7. Uchta futbol to‘pidan qizil rangli to‘p sariq rangli to‘pdan og‘irroq, sariq rangli to‘p esa zangori rangli to‘pdan og‘ir. Qaysi bir to‘p og‘irroq? A) qizil B) zangori D) sariq
8.Bolalar muzqaymoq olish uchun navbatda turibdi. Mahmud navbatda Fozildan oldinda, lekin Sobirdan keyin turibdi. Komila va Sobir yonam-yon turmagan bo‘lib, Odina esa na Sobir bilan, na Mahmud bilan va na Kamola bilan yonma-yon turmagan bo‘lsa, bolalar navbatda qaysi tartibda turishganini aniqlang. A) Mahmud – birinchi, Sobir – ikkinchi, Kamola – uchinchi, Fozil – to‘rtinchi, Odina – beshinchi
B) Sobir – birinchi, Mahmud – ikkinchi, Fozil – uchinchi, Kamola – to‘rtinchi, Odina – beshinchi
D) Sobir – birinchi, Mahmud – ikkinchi, Kamola – uchinchi, Fozil – to‘rtinchi, Odina – beshinchi
9. Yugurish musobaqasida Alisher, Vohid va Sanjar dastlabki 3 ta o‘rinni egalladi. Agar Vohid ikkinchi o‘rinni ham, uchinchi o‘rinni ham egallamagan bo‘lib, Sanjar uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ularning har biri nechanchi o‘rinni egallagan? A) Vohid – 1-o‘rin, Alisher – 2-o‘rin,Sanjar– 3-o‘rin
B) Alisher– 1-o‘rin, Vohid– 2-o‘rin,Sanjar– 3-o‘rin
D) Sanjar– 1-o‘rin, Alisher – 2-o‘rin,Vohid – 3-o‘rin
10. Karim, Nodir va Botirlar pirog yeyishmoqchi. Piroglar uch xil: olmali, limonli va olchali. Botir olchali pirogni yoqtirmaydi hamda limonli pirogni yemaydi. Karim limonli pirogni yoqtirmaydi. Kim qanday pirog yeydi? A) Nodir-limonli, Karim-olchali, Botir-olmali
B) Nodir-olchali, Karim-limonli, Botir-olmali
D) Nodir-limonli, Karim-olmali, Botir-olchali
11. Matematikadan o‘tkazilgan olimpiadada Barno, Karim va Lobar sovrinli o‘rin egallashdi. Lobar 1-o‘rinni egallamagani, Barno birinchi o‘rinni ham, ikkinchi o‘rinni ham egallamagani ma’lum bo‘lsa, ishtirokchi bolalarning har biri qaysi o‘rinni egallagan? A) Barno-3o‘rin, Karim-1 o‘rin, Lobar-2 o‘rin
B) Lobar-3o‘rin, Karim-1 o‘rin, Barno-2 o‘rin
D) Karim-3o‘rin, Barno-1 o‘rin, Lobar-2 o‘rin
12. Bankada, stakanda, piyolada va chinnida sut, sharbat, limonad va suv bor. Suv va sut bankada emasligi, limonad chinnida ham emas, bankada ham emasligi, sutning stakanga quyilgani ma’lum bo‘lsa, qaysi idishga qanday suyiqlik quyilgan? A) Bankada-sharbat,chinnida-suv,stakanda-limonad,piyolada-sut
B) Chinnida-sharbat, bankada-suv, stakanda-sut, piyolada-limonad
D)Bankada-sharbat, chinnida-suv, stakanda-sut, piyolada-limonad
13. Uchta uychada 3 ta: oq, qora, jigarrang mushuklar yashaydi. Birinchi va ikkinchi uychada yashaydigan mushuklar qora rangli emas, oq rangli mushuk birinchi uychada yashamasa, qaysi mushuk qaysi uychada yashashini aniqlang. A) 1-uychada jigarrang, 2-uychada qora, 3-uychada oq
B) 1-uychada jigarrang, 2-uychada oq, 3-uychada qora
D) 1-uychada oq, 2-uychada jigarrang, 3-uychada qora
14. Yugurish musobaqasida Akrom, Vali va Sobir dastlabki3 ta o‘rinni egallashdi. Agar Vali ikkinchi o‘rinni ham, uchinchi o‘rinni ham egallamagan, Sobir uchinchi o‘rinni egallamagan bo‘lsa, ulardan qaysi biri qaysi o‘rinni egallagan? A) 1-uychada jigarrang, 2-uychada qora, 3-uychada oq
B) 1-uychada oq, 2-uychada jigarrang, 3-uychada qora
D) 1-uychada jigarrang, 2-uychada oq, 3-uychada qora
Stakan, piyola va kosaga sut, choy va kofe quyilgan. Agar piyolaga kofe quyilgani yolg‘on bo‘lsa, kosaga esa kofe ham, choy ham quyilgani yolg‘on bo‘lsa, qaysi idishga nima quyilgan?
A) stakanga-kofe, piyolaga-choy, kosaga-sut
B) stakanga-sut, piyolaga-choy, kosaga-kofe
D) stakanga-choy piyolaga-kofe, kosaga-sut
16. Uch dugona Dilbar, Iroda va Vasilaning har biri sehrli qopchaga o‘z o‘yinchoqlaridan birini: ayiqcha, quyoncha va filchani soldilar. Dilbar quyonchani solgani yolg‘on bo‘lib, Vasila esa quyonchani ham va ayiqchani ham solgani yolg‘on bo‘lsa, dugonalardan har biri qaysi o‘yinchoqni qopchaga solganini aniqlang. A) Dilbar –quyonchani, Iroda – ayiqchani, Vasila – filchani
B) Dilbar – ayiqchani, Iroda – quyonchani, Vasila – filchani
D) Dilbar – ayiqchani, Iroda – filchani, Vasila – quyonchani