37. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) ikki nuqta B) tire
C) vergul D) nuqtali vergul
38. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa qanday tinish belgilari qo’yiladi? A) ikki nuqta B) tire
C) vergul D) nuqtali vergul
39. Na qor, na yomg’ir, na to’fon va na bo’ron // hech narsa dovyuraklarni qo’rqitmaydi. Ushbu gapda qaysi bo’laklar uyushyapti va // belgisi o’rniga qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) to’ldiruvchi, tire B) ega, tire
C) ega, ikki nuqta
D) qaratqich aniqlovchi, tire
40. Issiqdan mudragan horg’in oriq otini yalqov qadamiga bardosh qilib shahardan kelayotgan edi. Nima sababdan mudragan horg’in oriq aniqlovchilari orasiga vergul qo’yilmayapti? 1.bular uyushmagan sifatlovchi aniqlovchilar bo’lgani uchun 2. vergul qo’yilishi lozim edi 3. narsani turli tomondan aniqlab kelayotgani uchun 4. sanash ohangi bilan yoki teng bog’lovchilar bilan bog’lanmagani uchun A) 1, 3 B) 1, 3, 4 C) faqat 1 D) faqat 2
41. Uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi orasida kiritma qatnashgan gapni aniqlang. A) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo’r bo’li.
B) Respublikamizdagi ko’plab pedagogika institutlari, masalan: Farg’ona, Namangan,
Sirdaryo institutlari – universitetga aylandi.
C) Quyosh, havo, suv – hammasi bizning eng qadrli do’stimiz.
D) Oltinlar, kumushlar, marvaridlar – bularning hammasi qolib ketadi, bolam.
42. So’z birikmalari uyushib kelgan qatorni toping. A) U Vatan uchun, xalq uchun jonini fido qildi.
B) To’pa xola Anorxonning ham otasi, ham onasi, ham singlisi, ham maslahatchisi edi.
C) Daraxtlar orasidan aholining bir xilda qurilgan shinam uylari, kichik-kichik bog’lari ko’rinib turibdi. D) A, B, C
43. Ot kesim qaysi so’z turkumlaridan ifodalanadi? 1. ot 2. sifat 3.son 4. olmosh. 5. ravish 6.taqlid so’z 7. harakat nomi A) 1, 2, 3,4 B) 1, 2.3, 4, 5, 6. C) 1, 2,3,4, 6
D) ot kesim sanalganlarning barchasidan ifodalanadi.
44. Uyushiq bo’laklarga son, egalik, kelishik qo’shimchalari hamda ko’makchilar qay tarzda qo’shilishi mumkin? 1. Har biriga alohida-alohida qo’shilib kelishi mumkin. 2. Uyushiq bo’laklarning eng oxirgisiga qo’shilib kelishi mumkin. 3. Uyushiq bo’laklarning faqt birinchisiga qo’shilib, qolganlariga qo’shilmasligi mumkin. A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 3
45. Umumlashtiruvchi so’z birikma holida qo’llangan gapni toping. A) Nevaralarini ham, qo’shni o’g’il-qizlarini ham, ko’cha-ko’ydagi begona bolalarni
ham – xullas, barchani sizlab gapirardi.
B) Lola, Hotam, Nizom -- ko’pchilik shu yerda ekan.
C) Suv, yer, elektr – bular yashash manbai.
D) Ishga chanqoqlik, kasbni sevish, halol rizq topish – bularning hammasi kishi uchun baxtdir.
46. Umumlashtiruvchi bo’lak qatnashgan uyushiq bo’lakli gapni toping. A) Har bir mushkulni aql va sovuqqonlik bilan hal qiladi.
B) Lutfiy va Sakkokiy, Navoiy hamda Bobur go’zal g’azallari bilan dunyoga mashhur bo’ldi.
C) Sayohatga chiqishdan oldin hamma narsani tayyorlab qo’ydik: oziq-ovqat, kiyimlar,
sovun va tish cho’tkalarigacha.
D) Ushbu gaplarda umumlashtiruvchi bo’laklar qatnashmagan.
47. Qo’zg’aldi butun xalq: rus, o’zbek, yahudiy. Ushbu gap haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) bog’lovchisiz qo’shma gap
B) umumlashtiruvchi va uyushiq bo’lakli sodda gap
C) uyushiq bo’laklardan iborat sodda gap
D) ajratilgan bo’lakli sodda gap
48. O’zlari aloqada bo’lgan bo’laklarning ma’nosini izohlab, bo’rttirib, aniqlashtirib yoki ta’kidlab keladigan bo’lak... A) ajratilgan bo’lak
B) umumlashtiruvchi bo’lak
C) undalma D) kiritma
49. Qaytarma yoqali xipcha shoyi ko’ylak. Yuqoridagi birlik haqidagi to’g’ri fikr qaysi? A) sodda gap
B) uyushgan aniqlovchilar mavjud so’z birikmasi
C) uyushmagan aniqlovchili so’z birikmasi
D) teng bog’lanishli so’z qo’shilmasi