175. Saodat bir son o‘yladi. Uni oldin 15 ga ko‘paytirdi, so‘ng uni alohida yana 45ga ko‘paytirdi. Natijalarni qo‘shganda 1500 hosil bo‘ldi. Saodat qaysi sonni o‘ylagan? A) 10 B) 25 D) 35
176. Qutidagi 10 kg choy 150 gramdan qilib qadoqlandi. Qadoqlangandan keyin qutida qancha choy qoldi? A) 10 g B) 50 g D) 100 g
177. Zavod omboridagi 15 t 750 kg paxta 155 kg dan qilib toylandi. Necha dona paxta toyi hosil bo‘ldi? A) 100 B) 101 D) 102
178. Yo‘lovchi kemasi 6 soatda 300km suzdi. Agar yuk kemasining tezligi yo‘lovchi kemasi tezligidan 20 km/h kam bo‘lsa, bu vaqt ichida yuk kemasi qancha masofani bosib o‘tgan? A) 120 km B) 150 km D) 180 km
179. Ikki kunda 294 yashik uzum terildi. Ikkinchi kuni birinchi kunga qaraganda 6 marta ko‘p uzum terildi. Birinchi kuni qancha uzum terilgan? A) 42 B) 46 D) 49
180. Kenguru soatiga 48 km tezlikda yuguradi. Kenguru 1 soatda necha metrga yugurishi mumkin? A) 48 m B) 4 800 m D) 48 000 m
181. 2 banka sariq va 3 banka sariq bo‘yoqlar aralashtirilib, yashil rangli bo‘yoq tayyorlandi. 1 500 g yashil bo‘yoq tayyorlash uchun qancha sariq rangli bo‘yoq kerak bo‘ladi? A) 300 B) 600 D) 900
182. Ikki kunda 220 kg qulupnay terildi. Ikkinchi kuni birinchi kunga qaraganda 3 marta ko‘p qulupnay terildi. Ikkinchi kuni qancha qulupnay terildi? A) 55 B) 165 D) 660
183. Uchta javonda 47 ta kitob bor. Ikkinchi javonda birinchisidan 4 ta kam, ikkinchisidan ikkita ko‘p kitob bor. Birinchi javonda nechta kitob bor? A) 17 B) 18 D) 19
184. 5 hissa suvga 2 hissa tuz qo‘shib aralashma hosil qilindi. 14 kg aralashma hosil qilish uchun qancha tuz kerak bo‘ladi? A) 2 kg B) 4 kg D) 7 kg
185. Ikkita ko‘paytirilayotgan sonlarning birini 30 marta oshirib, ikkinchisini 10 marta kamaytirsak, ko‘paytma qanchaga o‘zgaradi? A) 3 marta oshadi B) 3 marta kamayadi D) 6 marta oshadi
186. Ota va o‘g‘ilning yoshini qo‘shganda 42 yosh. 4 yildan keyin ularning birgalikdagi Yoshi qancha bo‘ladi? A) 45 B) 46 D) 50