. (Qutadg`u biligdan) 3.Go‘zallik butun olamni qalbga olib kiradigan kuch va iste’dodga ega. (M.Servantes
Dostları ilə paylaş: |