k
tovushi
g
ga o‘tadi;
shahrim
so‘zining o‘zagi
shahr
emas,
shahar;
egalik qo‘shimchasi
qo‘shilganda oxirgi bo‘g‘indagi
a
tovushi tushadi va boshqalar).
Demak, grammatik tahlilda leksik, fonetik, uslubiy tahlil elementlari
ham ishtirok etadi.
Grammatik tahlil mazmuniga ko‘ra ikki tarkibiy qismga bo‘linadi:
1.
Morfologik tahlil.
2.
Sintaktik tahlil.
Berilgan gapni avval morfologik, so‘ng sintaktik tahlil qilish
kerak. Chunki morfologik tahlilda gapni tashkil etgan so‘zlarning
xususiyatlari, sintaktik tahlilda o‘sha so‘zlar vositasida qurilgan so‘z
birikmalari va gapning xususiyatlari aniqlanadi.
MORFOLOGI
К
TAHLIL
Morfologik tahlil o‘z mazmuniga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1.
So‘z tarkibi bo‘yicha tahlil.
2.
So‘z turkumlari bo‘yicha tahlil.
Bular birin-ketin o‘tkazilishi kerak, ular bir-biriga bog‘liq bo‘lib,
biridagi nuqson ikkinchisiga ta’sir qilishi mumkin. So‘z tarkibi
bo‘yicha tahlil orfografiya va so‘z yasalishi hodisalari bilan uzviy
bog‘liqdir. So‘z turkumlari bo‘yicha tahlil esa gapda so‘zlarning
ikkinchi bir turkum vazifasida kelishi, so‘zlarning belgili
(qo‘shimchali) va belgisiz (qo‘shimchasiz) qo‘llanishi hodisalari bilan
bog‘lanadi. So‘zni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishni bilmagan
o‘quvchi so‘z yasalishi yo‘llarini, so‘z o‘zgarishini, shular bilan
bog‘langan to‘g‘ri yozish qoidalarini ongli ravishda o‘zlashtira
olmagan bo‘lib chiqadi.
237
SO‘Z TAR
К
IBI BO‘YICHA TAHLIL
So‘z tarkibi bo‘yicha tahlil morfologik tahlilning bir ko‘rinishi
bo‘lib, u o‘z ichiga bir qancha mavzularni oladi: so‘zning asosi,
qo‘shimcha, qo‘shimchalarning ma’no va vazifasiga ko‘ra turlari (so‘z
yasovchilar, shakl yasovchilar); sodda, qo‘shma, juft so‘zlar va
boshqalar.
So‘z tarkibi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil so‘zdagi ikki qismni–
so‘zning asosiy ma’nosini anglatuvchi qismni, shuningdek, so‘zning
grammatik ma’nosini anglatuvchi qismni ajratishdan boshlanadi.
So‘zning asosiy ma’nosini anglatuvchi qismni ajratishda quyidagi
holatlar hisobga olinadi: so‘zning tarkibidagi tarixiy holat va so‘zning
tarkibidagi hozirgi holat. Masalan,
qishloq, yaylov, og‘ayni
kabi
so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfologik qismlarga ajralmaydi,
lekin bunday so‘zlar tarixiy jihatdan qismlarga ajralgan. Demak,
so‘zni ma’noli qismlarga ajratishda etimologik jihatdan
yondashmaslik kerak.
Berilgan gapdagi so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishda
aniq, yaqqol ko‘rinib turadigan jadvallardan foydalanish o‘rinlidir.
Ma’lumki, o‘rta maktablarda morfologik tahlilning turli usullaridan
foydalaniladi. Biz bu o‘rinda O‘zMU professori Sh.U.Rahmatullayev
va dotsenti Yo.G‘.G‘ulomov usullaridan foydalanish morfologik
tahlilning yagona, umumlashgan jadvalini joriy etish tarafdorimiz.
Grammatik tahlil uchun, masalan, quyidagi gap berilgan bo‘lsin:
Biz
bu kunlarga osonlik bilan yetib kelmadik
(A.Q.).
Berilgan gapdagi so‘zlar avvalo so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil
qilinadi. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
a) gapdagi har bir so‘zning asl ma’noli va grammatik ma’noli
qismlari ajratiladi;
b) yasalgan so‘z bo‘lsa, asos va yasovchi qo‘shimchaga ajratiladi;
v) shakl yasovchi qo‘shimchalar aniqlanadi;
g) imlo bilan bog‘liq tomonlar izohlanadi.
So‘zni ma’noli qismlarga ajratishda vertikal chiziqlardan
foydalaniladi:
|