286
Demak, berilgan gap avvalo uch nuqtayi nazardan aniqlab olinadi:
1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi.
2. Gapning tuzilishiga ko‘ra turi.
3. His-hayajonning ishtirokiga ko‘ra turi.
Sintaktik tahlil mazmuniga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
a) gapda so‘zlarning bog‘lanishi (so‘z birikmalari);
b) sodda gap qurilishi;
v) qo‘shma gap qurilishi.
1. Gapda so‘zlarning bog‘lanishiga oid tahlilda:
a) teng va tobe bog‘lanish;
b) ergash bog‘lanishning turlari (moslashuv, boshqaruv,
bitishuv);
v) ergash bog‘lanishni hosil qiluvchi vositalar (so‘z
shakllari, ko‘makchilar, so‘z tartibi, ohang) aniqlanadi.
2. Sodda gap qurilishi bo‘yicha:
a) gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi;
b) gapning tuzilishiga ko‘ra turi; yoyiq yoki yig‘iq gapligi;
v) bir bosh bo‘lakli yoki ikki bosh bo‘lakli gapligi; to‘liq va
to‘liqsiz gap ekanligi;
g) gap bo‘laklari va ularning ifodalanishi aniqlanadi.
Bundan keyin ayrim gap bo‘lagi olinib, ma’nosi, ifodalanishi,
tuzilishi, xarakteri, qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanayotgani va qanday
so‘roqqa javob bo‘lishi tahlil qilinadi. (Qo‘shma gaplarni tahlil qilish
usuli haqida keyinroq to‘xtalamiz).
Dostları ilə paylaş: