111. Qaysi qatorda tasviriy ifoda noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) hayotimiz qomusi – bayroq. B) o‘rmon podshosi – sher
D) mo‘yqalam sohibi – rassom
112. Qaysi qatordagi gapda tasviriy ifodalar berilmagan?
A) Dalalarga baraka urug‘i ekib bo‘lindi.
B) Yurtimizga uzoq o‘lkalardan qanotli do‘stlarimiz uchib kela boshladi.
D) Bilim insonni ko‘kka ko‘tarsa, jaholat uning qadrini yerga uradi.
113. Umumxalq tilidagi so‘zlardan ma’nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilingan atamani ko‘rsating.
A) manfiy B) ildiz D) tenglama
114. Xorazm shevasida mavjud qarindja so‘zining adabiy tildagi muqobilini toping.
A) qaldirg‘och B) chumoli D) tuxum
115. Tildagi barcha so‘zlarning qanday ma’nolarni bildirishini o‘rganuvchi lug‘at…
A) izohli lug‘at B) tarjima lug‘ati D) imlo lug‘ati
116.Qanday so‘zlar paronim so‘zlar deyiladi?
A) Aytilishi va yozilishiga ko‘ra bir-biriga yaqin so‘zlar
B) Shakli har xil,ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlar
D) Yozilishi va aytilishi bir xil,lekin ma’nosi turlicha so‘zlar
117. “Tabriknoma” so‘zining ma’nosi nima?
A) yumaloq xat B) yozilgan xat D) chiroyli xat
118.Punktuatsiya bo‘limida nimalar o‘rganiladi?
A) tinish belgilari B) iboralar
D) gap va gapda so‘zlarning bog‘lanishi
119.A.Navoiy qaysi asarida usturlob(teleskop) haqida ma’lumot beradi?
A) “Lison-ut-tayr” B) “Xamsa” D) “Xazoyin ul-maoniy”
120.O‘g‘rigina bolam biror tiriklikning koyida tomga chiqqan ko‘rinasan?Ushbu gapda nechta o‘rinda vergul qo‘yiladi?
A) Bir o‘rinda B) ikki o‘rinda D) vergul qo‘yilmaydi
ONATILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI
1. Non yopish uchun kerakli narsalarni belgilang.
A) rapida, savat,kosov B) angishvona,savat, rapida
D) kosov, tayoq,qumg‘on
2. Chumolining jasorati hikoyasi muallifini toping.
A) Sa’dulla Qurbonov B) Anvar Obidjon
D) Dilrabo Saydullayeva
Dostları ilə paylaş: |