II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
23-mashq: Quyida ravish so’zlar ma’no turlarining har biriga 5 tadan misol aralash holda berilgan. Ularni ma’no turlari bo’yicha jadvalga joylashtiring. Zo’rg’a, kecha, uzoqda, sal, mardlarcha, boya, unda-bunda, g’oyat, olg’a, endi, tez, ozgina, yuqoridan, ertalab, ko’p, to’satdan, avval, to’g’riga, juda, do’stona.
Holat ravishi
|
Miqdor-daraja ravishi
|
O’rin ravishi
|
Payt ravishi
|
|
|
|
|
24-mashq: Misollarni ko’chiring. Ravish so’zlarni topib, qaysi ma’no turiga oidligini va qanday vazifada kelganini ayting.
1. Xadicha xola bundan yaqin olti oy burun kelganida, bir qiyiq behi olib kelgan edi. (A. Q.) 2. Xadicha xola xiyla o’ylanib turdi. (A. Q.) 3. Men darvozaning oldida ancha turib qoldim. (O. Yo.) 4. Sidiqjon picha o’tirdi-yu, endi qaytib ketmoqchi bo’lib turganida O’rmonjon kelib qoldi. (A.Q.) 5. Bir zamon eshik «g’iyq» etib ochildi-yu, Hamro bosh suqib mo’raladi. (G’.Rasulov) 6. Juvon o’lgur Po’lat keyingi paytlarda mollarga tuzuk qaramaydigan bo’lib qoldi. (S.A.) 7. Kechqurun Sidiqjonni ko’rgani bolaligidagi o’rtoqlaridan biri keldi. (A.Q.) 8. Bu hafta ularning nazarida bir yildan ham uzun tuyuldi. (S.A.) 9. To’lagan aka indamasdan chiqib ketdi. (A.Q.) 10. U O’rmonjonga, Bo’taboyga, Kanizakka ko’pdan-ko’p salom aytdi. (A.Q.)
9-topshiriq.Matnni o’qib,unda qanday g’oya ilgari surilayotganini ayting.Hikoyadagi tasvirdan qanday hikmat hosil bo’ladi.
Fil hikoyati
Filni bir xonaga qamab ,umrida ko’rmagan kishilarga ko’rsatishdi.Xona qop-qorong’u bo’lib nafas olishidan u yerda bir maxluq borligi zo’rg’a bilinear edi. Kishilar avval filni paypaslab ko’rishdi va so’ngra o’z tasavvurlarini bayon qilishdi.
Xartumini ushlagani filni yo’g’on arqonga ,qulog’ini ushlagani yelpig’ichga,oyoqlarini ushlagani ustunga ,qornini ushlagani qoyaga o’xshatdi.
Shunday qilib ,har bir kishi filni o’zi paypaslagan narsasidek tasavvur qildi.
Dostları ilə paylaş: |