Masalan:
5-sinf: Nutq tovushlari. Lab va til undoshlari.
O`quvchilarga mavzuni tushuntirishda AKTdan foydalanib, klaster usuli yoki boshqa usullar yordamida, tovushlarni o`quvchilarning o`zlariga og`zaki ravishda talaffuz ettirish orqali yetkazish mumkin. O`quvchilarga rasmli slaydlar yordamida nutq tovushlarni topish vazifasini topshiriq sifatida berish mumkin. Bundan tashqari o`quvchilardan matnlar ichidan nutq tovushlarini topib, unli va undoshlarini ajratish ko`nikmasini shakllantirish mumkin. Bir tomondan o`quvchida topqirlik qobiliyati shakllantirilsa, ikkinchi tomondan esa mavzuni mustaqil o`zlashtirish ko`nikmasi hosil bo`ladi.
6-sinf: Fe’llarning vazifa shakllari. Fe’llarning munosabat shakllari.
O`quvchilarga ushbu mavzuni tushuntirishda ham AKTdan foydalanib, klaster, tezkor savol-javob va boshqa metodlarni qo`llagan holda tushuntirish mumkin. Ushbu chizma orqali men “Fe’llarning vazifa shakllari” mavzusini o`quvchilarga tushuntirishda slayd yordamidan foydalanishim mumkin. O`quvchi ushbu chizmani ko`rib, mavzuni tushunishi mumkin bo`ladi.
7-sinf: “Bilan” yordamchi so`zining ham ko`makchi, ham bog`lovchi vazifasida qo`llanishi.
Ushbu mavzuni tushuntirishda AKTdan foydalanishdan tashqari misollar keltirish orqali ham o`quvchi ongiga yetkazish mumkin. Masalan: 1. Ona bilan bola, gul bilan lola.
2. Farhod qalam bilan rasm daftariga chiroyli rasm chizdi. Quyidagi gaplarning birida “bilan” bog`lovchi, birida esa ko`makchi vazifasida kelganini slayd orqali ko`rsatib, o`quvchilarga topshiriq sifatida berish mumkin. Ushbu usul yordamida o`quvchida mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi.
8-sinf: Ega ishtirok etgan gaplar. Egasi yashiringan gaplar.
O`quvchilarga bu mavzuni tushuntirishdan avval o`qituvchining o`zidan ham kasbiy mahorat talab etiladi. Chunki o`qituvchi o`zi ham ushbu mavzuni yaxshi bilishi kerakdir. Shu o`rinda men bu mavzuni tushuntirishda klaster, bingo metodlaridan,AKT yordamida esa biror badiiy asardan parcha keltirish orqali o`quvchilardan ega ishtirok etgani yoki etmaganini aniqlash topshirig`ini berishni tavsiya etishim mumkin.
Dostları ilə paylaş: |