Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə17/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

1. fe’l yasovchi 2. ot yasovchi
3. sifat yasovchi 4. sintaktik shakl yasovchi 5. lug’aviy shakl yasovchi
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 5
39. Quyidagi yasama fe’llarning qaysi so’z turkumidan yasalganini aniqlang.
1. tuzlamoq 2. dodlamoq 3. yangilamoq 4. tezlamoq 5.qishlamoq
A) ot, undov, sifat, ravish, taqlid so’zlardan B) sifat, undov, sifat, sifat, otlardan
C) son, taqlid so’z, sifat, ravish, otlardan D) ot, undov, sifat, ravish, otlardan
40. Quyidagi topishmoqlarning qaysi birida yasama so’z mavjud emas?
1. Qorday oppoq, qorday yumshoq
2. Qat-qat quloq, dum-dumaloq
3. Git-git deydi ishlaydi, yerga kukun tashlaydi
4. Kelib og’zin ochar, tishlab qochar
A) 1, 3 B) 2 C) 4
D) barchasida yasama so’z mavjud
41. Qo’shimchalarning qaysi turi odatda asosga birinchi bo’lib qo’shiladi?
A) so’z yasovchi B) sintaktik shakl yasovchi
C) lug’aviy shakl yasovchi
D) barchasi ham birinchi bo’lib qo’shilaverishi mumkin.
42. Qaysi so’zga III shaxs egalik qo’shimchasi –si shaklida qo’shiladi?
A) parvo B) avzo C) mavzu D) barcha so’zlarga –si shaklida qo’shiladi
43. Buningiz , o’shanisi olmoshlarida qanday qo’shimchalar mavjud?
A) qaratqich, tushum kelishigi va egalik qo’shimchalari
B) faqat egalik qo’shimchalari
C) tushum kelishigi va egalik qo’shimchalari
D) mazkur qo’shimchalar olmoshlarda yaxlitlanib qolgan
44. Qaysi qatorda tub so’z berilgan?
A) muzlamoq B) ishqalamoq
C) sanatmoq D) kuchaymoq
45. Yasama so’z berilmagan qatorni toping.
A) dag’dag’a B) guldurak
C) ushlab ko’rmoq D) churq etmoq
46. Qaysi qatorda ravishdan sifat yasalgan?
A) dastlabki B) zaruriy
C) bilarmon D) darveshnamo
47. Qaysi qatordagi qo’shimchalar ham ot, ham sifat yasaydi?
A) –siz, -la, -ay B) –simon, -roq, -uv
C) bo-, bop, -v D) –ki, -kash, -g’ich
48. O’zbek tilida bir unli tovushdan tashkil topgan qo’shimchalar orasida quyidagilarning
qaysi biri mavjud emas?
A) –i B) –a C) –o
D) har uchalasi ham qo’shimcha sifatida qo’llanadi
49. Qaysi qo’shimchalar fe’ldan sifat yasamaydi?
A) –choq B)-mas C) –qin D) –kash
50. Moliyaviy ahvoli yaxshilangach, tikuv mashinasi olishga qaror qildi. Yuqoridagi gapda nechta yasama so’z bor?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
51. Qaysi so’zlardagi –k tovushi so’z yasovchi hisoblanmaydi?
1. chirik 2. teshik 3. kekirdak 4. bilak 5. tilak 6. beshik 7. chelak 8. malak 9. bezak
A) 1, 2, 5.9 B) 1, 5, 9
C) 1, 5, 6, 9 D) 2, 3, 4, 6, 7, 8
52. Yasama so’z berilmagan qatorni toping.
A) voyvoylamoq B) birik
C) aytib turmoq D) aytib kelmoq
53. Qaysi qatorda tub so’z berilgan.
A) buklamoq B) ikkilanmoq
C) boshlamoq D) olaymoq
54. –in qo’shimchasi bilan yasalgan otlar qaysi qatorda berilgan?
A) sog’in, to’lin B) ekin, yig’in
C) oldin, ko’rin D) keskin, bilin
55. –im qo’shimchasi qanday qo’shimchalar sifatida kelishi mumkin?
A) ot yasovchi B) ot yasovchi va egalik qo’shimchasi
C) ot, sifat yasovchi va egalik qo’shimchasi D) ot va sifat yasovchi qo’shimcha
56. Qaysi undosh tovushlar so’z yasovchi qo’shimcha sifatida kelishi mumkin?
A) k, p, q B) v, y, j C) sh, x, d D) r, m, ch
57. Dasturxon atrofida o’tirganlar To’xtasinning gaplaridan jilmayib qo’yishdi.
Ushbu gapda nechta yasama so’z mavjud?
A) 1 ta B) 2 ta C) 4 ta
D) yasama so’z berilmagan.
58. Qaysi qo’shimchalar orqali so’z yasalganda asos tarkibida tovush o’zgarishi bo’lmaydi?
A) –q, -a B) –a, -v C) –i, -ch D) –q, -v

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin