Ona tili o‘qitish metodiкasi


«Belgilarini izohlang» o‘yini



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/232
tarix16.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#144309
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   232
«Belgilarini izohlang» o‘yini. 
O‘yinni o‘tkazishda o‘quvchilar 
uch guruhga ajratiladi: 1- guruh qovunning rangini, 2-guruh esa shakl-
hajmini, 3-guruh uning maza-ta’mini bildiruvchi sifatlarni topishadi.
 


201
Namuna: 
1-guruh: ko‘k, oq, sariq, sarg‘ish. 
2-guruh: katta, kichik, uzun, dumaloq. 
3-guruh: shirin, mazali, to‘yimli. 
O‘qituvchi qovunning rasmini doskaga ilib qo‘yadi-da, 
1-guruhdan maza-ta’mni ifodalovchi, 2-guruhdan rang-tusni,
3-guruhdan shakl-hajmni bildiruvchi sifatlarni aniqlashni topshiradi. 
Shu uyaga kiruvchi barcha so‘zlarni yozib chiqqan o‘quvchilar o‘yin 
g‘olibi sanaladi. 
«Nima yaxshi-yu, nima yomon o‘yini».
«Baholash sifatlari» 
mavzusi o‘rganilayotganida o‘qituvchi o‘quvchilarga shunga oid bir 
necha sifat aytadi (masalan, 
go‘zal–xunuk, aqlli–aqlsiz, odobli–
beodob
) kabi. Shunday sifatlar lug‘atini tuzish topshiriladi va vaqt 
ajratiladi. Talab etilgan vaqtda eng ko‘p baholash sifatlarini yozgan 
o‘quvchi o‘yin g‘olibi sanaladi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning 
mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanishi ham mumkin. Chunki 
shunga muvofiq tarzda ularning qiziqishlari va qarashlari ham 
o‘rganiladi.
«Qanday
-
qanaqa?»
o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi o‘quvchilar 
diqqatini bir predmetning barcha belgilarini aniqlashga qaratadi. 
Ya’ni, palto, sumka, kuz, koptok, soch, kitob kabilarning turli 
belgilarini aniqlashni topshiradi. Namuna: 
palto – oq, havo rang, 
ko‘k, uzun, kalta, yangi, qishki, engil; sumka – yangi, qora, oq, kichik, 
qizil, dumaloq; ko‘z – moviy, qora, sarg‘ish; soch – uzun, qisqa, 
yaltiroq, xushbo‘y, qora, oq, malla; kitob – qalin, qiziqarli, katta, 
kichik, mazmunli, yangi.
Narsalarning hamma belgilarini topa olgan 
o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhi o‘yin g‘olibi bo‘ladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin