(5-9-SINFLAR ASOSIDA)
Grafika, fonetika va orfoepiya
1.Grafika nimani o’rganadi?
A) nutqning tovush tuzilishini
B) yozma nutqning harflar tuzilishini
C) so’zlarning to’g’ri talaffuz qilinishini
D) so’zlarning to’g’ri yozilishini
2. Og’zaki nutqning tovush tuzilishini tilshunoslikning qaysi bo’limi o’rganadi?
A) fonetika B)
orfoepiya
C) grafika D) leksikologiya
3. Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan qismi....
A) harf B) so’z birikmasi
C) nutq tovushi D) gap
4. Til oldi jarangsiz undoshlari berilgan qatorni aniqlang?
A) l, z, d, j B) b, p, m
C) t, s, sh, ch D) k, q, x, h
5. Yopiq bo’g’inlardan biri lab undoshlaridan iborat bo’lgan so’zni toping
A) sarlavha B) mafkura
C) shaharlik D) majnuntol
6. Qaysi so’zdagi yopiq bo’g’inlarning barchasi jarangsiz undoshlardan iborat?
A) sardor B)
karvon
C) kelmoq D) qisqich
7. Qaysi so’zdagi yopiq bo’g’inlarning barchasi jarangli undoshlardan tashkil topgan?
A) manmanlik B) marvartak
C) do’stlikning D) dorbozman
8. Tutuq belgisi orqali ma’nosi o’zgaradigan so’zni toping.
A) ra’no B) ta’qib
C) jur’at D) to’g’ri javob berilmagan
9. Lotin alifbosining kirill alifbosidan farqlari nimalarda ko’rinadi?
A) ayrim harflarning shaklida
B)
harflar sirasida
C) ayrim undoshlarning ikki harf birikmasi orqali ifodalanishida D) A, B, C
10. Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlaydi?
A) fizik, yo’llar, gullar
B) oshiq, doston, ildizlar
C) qoshlar, boshlar, yoshlar
D) olma, surma, childirma
11. Qaysi so’zda ohang, urg’u vositasida ma’no o’zgaradi?
A) odobsiz B) ardoqsiz
C) o’qituvchisiz D) kelmoqdasiz
12. q va x undoshlari qaysi xususiyatlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi?
A) jarangli va jarangsizligiga ko’ra
B) til orqa va chuqur til orqaligiga ko’ra
C) A va B
D) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra
13. Assimilyatsiya nima?
A) ikki xil o’xshash tovushning o’zaro ta’sirida boshqa shu turdagi
tovushning kelib chiqishi
B) tovushlarning paydo bo’lishidagi nutq a’zolarining holati va harakati
C) bir tovushning yon tovushga moslashishi, singishi
D) yonma-yon kelgan tovushlarning o’rin almashishi
1
4. Dissimilyatsiya hodisasi ro’y bergan so’zlarni aniqlang.
A) ottan (otdan) B) daryo (dayro)
C) zarar (zaral) D) tanka (tank)
15. Ohangdoshlik (singarmonizm) hodisasiga berilgan ta’rifni toping.
A) tovushlarning bir-biriga moslashib, hamohang bo’lishi
B) bir tovushning
yon tovushga moslashishi
C) ikki xil o’xshash tovushning o’zaro ta’sirida boshqa shu turdagi tovushning kelib chiqishi
D) yonma-yon kelgan tovushlarning o’rin almashishi
16. k va t undoshlari qaysi xususiyatlariga ko’ra bir guruhga mansub?
A) jarangliligiga ko’ra
B) til oldi undoshliligiga ko’ra
C) portlovchiligiga ko’ra D) B va C
17. –a unlisining fonetik tasnifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A)
old qator, o’rta keng, lablanmagan
B) old qator, yuqori tor, lablanmagan
C) orqa qator,
quyi keng, lablangan
D) old qator, quyi keng, lablanmagan
18. d va t undoshlari qaysi jihatlariga ko`ra bir guruhga mansub?
A) portlovchi, sirg`aluvchiligiga ko`ra B) jarangli va jarangsizligiga ko`ra
C) hosil bo`lish o`rniga ko`ra
D) A va C javoblar
19. O’rxun yozuvi qachondan boshlab tamoman iste’moldan chiqib ketgan?
A) IX asrdan keyin B) X asrdan keyin
C) XI asrdan keyin D) XV asrdan keyin