Ona tili o'qitish metodikasining ilmiy asoslari o'zaro bog'liq fanlarini dalillash



Yüklə 91,15 Kb.
səhifə14/22
tarix23.05.2023
ölçüsü91,15 Kb.
#120097
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Ona tili китобча

3-bosqich. Bo’g’inlarni qo’shish. Eski maktabda bo’g’inlarni qo’shish “abjad” bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf nomlangan 8 so’zni “zeru-zabar” bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so’zni birin-ketin hijo usulida o’qib yodlab olganlar. Masalan, abjad o’zi alifbega zabar qo’yib, be ga urishtirilsa, ab; jim ga zabar qo’yib, dolga urishtirilsa, jad: bularning ikkisidan abjad hosil bo’lgan kabi.
Abjaddan keyin eski maktab o’quv kitobi bo’lgan. “Haftiyak” ka o’tilgan. “Haftiyak” dagi suralar ham “Abjad”dagi kabi hijo usulida o’qitilgan. Bolalar “Haftiyak”ning bir betini hijo usulida o’qish uchun juda ko’p vaqt va kuch sarflaganlar.
So’zni hijo usulida o’qishda avval so’zdagi birinchi undosh harfning nomini, keyin ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo’yib, hijo hosil qilingan; shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, keyin hijolarni bir-biriga qo’shib, bu so’z bir butunicha aytilgan. So’zni hijo usulida o’qishda tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan; so’zni tovush jixatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo’shilishi bolalarga tushunarli bo’lmagan, bolalar so’zidagi har bir harf ma’lum bir tovushni bildirishini mutloqo anglamaganlar. Hijo usulid o’qishga o’rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo’lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, bola o’zi aytgan so’zining ma’nosini tushunmay, maktabdordan eshitganini takrorlay bergan.
“Haftiyak” ning keyingi ayrim suralari so’zni yaxlit “o’qish” usulida olib borilgan, aniqrog’i bola o’qimagan, eshitganini to’tiqush kabi yodlagan. Natijada bolalar maktabxonada o’qiganlarini o’zi o’qib yurgan kitobidan “o’qib bergan”, ammo ularning qo’liga maktabda o’qilmagan boshqa bir kitob berilsa, uni o’qiy olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam o’qigan bolalarning juda ko’p deganda 4-5 foizigina o’qish va yozish ko’nikmasini hosil qilgan.
Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o’rgatishda ma’lum darajada ijobiy rol o’ynadi. Rus-tuzem maktablarining o’zbekcha sinflarida o’zbekcha xat-savod o’rgatish metodi 1900 yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi. Hijo metodidan tovush metodiga o’tildi. 1900 yillardan rus-tuzem maktabi o’zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan foydalanganlar. Bu kitobning tili va mazmuni o’zbekcha sinflarga mos kelmasdi. 1902 yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi “Ustodi avval” nashr etildi. “Ustodi avval” nashr qilingandan keyin o’zbekcha xat savod o’ragatishda yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod o’rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o’qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga, aktiv ta’limga aylantirdi.
“Ustodi avval” 3 bo’limdan iborat: 1- bo’lim, hozirgi atama bilan ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo’limda arab alfavitidagi harflarni alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan. Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat savod o’rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil shaklda qo’llanadigan harflarni bergan. SHakli, yozilish o’rniga qarab turlicha bo’ladigan harflarning so’z boshida, so’z o’rtasida, so’z oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so’zlarini, g’ harfini tanitish uchun g’or, uyg’oq, tog’ so’zlarini tanlagan. Avtor soddadan murakkabga tamoyiliga amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira borgan. Kitobning alifbe qismiga asosan, o’zbek tilining lug’at sostavidagi harflardan tanlab olgan.
“Ustodi avval”ning 2-bo’limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo’limda hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim targ’ib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy mazmunda.
S.Saidazizov kitobining 3-bo’limini “Alifboi qur’on” deb atagan va o’z oldiga bolalarga “Qur’on”ni tushunib olishga o’rgatishni maqsad qilib qo’ygan.
Umuman tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan kelgan. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o’rgatilar edi. O’zbekcha sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini amalda o’z ko’zlari bilan ko’rdilar va ular rus o’qituvchilariga taqlid qilib, asta-sekin tovush metodini o’z sinflariga tatbiq eta boshladilar.
2. XIX asrning oxiridan boshlab ichki Rossiyadan Markaziy maktabga kelgan tatar muallimlari tovush metodida xat-savod o’rgata boshlagan edilar, oradan ko’p o’tmay, bir qancha mahalliy muallimlar ham tatar muallimlariga taqlid qilib, yangi maktablar ochdi-da, bolalarga xat-savodni tovush metodida o’rgata boshladi. SHunday qilib, O’rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o’rnini ola boshladi. Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o’rgatishga Rossiyada K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan edi.
Tovush metodi bilan savod o’rgatilganda, so’zning eng kichik bo’lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So’zning ma’nosi o’zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so’zda tovushlar almashishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir yangi so’z hosil bo’lishi mumkinligi bolalar ongiga etkaziladi. Keyinggi yillarda ham xat-savod tovush metodida o’rgatilmoqda. Atoqli metodistlar (S.P.Redazubov, A.I.Voskresenskaya, K.Qosimova, Y.Abdullaev, O.SHarafiddinov) tovush metodida xat-savod o’rgatishni takomillashtirdilar.
Arab alfavitida yozuvni o’rgatish qiyin edi. Arab alfavitidagi harflar so’zda qo’llanish o’rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozishni o’rganishni qiyinlashtirgan. SHuning uchun ko’p maktablarda bolalarga o’qish o’rgatilib, yozuv o’rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarning ko’pchiligi o’qishni bilgan, lekin yozishni bilmagan.
Eski maktabda yozish chiziqsiz, tekis oq qog’ozga dastlab yo’g’onroq savag’ich qalamda o’rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o’rganganlaridan keyin qamish qalamda ham yozishgan. Ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.
YOzishni o’rgatish alfavit tartibida harflarning alohida-alohida shaklini yozdirishdan boshlangan. Avval alifni yozish o’rgatilgan, keyin o’xshash shaklli harflar bandlarga bo’linib, o’xshash unsuri bo’lmaganlari esa ayrim-ayrim yozdirilgan. Ayrim domlalar ba’zi harflarning elementlarini yozishni ham alohida mashq qildirganlar.
Ayrim-ayrim harflarni nusxaga qarab alfavit tartibida katta-katta qilib yozish, mufradot (salhad) deyilgan; bunday yozish bir ikki yilga cho’zilgan. SHundan keyin harflarni bir-biriga qo’shib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni murakkabbot deyilgan. Harflarni bir-biriga qo’shib yozish mashqi bir necha bosqichga bo’linib, harf birikmalarining ma’no anglatish anglatmasligi umuman, e’tiborga olinmagan. Qanday qo’shilishi mashq qilinavergan. Ko’pgina eski maktablarda bunday mashq “abjad yozish” bilan tugallangan.
Murakkabbotdan keyin bayt, qit’a va ruboiylarni ko’chirib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni muqattaot deyilgan.
Bu mashqqa ham juda ko’p vaqt sarflangan: u ma’noli so’zlarni yozish bilan boshlanib, duoyi salom (insho) yozish bilan tugallangan.
YOzuvni o’rgatish va xusnixat mashq qildirishda “Mufradot” kitobidan foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, ba’zi nashrlarda esa insho namunalari berilgan.
Eski maktablarda yozuvga o’rgatishning birdan bir yo’li ko’chirib yozuv-nusxa ko’chirish bo’lgan. Natijada bolada yozma nutq ko’nikmasi hosil qilinmgan. Bu mashq bolani juda zeriktirgan. Hech o’ylamasdan yozishga odatlantirilgan. Maktabxonada ijodiy ko’chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, boshqa usullarning qo’llanmaganligi orqasida bola chiroyli ko’chirib yozish ko’nikmasini hosil qilgan bo’lsa ham, ammo o’z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni ham juda ko’p xato qilib zo’r-bazo’r yozgan.
Eski maktablarda, madrasalarda o’zbek tili o’qitilmagan, natijada eski maktab bolalarigina emas, hatto madrasada bir necha yil umr o’tkazgan ba’zi bolalar ham o’z ismini to’g’ri yozishni bilmaganlar.
Arabchada to’g’ri, chiroyli yozuvga o’rgatish uchun xivalik shoir SHermuhamad Avazbey o’g’li Munisning (1778-1829) “Savodi ta’lim” kitobidan foydalanildi.
Rus-tuzem maktablarida o’qish va yozishga o’rgatish, odatda, bir vaqtda boshlanib, bir-biriga bog’lab olib borilgan; har kuni avval o’qish, keyin yozuv darsi bo’lgan; o’qish va yozish onglilik tamoyili asosida o’rgatilgan; bolalar qaysi tovush bo’g’in, so’z yoki gapni o’qiyotgan yoki yozayotganini aniq tasavvur qilgan, ma’nosiga tushungan, arabcha harfning yolg’iz shaklini yoki so’zda qo’llanish o’rniga qarab kasb qiladigan shaklini, yoxud biror harfning elementini yozayotganligini ongli ravishda bilgan.
Rus-tuzem maktablarining o’zbekcha sinfida ko’chirib yozishga va diktantga ko’p vaqt sarf etilgan. 4-bo’limda, ulardan tashqari, insho (turli tilxat, duoi salom va savdo ishiga oid har xil xatlar) yozishga o’rgatilgan.

Yüklə 91,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin