7. Nutq to’g’ri bo’lsin. Maktab uchun nutqning adabiy til me’yorlariga mos va to’g’ri bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatika, imlo va punktuatsiya jihatidan, og’zaki nutq esa orfoepik jihatdan to’g’ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to’g’ri bo’lishi uchun so’z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega.
Yuqorida sanab o’tilgan talablar o’zaro bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, maktab ishlari tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi.
Nutq fikrni bayon etish vositasi bo’libgina kolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o’stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o’stirish mumkin. SHuning uchun o’quvchilar nutqini o’stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va mantiqiy fikrlashga yo’naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi.
Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina, muvaffaqiyatli o’sadi. Tushuncha so’zlar yoki so’z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, u til vositasi bo’lgan so’zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so’z (so’z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo’ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog’langandir. Nutq bo’lmasa, tafakkur ham bo’lmaydi, til materiali bo’lmasa, fikrni ifodalab berib bo’lmaydi»
Dostları ilə paylaş: |