Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
122-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan gap bo‘laklarining qanday so‘roqqa javob bo‘lishini, qanday bo‘lakka tobelanayotganini va qaysi so‘z turkumiga mansubligini aniqlang. 1. Hunari va odobi bo`lmagan kishidan baxt va davlat ketadi. (Mahmud Qoshg`аriy) 2.Hunar bilan davlat birikishi barcha nodir narsalardan ham qimmatliroqdir. (Ahmad Yugnakiy) 3.Kasb ayla nishot mehnat oyinlik aro, Kim ishrat umidi keldi g`amginlik aro. (A.Navoiy) 4.Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo`lmas. (Mashrab) 5. Kissayi purzar emish elga hunar, Behunar elni derlar: rishi xar. (Gulxaniy) 6. Qaysi ilm va hunar kishining aqliga, ruhiga tarbiya berar ekan, unday ilm va hunar o`z egasini har doim qo`llab-quvvatlaydi. (A.Donish)
Bilib oling.
Narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga qarashliligini bildirib, gapning ot bilan ifodalangan bo‘lagini aniqlab kelgan ikkinchi darajali bo‘lak aniqlovchi deyiladi. U qanday, qaysi, nechanchi, qancha, nechta, kimning, nimaning, qayerning so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Aniqlovchi aniqlagan (bog‘langan) bo‘lak aniqlanmish hisoblanadi.
Aniqlovchi gapning bаrcha bo‘laklarini aniqlashtirib kelishi mumkin. Aniqlovchi ega, ot kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holga bog‘lanadi: Bahay-bat samolyot (ega) yerga ohista qo‘ndi. Salimjon — a’lochi o‘quvchi (ot kesim). Ilg‘or ishchilarga (to‘ldiruvchi) mukofotlar topshirildi. Mehnat faxriylari bilan yangi bog‘da (hol) uchrashdik. Tadbirkor insonning (aniqlovchi) ishlariga havasing keladi.
123-topshiriq. Aniqlovchilarni aniqlab, uch guruhga ajrating va jadvalga tushiring: Qarashlilik ma’nosini ifodalovchi aniqlovchi
|
|
Dostları ilə paylaş: |