32
og‘zaki va yozma shakllarda bayon qila olishi kabilarda namoyon
bo‘ladi.
Maktabda ona tilini fan sifatida o‘qitmay turib, ma’naviy
barkamol shaxsni tarbiyalab bo‘lmaydi. Chunki ona tili fani
o‘quvchilarni milliy til va uning tarixi, boy madaniy o‘tmishi bilan
tanishtiradi, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, urf - odatlarimizni
qadrlashga o‘rgatadi.
Ona tili avlodlarni avlodlarga bog‘lovchi zanjirdir. Agar yozuv,
yozma nutq bo‘lmaganda edi, madaniy boyliklarimiz, fan, texnika va
xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida qo‘lga kiritilgan ulkan
yutuqlarimizni avlodlardan avlodlarga o‘tkaza olmagan bo‘lardik.
« Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi,
avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon
bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona
tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning
ruhidir», –deb Prezidentimiz ona tilini ulug‘laydi.
1
«O‘zbek tili»ning maktabda o‘quv predmeti sifatida shakllanish
va rivojlanish jarayoniga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uni taxminan
quyidagi davrlarga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: