101. Sonlarni yozma qo‘shish va ayirishda hisoblash qaysi xonadan boshlanadi? A) istalgan xonadan B) quyi xonadan D) yuqori xonadan
102. Boshlang‘ich matematika kursini asosiy materiali nimadan iborat? A) Asosiy kattaliklar B) Algebrik va geometrik materiallar
D) Natural sonlar va asosiy kattaliklar
103. Pozitsion va pozitsion bo‘lmagan sanoq sistemalari ustidagi qaysi mulohazalar to‘g‘ri? A) Rim sanoq sistemasi pozitsion sistema
B) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 nopozitsion raqam deyiladi
D) Rim sanoq sistemasida XXIV=24 bo‘ladi
104. Yuza nechanchi sinfda o‘rgatiladi? A) 1-sinfda B) 2-sinfda D) 3-sinfda
105. Induksiya, deduksasiya, analogiya bu nima? A) O‘qitish metodlari B) O‘qitish jarayoni D) O‘qitish shakli
106. O‘nlik kasrni kim o`ylab topgan? A) Al-Koshiy B) Xorazmiy D) Farg‘oniy
107. Tenglamalar qanday usulda yechiladi? A) Noma`lumni topishga qaratilgan B) Og‘zaki va tanlash usulida D) Istalgan sonlarni qo‘yish orqali
108. Qo‘shish va ayirish amallari aralash berilgan bo‘lsa ularni qaysi tartibda bajarish kerak? A) Birliklarga o‘nliklar, o‘nliklarga yuzliklar…..
B) O‘ngdan chapga qarab D) Chapdan o‘ngga qarab
109. Metod (uslub) – bu… A) Maqsadga erishish uchun o‘qituvchi tanlaydigan yo‘l
B) O‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
D) Tushunchani to‘liq aniqlovchi ob’ektlar to‘plami
110. Bilim bu… A) mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati
B) o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish
D) o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish
111. Ko‘nikma bu… A) mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati
B) o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish
D) o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish